Laboratoriyaning yo’nalishi

O`zbekiston florasida tarqalgan madaniy o`simliklarning yovvoyi ajdodlarini tadqiq etish; O`zbekiston tabiiy florasining kamyob va yo`qolib borayotgan turlari populyatsiyalarning zamonaviy holatini baholash; Turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarda tarqalgan floraning noyob elementlarining bir qator organizm va populyatsion belgilarining tahlili natijasida turlarning optimal ekalogik makonini aniqlash, yo`qolib ketish xavfi ostidagi populyatsiyalarning saqlash va tiklash bo`yicha tavsiyalarishlab chiqish; Kamyob va yo`qolib borayotgan turlar ontogenezi va ontogenetik strukturasini aniqlash; MaxEnt dasturida bioklimatik omillar asosida kamyob va yo`qolib borayotgan turlarning tarixiy va zamonaviy areallarining shakllanish xususiyatlarini aniqlash; Tadqiqot ob`yektlari tsenotik populyatsiyalarning tarqalishi va vitalitet holatini aks ettiruvchi GAT xaritalarini tuzish; Olingan natijalar asosida O`zbekiston respublikasining alohida qo`riqlanadigan hududlar chegaralarini kengaytirish bo`yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish; Kamyob va yo`qolib borayotgan o`simlik turlari tirik kollektsiyasini yaratish.

Laboratoriyaning erishgan yutuqlari

2021
O‘zbekiston turli ekologik-fitotsenotik sharoitlaridan tadqiqot ob’ektlari ishtirokda jami 42 ta senopopulyasiya ajratildi. Xususan, Tulipa L. turkumi turlari (Tulipa fosteriana W.Irving, T. greigii Regel, T. kaufmanniana Regel va T. tubergeniana Hoog) ishtirokida 29 ta senopopulyasiya, Allium L. turkumi turlari (Allium pskemense B.Fedtsch., A. oschaninii O.Fedtsch. va A. praemixtum Vved.) ishtirokida 13 ta senopopulyasiya (SP) ajratildi. Ajratilgan har bir senopopulyasiya fitotsenotik tavsiflandi. Qayd etilgan kamyob o‘simliklar senopopulyatsiyalarining yosh bosqichlari aniqlandi hamda ontogenetik strukturasi o‘rganildi. Jivotovskiyning Delta-omega klassifikatsiyasi yordamida senopopulyasiyalarning tiplari aniqlandi. Senopopulyasiyalarning demografik ko‘rsatkichlari (zichligi, ekologik zichligi, tiklanish indeksi, qarish indeksi, o‘rin olish indeksi) yordamida ularning zamonaviy holati baholandi. Senopopulyasiyalar optimal, pessimal va kritik holatlarga ajratildi. MaxEnt dasturi yordamida turlarning o‘tmishdagi hamda kelajakdagi areallari tahlil qilindi. Toshkent Botanika bog‘i hududida madaniy o‘simliklar yovvoyi ajdodlarining kolleksiya maydoni yaratildi.

2022
O‘zbekistonning turli ekologik-fitotsenotik sharoitlaridan, madaniy o‘simliklarning boshoqli vakillarining 12 turkumga oid (Aegilops L., Agropyron Gaertn., Phalaris L., Saccharum L., Elymus L., Secale L., Bromus L., Poa L., Avena L., Festuca Tourn. ex L., Lolium L., Hordeum L., Alopecurus L.) 20 turi ishtirokida jami 98 senopopulyasiya ajratildi. O‘zbekistonning turli botanik-geografik rayonlaridan ajratilgan har bir senopopulyasiya fitotsenotik tavsiflandi. Qayd etilgan barcha senopopulyasiyalarning ontogenetik va vitalitet strukturasi aniqlandi. Har bir qayd etilgan senopopulyasiyalardagi tuplarning demografik ko‘rsatkichlari (zichligi, ekologik zichligi, tiklanish indeksi, qarish indeksi, o‘rin olish indeksi) yordamida ularning zamonaviy holati baholandi. Alohida ozuqabop (Hordeum bulbosum L.) va em-xashak ahamiyatiga ega bo‘lgan (Poa bulbosa L.) turlarning resurslari holati baholandi. Senopopulyasiyalarning zamonaviy holatiga oid olingan ma’lumotlar asosida optimal, pessimal va kritik holatlarga ajratildi. MaxEnt dasturi yordamida floramizda tarqalish areali kam bo‘lgan Agropyron fragile (Roth) P.Candargy, Elymus dahuricus Turcz. ex Griseb. va Secale sylvestre Host turlarining o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakda tarqalishi mumkin bo‘lgan maydonlari tahlil qilindi. Toshkent Botanika bog‘i va Qizilqum cho‘l stansiyasi maydoniga madaniy o‘simliklar yovvoyi ajdodlarining (15 turi) urug‘lari ekildi. Poa L., Avena L., Bromus L., Aegilops L., Hordeum L. turkumi turlari senopopulyasiyalarining tiplari A.A. Uranova, O.V. Smirnova (1969) tomonidan taklif etilgan klassifikatsiya yordamida aniqlandi. Unga ko‘ra 40 ta senopopulyasiya yosh, 35 ta senopopulyasiya yetilgan va 23 ta senopopulyasiya o‘tuvchi tipga xos ekanligi qayd etildi. Senopopulyasiyalarning aksariyat qismining yosh tipga xos ekanligi, turkum vakillarining potensial urug‘ mahsuldorligining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. O‘zbekiston florasida tarqalgan madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarining 25 oila, 105 turkumga mansub 217 turining zamonaviy ro‘yxati shakllantirildi. Qayd etilgan turlar xo‘jalik ahamiyatiga ko‘ra: oziq-ovqat; vitaminli; em-xashak; dorivor; texnik; asal-shirali; manzarali, bo‘yoqbop, zaharli, efir-moyli guruhlarga ajratildi.

2023
O‘zbekiston florasidagi MO‘YA larining Fabaceae oilasi 6 turi (Cicer grande, Melilotus officinalis, Trifolium pratense, Trifolium repens, Vicia kokanica, Vicia tenuifolia), tarqalish areali tor bo‘lgan Malacocarpus crithmifolius va kvota tarkibiga kiritilgan 6 turning (Althaea officinalis, Elwendia persica, Lactuca serriola, Malva neglecta, Mentha longifolia, Polygonum aviculare) 79 ta senotik populyasiyalarining zamonaviy holati tavsiflandi. Muhim dorivorlik xususiyatiga hamda resurs ahamiyatiga ega Cichorium intybus (20 gektar), Inula helenium (35 gektar), Inula grandis (110 gektar) turlarining 23 ta monitoring hududlarida zahira qiymatiga ega maydonlari va xom-ashyo zahiralari baholandi.
MaxEnt dasturi yordamida kamyob hisoblangan Cicer grande, Malacocaprus crithmifolius va oziq-ovqat sifatida muntazam ravishda foydalaniladigan Elwendia persica turlarining tarixiy va zamonaviy areallarini shakllanish xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot obyektlarining urug`lari va tirik namunalari bilan Toshkent botanika bog`i va Qizilqum cho`l stansiyasi kolleksiya maydonlari boyitib borilmoqda.

Laboratoriya xodimlari ro’yxati

Ozod

Abduraimov Ozodbek Sultonqulovich
PhD., katta ilmiy xodim, O`simliklar populyatsion biologiyasi va ekalogiyasi laboratoriyasi mudiri.
E-mail: ozodbek88@bk.ru

Shomurodov Xabibullo

Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich
b.f.d., professor, bosh ilmiy xodim
E-mail: h.shomurodov@mail.ru

Azizbek

Mahmudov Azizbek Valijonovich
PhD, katta ilmiy xodim.
E-mail. azizbek.mahmudov@inbox.ru

Allamurotov Akmal

Allamurotov Akmal Lola o`g`li
kichik ilmiy xodim.
E-mail. allamurotov0225@mail.ru

Bekzod

Mavlanov Bekzod Jurabekovich
kichik ilmiy xodim
E-mail:  mavlanov.bekzod@mail.ru

Mamatqosimov Odilbek To`rayevich

Mamatqosimov Odilbek To`rayevich
Tayanch doktorant
E-mail: odilbek.mamatqosimov.90@mail.ru

Saribayeva Shaxnoza

Saribayeva Shaxnoza Usanovna
b.f.n., katta ilmiy xodim.
E-mail: ssaribayeva@list.ru

Soxibova Zebiniso Toxirovna

Soxibova Zebiniso Toxirovna
Laborant,
E-mail: zsokhibova@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

1. “Madaniy o`simliklarning O`zbekiston florasidagi alohida xo’jalik ahamiyatiga ega yovvoyi ajdodlari populyatsiyalarining zamonaviy holatini baholash va tirik kolleksiyasini yaratish (2021-2024 yillar)

2. Navoiy viloyatida Ferula L. turkumi dorivor turlarining ekib o`stirishning optimal texnalogiyasini ishlab chiqish (2023-2025 yy.).

Laboratoriya xodimlarining ilmiy ishlari

  1. Khassanov F.O., Sh. Saribayeva, Esankulov A.S. A new Astragalus species from Uzbekistan // Stapfia, 92 (2010). – P. 25-26 (Germany, Stutgard).
  2. Habibullo F. Shomurodov, Tashkhanim T. Rakhimova, Shakhnoza U. Saribaeva, Nodira K. Rakhimova, Rasul A. Esov and Bekhzod A. Adilov Perspective Plant Species for Stabilization of Sand. Dunes on the Exposed Aral Sea Bed // Journal of Earth Science and Engineering 3 (2013). USA. P. -655-662
  3. Shomurodov H.F., Saribaeva Sh.U., Effect of gas extraction on the State of Euphorbia sclerocyathium Korov.et M.Pop. population// Arid land studies. Vol.24.No.1. June 2014. Japan. P. -265-268.
  4. Habibullo F.Shomurodov., Akbar Akhmedov, Shakhnoza U. Saribayeva Distribution and the current state of Lagochilus acutilobus (Lamiaceae) in connection with the oil and gas sector development in Uzbekistan // Journal of Ecological Questions, – Poland, 2014. – P. 45 – 49.
  5. Shomurodov H.F., Saribaeva SH. U, Akhmedov A. Distribution Pattern and Modern Status of Rare Plant Specieson the Ustyurt Plateau in Uzbekistan // Arid Ecosystems. 2015. Vol 5. № 4. – Рp. 261-267.
  6. Saribayeva Sh. U., Shomurodov H.F. Actual state of coenopopulations of Astragalus centralis Sheld. under conditions of Kuldzhuktau ridge (Kyzylkum desert)// Arid Ecosystems. – Moscow, 2017. – Vol. 7. – No. 4. – Р. 256-262.
  7. Шомуродов Х.Ф., Абдураимов О.С. Онтогенетическая структура и оценка состояния ценотических популяций Tulipa borszczowii (Liliaceae) в Узбекистане // Ботанический журнал. – Санкт-Петербург, 2017. – Т. 102. – №8. – С. 1123-1136.
  8. Otso Ovaskainen et all., Ozodbek Abduraimov, Azizbek Makhmudov Chronicles of nature calendar, a long-term and large-scale multitaxon database on phenology // A Nature research journal. Scientific data 7. Article number 47. 11 February 2020. (Web of Science 4,18; Scopus 6,40)
  9. Wenjun Li, Kaiyun Guan, Ozodbek Abduraimov, Ying Feng. Pedicularis multicolor (Orobanchaceae), a new replacement name for the Pedicularis inconspicua. Phytotaxa (2020). 437 (2): 118–118 (Web of Science 1,24; Scopus 1,01).
  10. Abduraimov O.S., Shomurodov H.F., Daniyarov S.A., Abduraimov A.A. Ontogenetic Structure of Ceоnopopulations of Tulipa korolkowii Regel in Uzbekistan. Journal of Botanical Research, Singapore Volume 02, Issue 04, October 2020 P.7-11
  11. Delgado M. et al. Abduraimov O., Mahmudov A. Differences in spatial versus temporal reaction norms for spring and autumn phenological events // Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America (PNAS). 2020. 117 (49) 31249-31258. https://doi.org/10.1073/pnas.2002713117
  12. Xuehong Xu, Wenjun Li, Ozodbek Abduraimov. Khabibullo Shomurodov, Shukui Ni. Thesium longiperianthium (Santalaceae), a new replacement name for T. brevibracteatum P.C. Tam. Biodiversity Data Journal 8: e59007 doi: 10.3897/BDJ.8. e59007. P.1-4.
  13. Rakhimova T., Rakhimova N.K., Shomurodov Kh.F., Abduraimov O.S. Ontogenetic structure of rare plant species on the Usturt Plateau in Uzbekistan. Arid Ecosystems, 2020, Vol. 10, No. 3, pp. 238-243.
  14. Shomurodov H.F., Abduraimov O.S., Adilov B.A. Assessment of the state of Tulipa lehmanniana Mercklin populations under the conditions of the
    Kyzylkum Desert. Arid Ecosystems, 2021, Vol. 11, No. 1, pp. 83–90.
  15. Tomas Roslin et al. Ozodbek Abduraimov, Azizbek Mahmudov Phenological shifts of abiotic events, producers and consumers across a continent // Nature climate change. 2021. 11, pp. 241–248. www.nature.com/natureclimatechange.
  16. Habibullo F. Shomurodov, Shakhnoza U. Saribaeva, Ozodbek S. Abduraimov, Rizamat Sh. Khayitov, Asilbek F. Sayfullaev. The Current State of Iris Hippolyti’s (Vved.) Kamelin Population in Uzbekistan. // Annals of R.S.C.B.. ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 6589 – 6597
  17. Turdiboev, O. A., Mamatqosimov, O. T., & Celep, F. (2021). Lectotypification of Dracocephalum royleanum (Lamiaceae). Phytotaxa, 512(1), 68-72.
  18. Khayitov, R.Sh., Shomurodov, H.F., Abduraimov, O.S. and Berdaliev, A.A. (2021) Phytocenotic Characteristics Acanthophyllum cyrtostegium Vved. (Caryophyllaceae) Distributed in Bukhara Region (Uzbekistan). American Journal of Plant Sciences, 12, 1036-1042. https://doi.org/10.4236/ajps.2021.127071
  19. Shomurodov, H.F., Abduraimov, O.S., Khayitov, R.Sh. and Saribaeva, S.U. (2021) Assessment of the State of Onobrychis tavernierfolia Stocks ex Boiss. (Fabaceae) Cenopopulations Southwestern Kyzylkum(Uzbekistan). American Journal of Plant Sciences, 12, 1043-1050. https://doi.org/10.4236/ajps.2021.127072
  20. Mavlanov, B.J., Abduraimov, O.S., Mahmudov, A.V., Allamuratov, A.L. and Mamatkosimov, O.T. (2021) Bioclimatic Modeling of the Potential Distribution of the Western Tien-Shan Endemic Tulipa kaufmanniana Regel (Uzbekistan, Kazakhstan). American Journal of Plant Sciences, 12, 1468-1477. https://doi.org/10.4236/ajps.2021.1210104
  21. Abduraimov О. S., Kovalenko I. N., Makhmudov A. V., Allamurotov A. L., & Mavlanov B. J. (2022). Ontogenetic structure of cenopopulations of Allium pskemense (Amaryllidaceae) in Uzbekistan. Biosystems Diversity, 30(1), 88–94. https://doi:10.15421/012209
  22. Saribaeva S, Abduraimov O, Allamuratov A. 2022. Assessment of the population status of Allium oschaninii O. Fedtsch. in the mountains of Uzbekistan. Ekol Bratisl 41 (2): 147-154. DOI: 10.2478/eko-2022-0015.
  23. Mahmudov, V., Mahmudov, A.V. and Abduraimov, O.S. (2022) Ontogenesis of Elytrigia trichophora (Link) Nevski in the Conditions of Uzbekistan (Biometric Indicators). American Journal of Plant Sciences, 13, 1090-1099. https://doi.org/10.4236/ajps.2022.138073
  24. Ozodbek S. Abduraimov., Azizbek V. Maxmudov, Azizbek S. Abduraimov Current state of local populations Tulipa greigii Regel (Liliaceae) in Uzbekistan // E3S Web of Conferences 351, 01093 (2022). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202235101093
  25. Kovalenko I, Butenko S, Zhezhkun A, Abduraimov O., Porokhniach I, Klymenko H, Trends in the transformation of plant ontogenesis under global climate warming. Estonian Academic Agricultural Society. 2022. Vol.8. 410–417 DOI: 10.15159/jas.22.27
  26. Mahmudov A V, Abduraimov O S, Erdonov Sh. B, Allamurotov A L, Mamatkasimov O T, Gayibov U G, Izotova L Y. Seed productivity of Linum usitatissimum L. in different ecological conditions of Uzbekistan. Plant Science Today. 2022; 9(4): 1090–1101. https://doi.org/10.14719/pst.1792
  27. Abduraimov O.S., Mamatkulova I.E., Mahmudov A.V. Structure of local populations and phytocoenotic confinement of Elwendia persica in Turkestan Ridge, Uzbekistan // Biodiversitas Volume 24, Number 3, March 2023 Pages: 1621-1628 DOI https://doi.org/10.13057/biodiv/d240334
  28. Abduraimov OS, Maxmudov AV, Kovalenko I, Allamurotov AL, Mavlanov BJ, Shakhnoza SU, Mamatkasimov OT. 2023. Floristic diversity and economic importance of wild relatives of cultivated plants in Uzbekistan (Central Asia). Biodiversitas 24: 1668-1675. https://doi.org/10.13057/biodiv/d240340
  29. Abduraimov, O.S.; Li, W.; Shomurodov, H.F.; Feng, Y. The Main Medicinal Plants in Arid Regions of Uzbekistan and Their Traditional Use in Folk Medicine. Plants 2023, 12, 2950. https://doi.org/10.3390/plants12162950
  30. Saribaeva Sh. U., Allamuratov A., Mavlanova B., Mamatkosimov O. Assessment of the State of the Allium praemixtum Vved. cenopopulation (Amaryllidaceae) on the Ridges of Uzbekistan // Arid Ecosystems, 2023, Vol. 13, No. 4, pp. 419–424.  https://doi.org%20/10.1134/S2079096123040133

Monografiya, o’quv qo’llanma va tavsiyanomalar

  1. Шомуродов Х.Ф., Рахимова Т., Рахимова Н.К., Сарыбаева Ш.У., Адилов Б.А., Абдураимов О.С. Ценопопуляция редких и исчезающих видов растений останцовых низкогорий Кызылкума. Монография. – Ташкент: Навруз, 2018. – 230 с.
  2. Тухтаев Б.Ё, Маҳмудов А.В., Хуррамов Ш.Ш. Ўзбекистон экма заъфарон (шафран посевной – Crocus sativus): интродукцияси ва плантацияларини ташкил этиш. – Тошкент, Наврўз, 2018. – 128 б.
  3. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов  Х.Ф., с участием Абдураимов О.С., Адилов Б.А., Ахмедов А.К., Рахимова Т., Рахимова Н.К., Сарибаева Ш.У., Хайитов Р.Ш., Шарипова В.К.. Кадастр флоры Узбекистана: Навоийская область.  Монография– Ташкент: Фан, 2019. – 216 с.
  4. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф.,  с участием  Абдураимов О.С., Адилов Б.А., Рахимова Т., Рахимова Н.К., Сарибаева Ш.У., Хабибуллаев Р.Ш., Хайитов Б.Ш., Шарипова В.К., Эсанов Х.К. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область . Монография– Ташкент: Фан, 2020. – 160 с.
  5. Мармазинская Н.В., Мардонова Л.Б., Митропольский М.Г., Грицына М.А. Абдураимов О.С. Методические рекомендации по ведению мониторинга животного и растительного мира на территории комплексного (ландшафтного) Заказника «Сайгачий. Тошкент, ЎзР ФА, 2021. 87 с
  6. В.Маҳмудов, А.В.Махмудов. Доривор ўсимликлар флора ва ситематикаси. Олий ўқув юртлари учун Ўқув қўлланма. Тошкент, 2022. 320 б.
  7. Махмудов А.В., Абдураимов О.С., Эрдонов Ш.Б., Алламуротов А.Л., Мавланов Б.Ж., Маматқосимов О.Т. Лалми ерларда қора седана (Nigella sativa L.), оддий зиғир (Linum usitatissimum L.), экма зира (Cuminum cyminum L.)  етиштириш бўйича йўриқнома – Тошкент: Muxr press, 2023. 44 б.

Laboratoriya xodimlari fotogalereyasi