34070 [Converted]

Institutning xalqaro hamkorlari: RFA L.V. Komarova nomidagi Botanika instituti, RFA Sibir bo‘limining Markaziy Sibir botanika bog‘i, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Xitoy Fanlar akademiyasining Kungmingdagi Botanika instituti, Xitoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti, Koreya Milliy arboretumi, Finlyandiya tabiatshunoslik muzeyi va boshqalar hisoblanadi.
Ayni paytda xorijiy xamkorlar bilan birgalikda quyidagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda

Koreya o‘rmon xizmati va Koreya Milliy arboretumi bilan «F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i urug‘ fondini boyitish yo‘li bilan o‘simliklar genetik xilma-xilliginini saqlab qolish» loyihami.

Xitoy Fanlar akademiyasining Kunmingdagi Botanika instituti bilan “G‘arbiy Pomiro-Oloy (O‘rta Osiyo) va Hengduan tog‘i (Janubi-G‘arbiy Hitoy) o‘simliklar xilma-xilligini qiyosiy o‘rganish” loyihasi

Xitoy Fanlar akademiyasi Ekologiya va geografiya instituti bilan “O‘zbekiston cho‘l o‘simliklari kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari populyatsiyalari holatini baholash hamda ularning tirik kolleksiyalarini yaratish” loyihasi

Global ekologik fondning kichik grantlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bilan “O‘zbekiston o‘simliklar hilma-xilligining markaziy ma’lumotlar bazasini tuzish” loyihasi.

Biologik xilma-xillik bo‘yicha horijiy xamkorlar: BMTTD (PROON), GEF, SITЕS, IUCN, Index Herbariorum. IPA, GBIF va boshqalar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Institut xodimlari Rossiya, Germaniya, Xitoy, Koreya, AQSH, Chexiya, Isroil va boshqa davlatlardagi qardosh ilmiy markaz mutaxassislari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishgan. Institut IUCN, Yovvoyi tabiat butunjahon fondi (WWF) kabi tabiatni muhofaza qilish va kamyob hamda yo‘qolib ketish arafasidagi turlarni saqlab qolish sohasidagi yirik xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Institut xodimlari bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan bir qator xalqaro konvensiyalarning milliy ilmiy maslahatchilari hisoblanishadi