2025-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti majlislar zalida yosh olimlarning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 20 dan ortiq yosh ilmiy xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida muhokama qilingan masalalar uchta asosiy qismga bo‘lindi.

I yo‘nalish – yosh olimlarning tadqiqot ishlari muhokamasi.

Dastlab, O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi, 1-bosqich tayanch doktorant X.R. Ibragimov tomonidan “Nurota tizmasida tarqalgan Asteraceae oilasi kamyob turlari populyatsiyalarining zamonaviy holati” mavzusida ma’ruza qilindi.

2

 

3

Shundan so‘ng Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi o‘qituvchisi B.S. O‘ralov “Surxondaryo viloyati sharoitida Salvia officinalis L. va Lavandula angustifolia Mill. ning bioekologik xususiyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

4

Birinchi qism bo‘yicha ma’ruzalar yakunlangach, tadbirning ikkinchi qismida Yosh olimlar kengashi raisi, PhD I.J. Jo‘ramurodov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Yosh olimlar kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruza davomida Yosh olimlar kengashi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan 10 banddan iborat Nizomning har bir bo‘limi batafsil tushuntirib berildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Nizom bandlari yuzasidan savollar berildi hamda bir qator takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilishning uchinchi qismida “Eng faol yosh olim – 2025” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, Jamalova Dilafruz Neʼmatilla qizi I o‘ringa, Kurbaniyazova Gulsauir Tanirbergen qizi II o‘ringa hamda Ergashov Ibroximjon Abduvali o‘g‘li III o‘ringa loyiq deb topildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida institutning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rin bosari b.f.d., professor F.I. Karimov ishtirok etdi va g‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirdi.

5

6