O‘R FA Botanika instituti tomonidan Toshkent shahrida “O‘zbekiston floristikasining ayrim nazariy va amaliy muammolari, yangi yondashuvlarni joriylashtirishning zaruriyati” mavzusida muhim ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminar mamlakat florasiga oid ilmiy tadqiqotlarda yangi yondashuvlarni muhokama qilish va amaliyotni rivojlantirishga qaratildi.

Seminarda Namangan davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti,  Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti Toshkent Botanika bog‘i Qoraqalpoq filiali, Hisor davlat qo‘riqxonasi kabi tashkilotlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etishdi. Seminar O‘zbekiston florasining o‘rganishda uchrayotgan nazariy va amaliy muammolarni tahlil qilish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish hamda floristik va biogeografik tadqiqotlarni yangi texnologiyalar bilan boyitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab masalalari bo‘yicha davom etdi.

Seminarni akademik K.Sh. Tojibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida botanika sohasida dunyo va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar hamda ularning amaliyot bilan integratsiyasi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yosh olimlar, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va bakalavr talabalar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Akademikning so‘zlariga ko‘ra, botanika fanidagi so‘nggi xorijiy tajribalarni va yondashuvlarni mamlakatimiz ilm-fani va ta’limida qo‘llash, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqishda katta rol o‘ynaydi.

 

1 2 3

 

 

Seminarda quyidagi ilmiy ma’ruzalar muhokama qilindi.

 

4

Floraning to‘r tizimli xaritalashda katta miqdordagi gerbariy yig‘malarining ahamiyati. Ma’ruzachi: Sheraliyev Obidjon Xomidjonovich.

 

5

6

7

Gerbariy materiallaridan floristik va biogeografik tadqiqotlarda samarali foydalanish bo‘yicha yangicha yondashuvlar. Ma’ruzachi: Aliyeva Kumush Bahodir qizi.

 

8

9

Fuqarolik fani instrumentlarining urbanoflora tadqiqotlarida tutishi mumkin bo‘lgan o‘rni. Ma’ruzachi: Norxodjayeva Aziza Muzaffarovna.

10

11

Floristik tadqiqotlarni molekulyar filogenetik usullar bilan integratsiya qilishning kutilayotgan samarasi. Ma’ruzachi: PhD Ziyoviddin Yusupov.

Ma’ruzalardan keyin savol-javob va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Sohaga oid fikrlar almashildi.

12 13 14 15 16

Seminarda ilg‘or tadqiqot metodlari va yondashuvlar muhokama qilinib, botanika sohasidagi dolzarb muammolarning yechimlari yuzasidan ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu tadbir O‘zbekiston florasi o‘rganilishini rivojlantirish, o‘simlik turlarining monitoringi va muhofazasi bo‘yicha yangi strategiyalarni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.