Joriy yilning 11 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti rahbariyatining keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashi bilan Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Xon atlas” haftaligi yuqori darajada tashkil etildi. Tadbir milliy liboslarimiz orqali xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, urf-odat va an’analari, shuningdek, estetik did va qadriyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
Mazkur haftalikning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimizni yanada boyitish, milliy liboslarning o‘ziga xosligini va ahamiyatini chuqurroq anglashga yo‘naltirilgan edi. Botanika instituti rahbariyati boshchiligida barcha laboratoriyalarning ilmiy va texnik xodimlari, ayniqsa xotin-qizlar, ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar.

Professor Tashxanim Raximova laboratoriya xodimlari bilan milliy qadriyatlarimiz haqida suhbatlashmoqdalar.

Institut ma’muriyatidagi xotin-qizlarni “Xon atlas” haftaligidagi ish jarayoni.

Institut ilmiy va texnik xodimlari milliy liboslarda.
“Xon atlas” haftaligi o‘tkazilish jarayonida “O‘zbekiston Miliy gerbariysi”ga Rossiya davlatidan kelgan mehmon, Tomsk davlat universiteti professori Olonova Marina Vladimirovnani xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslarga qiziqishi ortdi.

Tomsk davlat universiteti professori Olonova M.V. “O‘zbekiston Miliy gerbariysi” go‘zal va dilbar ayollari bilan birgalikda

