Tashkil topgan yili

Institut 1940 yilning iyul oyida tashkil etilgan. O‘simliklar olamini o‘rganish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni inobatga olgan holda noyob botanik kollekiyalarni saqlash sharoitini yaxshilash, o‘simlik olamini o‘rganish, saqlab qolish va barqaror foydalanish bo‘yicha ixtisoslashgan vazifalarni jadal xal etish, maxsus vazifalarni tezkor amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 iyulida PP-3861-son “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan.

building_botany

Ilmiy salohiyat

0

Umumiy xodimlar soni

0

Ilmiy xodimlar

0

Akademik

0

Fan doktorlari soni

0

Fan nomzodlari soni

0

Boshqa ilmiy xodimlar soni

3 yil davomida: fan doktorlari soni – (DSi)  4 tani tashkil etadi; 35 dan ortiq magistrlar va 30 tadan ortiq bakalavrlar tayyorlangan

Tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari

O‘zbekiston o‘simlik olami ob’ektlarini tahlili, ular holatini baholash va monitoring qilish, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan botanik hududlarni aniqlash, milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, O‘zbekiston Qizil kitobi va florasining davlat kadastrini yuritish, xom ashyobop o‘simliklarni inventarizatsiyalash

Istiqbolli va iqtisodiy ahamiyatiga molik o‘simlik turlari introduksiyasi hamda iqlimlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, endem o‘simliklarning milliy kolleksiyasi va kamyob o‘simliklarning gen bankini yaratish

Molekular filogeniya va sistematikani, O‘zbekiston florasidagi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni elektron barkodlashtirish va pasportizatsiyalashtirish tizimini rivojlantirish

Cho‘llanish jarayonida o‘simlik qoplami evolyutsiyasi va klimatogen dinamikasini o‘rganish, respublikaning asosiy yaylovlari sifatida qurg‘oqchil ekotizimlardan barqaror foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish

Ilmiy nashrlar

0

Umumiy ilmiy nashrlar soni

0

Xorijiy maqalolar

0

Mahalliy maqalolar

0

Xorijiy konferensiya tezislari

0

Mahalliy konferensiya tezislari

0

Xorijiy monografiya

0

Mahalliy monografiya

0

Mualliflik guvohnomasi

0

Talabnomalar

0

O`quv qo`llanma

Joylashgan bino va inshootlar

Institutning umumiy maydoni 7770 ㎡ bo‘lib, binoning foydali maydoni 2741,19 ㎡ni, jumladan, laboratoriya xonalari 1054,81 ㎡ ni tashkil etadi.

Fundamental tadqiqotlar sohasidagi asosiy yutuqlar

O‘zbekistonni botanik-geografik rayonlashtirishning yangi sxemasi ishlab chiqildi va 4374 tur yuksak o‘simliklarni o‘z ichiga olgan floraning zamonaviy taksonomik tarkibi aniqlandi. Kuramosciadium Pimenov, Kljukov et Tojibaev yangi turkumi, 40 dan ortiq fan uchun hamda 212 dan ortiq O‘zbekiston hududi uchun yangi bo‘lgan turlar yozildi

O‘zbekiston florasidagi Qirbo‘g‘imsimonlar (Equiseophyta), Ochiqurug‘lilar (Pinophyta) va Birpallalilar (Liliopsida) sinfini dastlabki taftish qilish natijasida ularning 43 oila, 175 turkum va 895 turdan iborat bo‘lgan taksonomik tarkibi aniqlandi hamda shundan 82 turi O‘zbekiston hududi uchun birinchi bo‘lib ko‘rsatildi

Gulli o‘simliklarning zamonaviy filogenetik tizimiga (APG IV) binoan “O‘zbekiston florasi”ning 3-tomi nashr etildi va keyingi nashrga 4-5 yangi tomi tayyorlandi

120 tur cho‘l o‘simliklarining barcha organlarida (vegetativ va generativ) joylashgan ajratuvchi kanallar va ixtisoslashgan tuzilmalar (krans-xujayralar) o‘rganildi. Krans-xujayralarning mavjudligi assimilyatsiyalovchi organlar morfotiplarining shakllanishini oshirishi aniqlandi va natijada turlarning moslashish imkoniyatlarini kengayishi hamda taksonlarning evolyutsiya darajasini belgilashdagi ahamiyati baholandi. Krans-tuzilishning o‘simlik organlari bo‘yicha tarqalishi o‘rganildi va uni barglarda ko‘p (69,6%), urug‘pallabarglarda esa kam (30,4%) shakllanishi aniqlandi. Chenopodiaceae oilasi turlari generativ organlarini himoya qilishda gulyonbargcha va gulqo‘rg‘onlarning ko‘p tomonlama ahamiyati aniqlandi. Apiaceae oilasi turlaridagi ajratuvchi tuzilmalarning tuzilishi o‘rganildi va ajratuvchi tuzilmani smola to‘plashdagi hamda uni generativ jarayondagi ahamiyati baholandi. Ixtisoslashgan tuzilmalarning mavjudligi toksonni evolyutsiya jarayonida yuqorilashganligini anglatishi isbotlandi

Daraxt va oranjereya o‘simliklarining madaniy fitotsenozi monitoring qilindi va yangi introduksiyalangan istiqbolli manzarali va dorivor o‘simliklar introduksion baholandi, ularning urug‘idan ko‘paytirish biologiyasi o‘rganildi. Geterospermiya (urug‘larning turlichaligi) kabi muhim fundamental muammo yechimi topilda va uni gulning to‘pgul yoki gulbandda, urug‘murtakni tugunchada joylashish holatiga bog‘liq holda shakllanish qonuniyati aniqlandi; ontogenez holatiga bog‘liq holda madaniy fitotsenozning rivojlanish hususiyatlari o‘rganildi; oranjereya o‘simliklari madaniy fitotsenozining shakllanishi va uni tashkil etuvchilar o‘rtasidagi munosabat qonuniyatlari topildi. Introdutsentlardagi rizogenez jarayoni va ularni urug‘idan ko‘paytirish biologiyasi asosida qimmatli manzarali o‘simliklarni yoppasiga ko‘paytirish tadbirlari ishlab chiqildi

Amaliy tadqiqotlar sohasidagi asosiy yutuqlar

Floristik axborotlar sifati va asosiy polimorf oila va turkumlar, kamyob, endem va Qizil kitobga kiritilgan turlarning tarqalishini aks ettirgan GIS xaritalar va fotosuratlarni saqlashi bo‘yicha O‘rta Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan O‘zbekiston florasining yagona axborot-tahlil tizimi BOTANY.UZ ga asos solindi

Kelajakda respublikaning o‘simliklar qoplamini baholash uchun zarur bo‘lgan, cho‘llanish darajasi va ko‘lami aks ettirilgan Orol dengizi “Baliqchi qo‘ltig‘ining o‘simliklar qoplami xaritasi”, Surhondaryo viloyati “Kattaqum massivining o‘simliklar qoplami xaritasi”, Jizzax viloyatining “Aydarko‘l o‘simliklar qoplami xaritasi”, Buxoro viloyati “Ko‘kcha massivining o‘simliklari va yaylovlari xaritasi” tuzildi

Qizilqumdagi Qizil kitobga kiritilgan 72 turning populyatsiyalari aniqlandi va ularning zamonaviy holati baholanib, yashovchanligini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzildi

Botanika bog‘ining barcha ekspozitsiyalari kolleksiyasidagi o‘simliklarni kuzatish va ularni parvarishlarning agrotexnik chora-tadbirlari amalga oshirildi. Ekspozitsiyalar tabiiy va o‘zga rayon floralari turlari bilan to‘ldirildi. Introdutsentlardagi fitopatogen zamburg‘larning sistematik tarkibi aniqlandi va ularning hususiyatlari aniqlandi. Botanika bog‘i ekspozitsiyalari inventarizatsiya qilindi va elektron ma’lumotlar bazasini tuzish uchun ma’lumotlar yig‘ildi

Surhondaryo viloyatining daraxt va butalaridagi patogen zamburg‘lar inventarizatsiya qilindi, ularning taksonomik tarkibi aniqlandi va patogen zamburg‘lar tarqalishini aks ettirgan GAT xaritalar yaratildi, daraxt va butalarga zarar keltiradigan zamburg‘larning elektron ma’lumotlar bazasi tayyorlandi, bundan tashqari, Boysun rayonidagi patogen zamburg‘larga qarshi kurashish va ularning profilaktikasi bo‘yicha tavsiyanoma nashr etildi