logo

Laboratoriyaning yo’nalishi

1. Markaziy Osiyo va O‘zbekiston florasining keng ko‘lamli tadqiq etish;
2. O‘zbekiston florasidagi yuksak o‘simlik turlarini to‘r tizimli xaritalash;
3. O‘zbekiston Milliy gerbariysi kolleksiyasini to‘ldirish, raqamli formatga o‘tkazish va yangi namunalar bilan boyitib borish;
4. O‘zbekiston florasidagi o‘simlik turlarini ma’muriy viloyatlar kesimida davlat kadastrini tuzishda ishtirok etish;
5. Kamyob, yo‘qolib borayotgan va endem o‘simlik turlarining maqomini IUCN tamoyillari asosida baholash.

Laboratoriyaning erishgan yutuqlari

Laboratoriyada 2020-2024 yillar davomida “Janubi-G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglari florasining to‘r tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati qismi)” mavzudagi davlat dasturi doirasida tadqiqotlar amalga oshirildi va har bir hisobot davrida muhim natijalar olindi:
Markaziy Osiyoda birinchi marotaba Tog‘li O‘rta Osiyo provinsiyasi Janubi-G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglarining Surxondaryo viloyati chegarasidagi tabiiy florasi to‘r tizimli xaritalash asosida xatlovdan o‘tkazildi. Tadqiqot xududi 5×5 km dan iborat bo‘lgan 884 indekslarga ajratildi. Tadqiqotlar bilan qamrov darajasi 92% tashkil etdi va 820 indekslar bo‘yicha turlar xilma-xilligi (species richness) va yig‘malar zichligi (collection density) kesimidagi ma’lumotlar jamlandi.
Surxondaryo viloyati florasining 98 oila, 614 turkum va 2191 turdan iborat bo‘lgan davlat kadastri ro‘yxati ilk bor geobog‘langan ma’lumotlar asosida tuzildi va floraning taksonomik, geografik, qiyosiy va biomorfologik tahlillari amalga oshirildi.
Viloyat hududidagi botanik-geografik rayonlarning floristik tarkibi shakllantirildi.
1834–2024 yillar oralig‘ida to‘plangan gerbariy namunalari va dala tadqiqotlari asosida 67261 namunalardan iborat Markaziy Osiyodagi eng yirik bo‘lgan geobog‘langan ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Hisobot davrida fan uchun yangi bo‘lgan Hedysarum sunhangii Juramurodov & Tojibaev, Ranunculus tojibaevii Schegol. & Turginov, Allium sunhangii F.O.Khass., Tojibaev & Yusupov va Iris chrysopetala Sennikov, F.O.Khass. & Pulatov hamda O‘zbekiston florasi uchun yangi bo‘lgan 16 tur aniqlandi.
Geobog‘langan ma’lumotlar ko‘lami ilk bor floristik ma’lumotlarni geofazoviy tahlil qilish va bioxilmaxillik modellariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy-tarixiy va iqlim omillari yig‘indisi ta’sirlarini o‘rganish imkoniyatini yuzaga keltirdi.
Flora tarkibini to‘r tizimli xaritalash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar floristikaning fundamental jihatlarini rivojlantirish, xususan chuqurlashtirilgan tahlillarning elementar birligini tabiiy-geografik yoki ma’muriy xudud darajasidan to‘r tizimli xaritadagi indeks darajasiga o‘tish imkoniyati yuzaga keltirdi.
To‘r tizimli xaritalash amaliyotiga “to‘yingan indekslar”, “to‘yinmagan indekslar” tushunchasi kiritildi. Yetakchi oilalar spektri asosida aniqlangan to‘yingan indekslar soni 254 tani tashkil etadi va ulardagi yetakchi oilalar spektri O‘rta Osiyoning tog‘li qismi uchun xos bo‘lgan spektrga muvofiq keladi.
Surxondayo hududidan o‘tuvchi asosiy avtomobil yo‘llari florasi tarkibi (100 m (SR=853), 500 m (SR=910) va 1 km (SR=971) radiusda) shakllantirildi. Avtomobil yo‘llari florasi tarkibi geografik elementlar spektrida urbanizatsiyalashgan, ekin maydonlari va tabiiy floradan farqli ravishda tarqalish areali O‘rta Osiyodan tashqariga chiqmaydigan mahalliy turlar yetakchilik qilishi aniqlandi. Bu avtoyo‘llar florasi urbanoflora, ekin maydonlari va tabiiy floradan farq qiluvchi alohida tendensiyalar asosida shakillanishga ega bo‘lgan flora ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, urbanizatsiyalashgan (SR=279, CD=2601) va ekin maydonlari (SR=521, CD=679) florasi tarkibi aniqlandi. Yetakchi oilalar va geografik elementlar spektriga ko‘ra urbanlashgan hududlarda Plyuregional (54 tur) va Palearktik (43), ekin maydonlari florasida esa O‘rtayerdengizi (96) va Plyuregional (83) geografik elementlarning ustunlik qilishi ma’lum bo‘ldi.
Viloyat hududida keng tarqalgan (faol) turlar tarkibi aniqlandi. Ularning asosini Plantago lanceolata L. (307 ta indeksda 541 ta namuna), Poa bulbosa L. (302/542), Convolvulus arvensis L. (299/439) singari keng arealli turlar tashkil etadi. Shu bilan birga 15% turlar bittadan gerbariy namunasiga ega bo‘lib, bittadan indekslarda tarqalgan.
Turkumlar darajasida eng keng tarqalgan Astragalus (2547 ta gerbariy namunasi, 515 ta indeksda), Convolvulus (881/397), Strigosella (1352/388) bo‘lsa, oilalar darajasida Fabaceae vakillari keng tarqalgan turlardan iborat. Ular 721 indeksda (81%) tarqalganligi qayd etildi.
Surxondaryo viloyati florasi uchun endem bo‘lgan 65 tur aniqlandi. Ularning asosini bo‘r va paleogen davrlarining reliktlari tashkil etadi. Endem turlarning IUCN Red list mezonlari bo‘yicha kamyoblik maqomlari aniqlandi. Mavjud ma’lumotlarning tahlili va ko‘p yillik dala tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra Xaudak endemi hisoblangan Dipcadi turkestanicum Vved. biologik tur sifatida butunlay yo‘q bo‘lib ketganligi ta’kidlandi.
Tanlab olingan endem va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilgan kamyob turlarni bioiqlimiy modellashtirish asosida hozirgi va kelajakdagi potensial tarqalish areallari aniqlandi. Olingan natijalar turlarning 35% da potensial tarqalishi mumkin bo‘lgan maydonlarning ortishi, 65% da esa qisqarib borishi kutilayotganligi bashorat qilindi.
Viloyat hududida 7 xil tuproq guruhi va Technosol tuproqlari tarkib topgan. Endem turlar faqat Leptosols, Cambisols va Calcisols tuproqlarida uchraydi. Turlar xilma-xilligi va namunalar soniga ko‘ra Leptosols tuproqlar yetakchilik qiladi.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha olingan eng asosiy xulosalardan biri tabiiy florani to‘r tizimli xaritalash uzoq muddatli va ayni paytda eng samarali tadqiqot uslubi ekanligini ta’kidlash hisoblanadi. Hisobot davrining dastlabki yilida mavjud manbaalarni tahlili 565 indeks (umumiy tadqiqot hududining 63,9%) oid 14221 ta ma’lumotlar qatori shakillantirilgan bo‘lsa, 2024-yil natijalariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 820 ta indeks (92,7%) oid 67 261 qatorga yetdi. Shuningdek, 2021-yilda har bir indeksdagi o‘rtacha ko‘rsatkich turlar xilma xilligi bo‘yicha 13 turni, yig‘malar zichligi bo‘yicha 18 ta namunani tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda har bir indeksdagi o‘rtacha turlar xilma-xilligi 58 turdan, yig‘malar zichligi 84 ta namuna va qaydlardan iborat bo‘ldi.
2016 yildan laboratoriya bazasida O‘zbekiston florasining yangi nashrlarini tayyorlash va chop etishga qaratilgan fundamental loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihaning bosh maqsadi mamlakat xududida tarqalgan o‘simlik turlarini taksonomik va nomenklaturaviy tahlilini amalga oshirish va oilalar kesimida ko‘p jildli nashrlarini chop etishga qaratilgan. Tadqiqotlar floristika, o‘simliklar taksonomiyasi va botanik geografiyasining klassik va zamonaviy metodlarini uyg‘unligida olib borilmoqda. Loyihaning eng asosiy farqli jihatlari qatorida zamonaviy dala tadqiqotlari, yirik gerbariy fondlarida saqlanayotgan gerbariy namunalarini keng jalb etilganligi, mavjud ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etilayotganligi; ma’lumotlarni tizimlash va standartlashtirishni xalqaro talablar asosida amalga oshirilayotganligi; yagona axborot tizimini shakllantirilayotganligi va uni internet tarmog‘i orqali maksimal darajada ochiqlanayotganligi hisoblanadi. 2016 yildan boshlab milliy floraning dastlabki besh jildi chop etildi. Ular asosan O‘zbekiston florasidagi yirik o‘simlik oilalarini qamrab oldi. Xususan, Amaryllidaceae (I jild), Campanulaceae, Plantaginaceae, Primulaceae, Sphenocleaceae, Scrophulariaceae boshqalar (II jild), Plumbaginaceae, Caprifoliaceae, Gentianaceae, Solanaceae, Bignoniaceae, Menyanthaceae ва Oleaceae (III jild), Heliotropiaceae, Boraginaceae ва Hydrophyllaceae (IV jild), V jild Apiaceae oilalaridan iborat bo‘ldi. Oxirgi VI jild Ranunculaceae oilasining to‘liq tahliliga bag‘ishlandi. Floraning navbatdagi VII jildi esa polimorf oilalardan hisoblangan Brassicaceae oilasiga bag‘ishlangan bo‘lib, hozirda mazkur oilaning tarksonomik tarkibi, nomemnklaturasi, ekologiyasi va geografiyasi bo‘yicha tahlillar yakunlandi. Turkumlar va turlarning dixotomik aniqlagich kalitlari tuzildi. Loyiha ishtirokchilari tomonidan 1915–2024 yillarga oid 4000 ga yaqin namunalar georeferenslandi. Tayyorlangan ma’lumotlar “O‘zbekiston florasi” nashrining qabul qilingan formati bo‘yicha tahrirdan o‘tkazildi.

“Raqamli tabiat” (2025-2029) davlat dasturi doirasida Markaziy Osiyo hududini yangi botanik-geografik rayonlashtirish xaritasini ishlab chiqish va o‘simliklar xilma-xilligini to‘r tizimli xaritalash yo’nalishi bo’yicha tadqiqotlar amalga oshirildi va 2025 yilda muhim natijalar olindi. Markaziy O‘zbekiston tabiiy florasini kompleks tadqiq etish natijasida hududning floristik tarkibi qayta inventarizatsiya qilinib, 97 oila va 641 turkumga mansub 2557 turni o‘z ichiga olgan dastlabki ro‘yxati tuzildi. Mintaqa florasining taksonomik, fitogeografik hamda filogenetik tahlillari uchun integral raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantirildi hamda Markaziy O‘zbekiston hududi uchun har biri 5×5 km maydonni qamrab olgan 2878 ta indeksdan iborat to‘r tizimli xaritasi ishlab chiqildi. Zamonaviy statistik yondashuvlar asosida yetakchi oilalarning ekologik-geografik barqarorligi ilmiy jihatdan asoslab berildi, turlar boyligining balandlik gradienti bo‘yicha nochiziqli dinamikasi hamda filogenetik xilma-xillikning iqlim va relyef omillari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi. Markaziy Osiyo florasi bo‘yicha tarqoq ma’lumotlar umumlashtirilib, 139 oila, 1199 turkum va 9648 turdan iborat yangilangan taksonomik ro‘yxat tuzildi hamda 347 800 dan ortiq geobog‘langan yozuvlar «Grid Mapping of Central Asian Plants» raqamli platformasiga joylashtirildi. Tadqiqotlar davomida fan uchun yangi (Gagea khassanovii, Fritillaria yakutii, Elymus uzbekistanicus) hamda O‘zbekiston florasi uchun yangi (Stipa magnifica, Stipa margelanica, Panicum capillare) turlarning aniqlanishi mintaqa florasining evolyusion rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq ochib berishga hamda uning ilmiy qiymatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Laboratoriyaning xalqaro aloqalari:
O‘zbekiston florasi laboratoriyasi 2016 yildan beri Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Germaniya, Polsha, Finlandiya, Belarus Respublikasi, Janubiy Koreya, Eron, Azarbayjon va O‘rta Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida har yili turli seminar va simpoziumlar o‘tkazilib kelinadi. Bunga misol tariqasida birgina 2024 yilda laboratoriyaning tashabusi bilan “Markaziy Osiyo va Amerika Qo‘shma Shtatlari botanika institutlari o‘rtasida ikkinchi seminar” (08.04.2024-yilda) va “O‘rta Osiyo va Koreya o‘rtasida bioxilma-xillik hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha to‘qqizinchi xalqaro seminar” mavzularida ilmiy seminarlar tashkil etildi (26-27.07.2024 yilda). Bundan tashqari, laboratoriyada 2024-yilda bir qator xorijiy loyihalar amalga oshirilmoqda: Janubiy Koreyaning Koreya biofan va biotexnologiya ilmiy tadqiqot instituti bilan “O‘zbekiston biologik o‘simlik materiallari bo‘yicha bioqidiruv”, Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy fanlar akademiyasi Markaziy Osiyodagi dorivor moddalarni kashf qilish va rivojlantirish markazi bilan “O‘zbekistonning Janubi-G‘arbiy qismidagi dorivor o‘simliklari: taksonomiyasi, etnobotanikasi va tarqalishi” va “Markaziy Osiyodagi dorivor qizilmiya turlarining taksonomiyasi va resurslari bo‘yicha yangi tadqiqotlar” nomli qoʻshma loyihalar shular jumlasidandir.

Laboratoriya xodimlari ro’yxati

Daminova Nazokat Erkinboyevna1

Daminova Nazokat Erkinboyevna
PhD, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri
E-mail: nazokat_botany@mail.ru

Komiljon aka

Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich
b.f.d., akademik.
E-mail: ktojibaev@mail.ru

juramurodov

Jo’ramurodov Inom Jalilovich
DSc doktorant
E-mail: ijuramurodov@mail.ru

maxmudjanov

Maxmudjanov Dilmurod Ibroxim o‘g‘li
DSc doktorant
E-mail: dilmurodxab@gmail.com

Aliyeva

Aliyeva Kumush Bahodir qizi
PhD, kichik ilmiy xodim
E-mail: aliyevakumush77@gmail.com

Kurbaniyazova Gulsauir

Kurbaniyazova Gulsauir Tanirbergen qizi
PhD, kichik ilmiy xodim
E-mail: kurbaniyazova94@list.ru

Akbarov Feruz Ikbolovich

Akbarov Feruz Ikbolovich
PhD, kichik ilmiy xodim
E-mail: feruz.akbar@mail.ru

Sardor

Po`latov Sardor Otajonovich
kichik ilmiy xodim
E-mail: sardor7244@mail.ru

Karimov Bahtiyor

Karimov Baxtiyor Qurbon o`g`li
Kichik ilmiy xodim
E-mail: baxtiyor.karimov.1994@mail.ru

Akbarova

Akbarova Kamola Ilxom qizi
Kichik ilmiy xodim
E-mail: akbarovak62@gmail.com

Dilafruz

Mirzaliyeva Dilafruz Usmonaliyevna
Kichik ilmiy xodim
E-mail: d.u.mirzaliyeva@gmail.com

Jorayev

Jo‘rayev Zuxuridin Najmidin o‘g‘li
Kichik ilmiy xodim
E-mail: juraevzukhuridin@gmail.com

Razzaqova

Razzaqova Oysha Baxtiyor qizi
Tayanch doktorant (PhD)
E-mail: oyshaxonrazzaqova@gmail.com

Hamrayev

Hamrayev Diyorjon Xonnazar o‘g‘li
Tayanch doktorant (PhD)
E-mail: diyorjonhamrayev1994@gmail.com

Sheraliyev

Sheraliyev Obidjon Xomidjonovich
Tayanch doktorant (PhD)
E-mail: obidjonsheraliyev07@gmail.com

Anvarova

Anvarova Orzigul Anvar qizi
Tayanch doktorant (PhD)
E-mail: Anvarovaorzigul@gmail.com

Zilola

Mardiyeva Zilola Komiljon qizi
Laborant
E-mail: mardiyeva02@gmail.com

Otabek

Sotiboldiyev Otabek Erkin o’g’li
Laborant
E-mail: sotiboldiyev2001@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot dasturi va loyihalari

  1. “Janubi-G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglari florasining to‘r tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati qismi)”  davlat dasturi (2020–2024 yy.)
  2. A-FA-2021-427 sonli “O‘zbekiston florasidagi polimorf oilalarning taksonomik riviziyasi” (2021–2025 yy.)
  3. MRB-2021-529. Turli tabiiy-iqlim va antropogen sharoitlarda urbanofloralarning shakllanishi xususiyatlari (Belorus va O‘zbekiston misolida) (2021-2023).
  4. PZ-20170926437. O‘zbekiston florasining piyozli geofitlari milliy kolleksiyasini yaratish. O‘zbekiston-Belarus hamkorligi. (2018-2020).
  5. Р3-20170925347. “Zarafshon tizmasi g‘arbiy tarmoqlari florasini to‘r tizimli xaritalash va alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni aniqlash”. (2018-2020).
  6. VA-FA-F5-010. “O‘zbekiston tabiiy florasining ikki urug‘pallali o‘simliklarining sistematikasi”. (2017-2020).
  7. “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida « Markaziy Osiyo hududini yangi botanik-geografik rayonlashtirish xaritasini ishlab chiqish va o‘simliklar xilma-xilligini to‘r tizimli xaritalash» ilmiy tadqiqot dasturi (2025-2029).
  8. FL-9524115063. Respublikaning dorivor o‘simliklari resurs salohiyatini bioiqlim va geofazoviy tahlili, moslashish va tarqalish qonuniyatlari (Ferula. L. turkumi misolida)” (2025-2029).
  9. AL-9224104450 . “O‘zbekiston florasining ilk o‘zbekcha nashrini tayyorlash” (2026-2027).

Laboratoriya xodimlarining ilmiy ishlari

Laboratoriya xodimlarining 2022-2025 yillarda Xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlari

  1. Asatulloyev T., Dekhkonov D., Tojibaev K. S. What determines the distribution of Tulipa species in Uzbekistan //Plant Diversity of Central Asia. – 2022. – Т. 1. – С. 127-137.
  2. Baikova, E. V., Turdiboev, O. A., Pulatov, S., Madaminov, F., Baikov, K. S., Sheludyakova, M. B. Salvia insignis (Lamiaceae): current status, rarity, and prospects for conservation in situ. // Botanica Pacifica. – 2022. Vol. 11(2). P. 147–152. (Scopus)
  3. Dekhkonov, D., Tojibaev, K., Yusupov, Z., Makhmudjanov, D., & Asatulloev, T. (2022). Morphology of tulips (Tulipa, Liliaceae) in its primary centre of diversity. Plant Diversity of Central Asia, 1(1), 52-70.
  4. Makhmudjanov, D., Juramurodov, I., Kurbonaliyeva, M., Yusupov, Z., Dekhkonov, D., Deng, T., Tojibaev, K., & Sun, H., (2022). Genus Eremurus (Asphodelaceae) in the flora of Uzbekistan. Plant Diversity of Central Asia, 2: 82-127.
  5. Munavvarov A, Yusupov Z, Ergashov I, Tojibaev K.Sh., Deng T, Sun H (2022) Complete chloroplast genomes of ten species from subgenus Allium (Allium, Amaryllidaceae). Plant Diversity of Central Asia. 1(2): 175-189.
  6. Pimenov, M., Tojibaev, K., Sennikov, A., Khassanov, F., & Beshko, N. (2022). Taxonomic and nomenclatural inventory of the Umbelliferae in Central Asia, described on the basis of collections of the National Herbarium of Uzbekistan. Plant Diversity of Central Asia, 1, 21-51.
  7. Sennikov, A. N., Khassanov, F. O., & Lazkov, G. A. The nomenclatural history of Iris orchioides (Iridaceae) // Memoranda Soc. Fauna Flora Fennica. – 2022. Vol. 98. P.1-8. (Scopus)
  8. Sennikov, A. N., Khassanov, F. O., & Pulatov, S. O. Iris bucharica (Iridaceae): A century of confusion is resolved with the description of I. chrysopetala, a new species from southern Central Asia // Memoranda Soc. Fauna Flora Fennica. – 2022. Vol. P. 9-20. (Scopus)
  9. Shchegoleva N.V, Nikitina E.V, Juramurodov I.J, Zverev A.A, Turginov O.T, Jabborov A.M, Yusupov Z, Dekhkonov D.B, Deng T, Sun H. A new species of Ranunculus (Ranunculaceae) from Western Pamir-Alay, Uzbekistan // PhytoKeys. –2022. 193. P. 125–139. (Scopus)
  10. Tojibaev, K., Dekhkonov, D., Ergashov, I., Sun, H., Deng, T., Yusupov, Z., The synopsis of the genus Tulipa (Liliaceae) in Uzbekistan // Phytotaxa. – 2022. 573 (2). P. 163-214 (Scopus)
  11. Tojibaev K.Sh., Karimov F.I., Hoshimov H.R., Jang C-G, Na N-R, Park M-S, Chang K-S, Gil H-Y, Baasanmunkh S, Choi HJ (2022) Important plant areas (IPAs) in the Fergana Valley (Central Asia): The badlands of the northern foothills. Nature Conservation 49: 1–30.
  12. Tojibaev, K., Khassanov, F., Turginov, O., Akbarov, F., Pulatov, S., Turdiboev, O. (2022) Endemic plant species richness of Surkhondaryo province, Uzbekistan // Plant Diversity of Central Asia. 1. 71–84.
  13. Turdiboev, O. A., Rouhan, G., Allamurotov, A. L., Madaminov, F. M., Akbarov, F. I., & Tojibaev, K. S. Contribution of French explorers to the study of Middle Asian flora: the herbarium collections by Guillaume Capus (1857-1931) // Adansonia. – 2022. Vol. 44 (22). P. 229-301.
  14. Yusupov, Z., Ergashov, I., Volis, S., Makhmudjanov, D., Dekhkonov, D., Khassanov, F., … & Sun, H. (2022). Seed macro-and micromorphology in Allium (Amaryllidaceae) and its phylogenetic significance. Annals of Botany, 129(7), 869-911.
  15. Yang, L., Abduraimov, O., Tojibaev, K., Shomurodov, K., Zhang, Y. M., & Li, W. J. (2022). Analysis of complete chloroplast genome sequences and insight into the phylogenetic relationships of Ferula BMC genomics, 23(1), 643.
  16. Zhao, Y., Chi, J. C., Chen, Y. P., Liang, C. Z., Turginov, O. T., Pulatov, S. O. & Xiang, C. L. Three new records of Lamiaceae from China and Uzbekistan // Phytotaxa. – 2022. Vol. 531(2). P.111-119. (Scopus)
  17. Журамуродов И.Ж., Бялт В.В., Мирзалиева Д.У., Тожибаев К.Ш. Типовые образцы названий таксонов рода Hedysarum (Fabaceae) из Средней Азии, хранящиеся в Натциональном Гербарии Узбекистана (TASH) // Вестник Томского государственного университета. Биология. – 2022. № 57. С. 6–27. (Scopus)
  18. Asatulloev, T.; Dekhkonov, D.; Yusupov, Z.; Tojiboeva, U.; Cai, L.;Tojibaev, K.; Sun, W. Ecoregional and Phytogeographical Insights into the Distribution of Tulipa in the ‘Nature Imperiled’ Area of Central Asia for Effective Conservation. Diversity. – 2023. Vol. 15 (1195). P.1-27.
  19. Dehqonov D., Asatulloev T., Tojibaeva U, Idris S., Tojibaev K.Sh. Suitable habitat prediction with a huge set of variables on some Central Asian tulips. // Journal of Asia-Pacific Biodiversity. – 2023. Vol. 16(1). P. 75-82.
  20. Dekhkonov D., Asatulloev, T., Akbarov, F., Umida, T., Lorenzo, P., & Tojibaev, K. Sh. Conservation strategy and diversity of Tulipa (Liliaceae) in Uzbekistan. Plant Diversity of Central Asia. 4 (2023) 1–42
  21. Juramurodov I., Makhmudjanov D, Liu PL., Yusupov Z., Nikitina E., Deng T, Tojibaev K., Sun H. Phylogenetic relationships and biogeography in Hedysarum (Hedysareae, Fabaceae) with a focus on Central Asian taxa. // Taxon. – 2023. Vol. 1. P. 1-23. doi.org/10.1002/tax.13105
  22. Juramurodov I., Makhmudjanov D., Yusupov Z., & Tojibaev K. (2023). First Comparative Analysis of Complete Chloroplast Genomes Among Six Hedysarum (Fabaceae) Species. Frontiers in Plant Science. 14:1211247.
  23. Khassanov, F., Asatulloev, T., Ergashov, I., Pulatov, S., Tojibaev, K., & Yusupov, Z. Allium sunhangii–a new species from section Brevidentia F.O. & Iengal.(Amaryllidaceae) from Southern Pamir-Alay. // PhytoKeys. – 2023. Vol. 219. P. 35–48.
  24. Makhmudjanov, D., Abdullaev, D., Juramurodov, I., Tuychiev, S., Yusupov, Z., Sun, H., Tojibaev K., Deng, T. (2023). Comparative Analysis and Characterization of Ten Complete Chloroplast Genomes of Eremurus Species (Asphodelaceae). Forests, 14, 1709.
  25. Pimenov M.G., Tojibaev K.SH, Degtjareva G.V., Ostroumova T.A., Zakharova E.A., Karimov F.I., Samigullin T.H. A new species of Aulacospermum (Umbelliferae) from Uzbekistan // Phytotaxa. –2023. Vol. 579(3). P.162-174.
  26. Sennikov, A., Khassanov, F. O., Ortikov, E., Kurbonaliyeva, M., & Tojibaev, K. S. The genus Iris sl (Iridaceae) in the Mountains of Central Asia biodiversity hotspot // Plant Diversity of Central Asia. – 2023. Vol. 2(1). P. 1-104.
  27. Tojibaev, K. S., Karimov, F. I., Hoshimov, H. R., Gulomov, R., Lazkov, G. A., Jang, C. G., … & Choi, H. J. Important plant areas (IPAs) in the Fergana Valley (Central Asia): The Bozbu-Too-Ungortepa massif // Nature Conservation. – 2023. Vol. 51. P. 13-70.
  28. Volis S., Tojibaev K. Comparison of maps of species richness and endemism produced directly from species occurrences with those produced by stacked species distribution modelling //Israel Journal of Ecology and Evolution. – 2023. – Т. 70. – №. 1-2. – С. 84-93.
  29. Левичев И.Г., Бешко Н.Ю., Курбаниязова Г.Т., Тургинов О. Т. Тажетдинова Д.М. Новые находки видов рода Gagea в Узбекистане. Turczaninowia. – 2023. Vol. 26(3). P. 184-193.
  30. Anming B., Tao Y., Wenqiang X., Jiaqiang L., Guli J., Xi Ch., Tojibaev K., Shomurodov KH., Xabibullaev B. & Kamalatdin, I. (2024). Ecological problems and ecological restoration zoning of the Aral Sea. Journal of Arid Land, 16(3), 315-330.
  31. Daminova, N., Nosirov, S., Akbarov, F., Tojibaev, K., & Temirov, E. Distribution and conservation of the narrow sub-endemic shrub, Lonicera paradoxa in Pamir-Alay, Central Asia // Biodiversitas Journal of Biological Diversity. – 2024. – Т. 25. – №. 2.
  32. Dekhonov D. Asatulloev T., Tojiboyeva U., Idris S., Abdupattaeva Sh., Abdullayev Sh., Weibang S.,Yusupov Z., Tojiboyev Sh. “Beauty demands sacrifices: is it possible to overcome both climate change and anthropogenic impact for Pamir-Alay Tulips (Liliaceae)?” Journal of Asia-Pacific Biodiversity, – 2024.
  33. German D.A., Turginov O.T., Ziyodullaev Q.O., Uralov R.A., Madaminov F.M., Sheraliyev O.Kh., Suyunkulov H., Segizboev M., Beshko N.Yu. // Towards better knowledge on Cruciferae diversity in Uzbekistan // Turczaninowia, 2024, 27 (3): – P. 127–136.
  34. Jo, S., Yusupov, Z., Choi, S., Paik, J. H., & Tojibaev, K. S.. The complete plastome sequence of Datisca cannabina L. (Datiscaceae, Cucurbitales). // Mitochondrial DNA Part B. – 2024. Vol. 9(2), 237-241.
  35. Juramurodov I.J., Tojibaev K.Sh. Sennikov A.B., Makhmudjonov D.I. // The genus Hedysarum (Fabaceae; Hedysareae) in Uzbekistan // Plant Diversity of Central Asia. –2024. Vol. 3(1). P. 1–90.
  36. Karimov, B., Asatulloev, T., Buxorov, G. I., Turginov, O., Naralieva, N., Azimova, D., … & Yusupov, Z. (2024). Analysis of chloroplast genomes of ten central Asian Fritillaria species and their phylogenetic relationships. Nordic Journal of Botany, e04413.
  37. Ma, S.; Li, W.; Tojibaev, K.Sh.; Turginov, O.; Yang, W.; Ma, K. Regionwide and Nationwide Floristic Richness Reveal Vascular Plant Diversity in Central Asia. // Plants. – 2024. Vol. 13. P. 2275-2279.
  38. Makhmudjanov, D., Volis, S., Yusupov, Z., Juramurodov, I., Tojibaev, K., Deng, T., & Sun, H. Central Asia revealed as a key area in evolution of Eremurus (Asphodelaceae). Plant Diversity. – 2024. Vol. 46(3). Pp. 333-343.
  39. Min S. P., Nu R. N., Chang G. J., Gulomov R.and Tojibaev K. The complete chloroplast genome sequence of Phlomoides kirghisorum Adylov, Kamelin & Makhmedov 1987 (Lamiaceae), an endemic species of Fergana Valley. // Mitochondrial Dna Part B: Resources. – 2024. Vol. 9 (1). Pp. 104–108.
  40. Shukrullozoda R.Sh., Kadirov B.E., Khaydarov Kh.K., Dekhkonov D.B., Tojibaev K.Sh., Umurzakova Z.I., Shodiyeva O.M. Micropropagation of Wild Relatives of Cultivated Tulipa Species from Samarkand Region (Uzbekistan). // International Journal of Virology and Molecular Biology. – 2024. Vol.13(1). Pp. 1-7.
  41. Tajetdinova D.M., Ibragimov A.J., Ortikov E.A. Mapping of distribution of the species of Iris in Kuhitang botanical-geographical region (Uzbekistan) // Iranian Journal of Botany. – 2024. Vol. 30 (2).
  42. Verkhozina A. V. et al. Findings to the flora of Russia and adjacent countries: New national and regional vascular plant records, 2 // Botanica Pacifica. A journal of plant science and conservation. – 2024. – Т. 13(1). – С. 67-92.
  43. Yang Sh., Chen J., Li Z., Huang X, Zhang X., Liu Q.,Tojibaev K., Sun H. and Deng T. Comparative chloroplast genomes of Dactylicapnos species: insights into phylogenetic relationships. // BMC Plant Biology. – 2024. Vol. 24. P. 350-352.
  44. Zhao Y., Turginov O.T., Turdiboev O.A., Pulatov S.O., Chen Y.P. & Xiang C.L. New records of Lamiaceae from China and Uzbekistan // Adansonia. – 2024. – Т. 46. – №. 2. – С. 9-17.
  45. Zhao, Y., Chen, Y. P., Drew, B. T., Zhao, F., Almasi, M., Turginov, O. T., & Xiang, C. L. Molecular phylogeny and taxonomy of Phlomoides (Lamiaceae subfamily Lamioideae) in China: Insights from molecular and morphological data // Plant Diversity. – 2024. Vol. 46 (4). Pp.462-475.
  46. Алиева К. Б., Шералиев О. Х., Абдуллаев Ш. С., Уралов Р., Джолдошбеков А. Д., Усупбаев А. К., К. Ш. Тожибаев “Новые находки злаков для флоры Узбекистана и Кыргызстана” Turczaninowia 2024 (Nashr etish uchun qabul qilingan).
  47. Наджмиддинов А. Н., Гуломов Р. К.,. Батошов А. Р, Каримов Ф. И., Тожибаев К. Ш. “Euphorbia davidii (Euphorbiaceae) – новый инвазивный вид для флоры Средней Азии” Turczaninowia 2024. (Nashr etish uchun qabul qilingan).
  48. Alieva K.B., Peng Y., Usupbaev A., Tojibaev K.Sh., Yusupov Z., Ergashov I., Azimova D., Jiang Z. 2025. Synopsis of the genus Elymus (Poaceae) in Uzbekistan (Middle Asia) with a description of Elymus uzbekistanicus a new species from Turkestan Mts. // PhytoKeys. 257: 9–https://doi.org/10.3897/phytokeys.257.142950
  49. Cheng, J., Fu, Y., Meng, X., Tang, G., Li, L., Yusupov, Z., Tojibaev., K & Sun, M. 2025. Investigation of anti-inflammatory effect of essential oil extracted from Achillea alpina L. through multi-omics analysis in zebrafish tail fin amputation model // Journal of Ethnopharmacology. (Q1, IF=4.36)
  50. Dan-Hui Liu, Quan-Ru Liu, Komiljon Sh. Tojibaev, Alexander P. Sukhorukov, Hafiz Muhammad Wariss, Yue Zhao, Lei Yang, Wen-Jun Li. 2025. Phylogenomics provides new Insight into the phylogeny and diversification of Asian Lappula (Boraginaceae) // Molecular Phylogenetics and Evolution, https://doi.org/10.1016/j.ympev.2025.108361.
  51. Dariganga Munkhtulga, Shukherdorj Baasanmunkh, Zagarjav Tsegmed, Komiljon Sh. Tojibaev, Nudkhuu Nyamgerel, Hyeok Jae Choi. 2025. Morphological and phylogenetic analysis approach to three new species and a new section of Astragalus (Fabaceae) from Mongolia // PhytoKeys 255: 51–73. DOI: 10.3897/phytokeys.255.140805.
  52. Dekhkonov, D., Asatulloev, T., Yusupov, Z., Tojiboeva, U., Ergashov, I., Sun, W& Tojibaev, K. (2025. Comparative chloroplast genome and phylogenetic analysis of Central Asian tulips // Nordic Journal of Botany. P.1-13. https://www.researchgate.net/publication/389709921  (Q2, IF=1.1)
  53. Ergashov, I., Yusupov, Z., Dolatyari, A., Khorasani, M., Eker, I., Turdumatova, N., Lazkov, G., Sun, H., Deng, T., & Tojibaev, K. 2025. New insights into the molecular phylogeny and biogeographical history of Allium subgenus Melanocrommyum (Amaryllidaceae) based on plastome and nuclear sequences // Plant Diversity. P: 2-15. https://doi.org/10.1016/j.pld.2025.04.009 (Q1, IF=4.6)
  54. Juramurodov I., Uralov R., Makhmudov D., Lu Ch., Akbarov F., Pulatov S., Karimov B., Turginov O., Tojibaev K. 2025. Assessment of plant diversity the Surkhan-Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping // J Arid Land. 17(3): 394–410.
  55. Karimov B., Tojibaev Sh.K., Azimova D., Yusupov Z. and Liu L. 2025. Comparative analysis of complete chloroplast genomes of Cousinia (Asteraceae) species // Front. Plant Sci. (Q1, IF=4.5)
  56. Maxmudov Azizbek, Tojibaev Komiljon, Abduraimov Ozodbek, Mavlanov Bekzod, Allamurotov Akmal. 2025. The current state of natural resources Ferula tadshikorum Pimenov in Uzbekistan. Plant Sciences Today. https://doi.org/10.14719/pst.3710
  57. Nobis et al. 2025. New national and regional plant records: Contribution to the flora of the Old World countries // Acta Societatis Botanicorum Poloniae. Volume 94 / Article 202669
  58. Sulaymanov K., Mehta J., Madan A., Azimov A., Turginov O., Barot M., Jabborova D. 2025. Effect of different concentration of mineral fertilizers on growth and yield of Curcuma longa L. in Surkhandarya region, Uzbekistan // Annals of Phytomedicine 14(1): 1090-1098.
  59. Tugizova I., Chaudhary M., Matchanov A., Burxev F., Barot M., Turginov O., Dilfuza Jabborova D. 2025. Investigation of macro-micronutrients, flavonoids, and vitamins contents of Taraxacum officinale L. // Annals of Phytomedicine 14(1): 1151-1156.
  60. Tao Deng, Nan Lin, Xianhan Huang, Hengchang Wang, Changkyun Kim, Daigui Zhang, Weidong Zhu, Ziyoviddin Yusupov, Komiljon Sh. Tojibaev, Hang Sunю Phylogenetics of Mazaceae (Lamiales), with special reference to intrageneric relationships within Mazus // Taxon, Volume 68, Issue 5, pp. 1037-1047, 11 pp
  61. Tojibaev K.Sh., Hoshimov H.R., Gulomov R.R., Sheraliev O.K., Karimov F.I., Kor L., Batoshov A.R., Baasanmunkh S., Jang J.E., Jung J., Gil H.-Y., Choi H.J. 2025. Conservation priorities in Central Asia: the Shorsuv Massif IPA and its role in the Fergana Valley’s biodiversity. Front. Conserv. Sci. 6:1629529. doi: 10.3389/fcosc.2025.1629529
  62. Tojibaev K.Sh., Yusupov Z., Sennikov A.V., Ibragimov A., Ortikov E., Asatulloyev T. 2025. Iris anvarbekii (Iridaceae), a new species of I. subg. Scorpiris from the southern Pamir-Alay in Uzbekistan // Nordic Journal of Botany. doi:10.1002/njb.04860
  63. Turdiboyev O., Karimov B., Esemuratova R., Serekeeva G., Esankulov A., Turdiboyev Sh., Achilova N. 2025. Furkat Orunbayevich Khassanov 24 March 1959 – 20 October 2024 // Botanica Pacifica. A journal of plant science and conservation. DOI: 10.17581/bp.2025.14107
  64. Turdiev D.E., Beshko N.Yu., Selyutina I.Yu., Tojibaev K.Sh. 2025. Diversity and distribution patterns of species of the genus Oxytropis (Fabaceae) in Uzbekistan// Turczaninowia 28, 2: 202–235. https://www.doi.org/10.14258/turczaninowia.28.2.21 (Scopus Q2).
  65. Turginov O.T., Levichev I.G., Kurbaniyazova G.T., Karimov F.I., Yang L., Li W.J. 2025. A new white-flowered species of Gagea (Liliaceae) from the Fergana Valley, Uzbekistan and Kyrgyzstan // PhytoKeys 260: 139–152. DOI: 10.3897/phytokeys.260.151373
  66. Yan D., Zhang M., Song Y., Liu L., Begmatov N., Turginov O.T., Zhao, B., Yang H., Zou G. 2025. Chemical Constituents from Euphorbia esula // Plants. 14, 2822. https://doi.org/10.3390/plants14182822
  67. Yusupov Z., Turginov O., Karimov B., Buxorov Gʻ., Tojibaev K. 2025. Fritillaria yakutiae sp. nov. (Liliaceae) from Surkhandarya, Uzbekistan // Nordic Journal of Botany. https://doi.org/10.1002/njb.04813
  68. Герман Д.А., Турдиев Д. Э., Тургинов О.Т., Шералиев О.Х., Бешко Н.Ю. (2025). Дополнение к флоре Узбекистана// Turczaninowia 28(3): 182–190 https://www.doi.org/10.14258/turczaninowia.28.3.20
  69. Тажетдинова Д.М., Ибрагимов А.Ж., Каримов Б.К., Газиев А.Д. 2025. Новые находки сосудистых растений в Республике Узбекистан // Turczaninowia. 28, 2:193-201. https://www.doi.org/10.14258/turczaninowia

Monografiya, o’quv qo’llanma va tavsiyanomalar

  1. Сенников А.Н. ред. 2022. Флора Узбекистана, Том. IV. Издательство «Фан» АН РУз, Ташкент. XVIII 238 c.
  2. Сенников А.Н. (ред.) 2023. Флора Узбекистана, т. 5. Издательство «Фан» АН РУз, Ташкент. XIV 469 с.
  3. Сенников А.Н. (ред.) 2023. Флора Узбекистана, т. 6. Издательство «Маънавият», Ташкент. XIV 209 с.
  4. Даминова Н.Э., Тожибаев К.Ш. 2024. Фарғона водийси дендрофлораси. «Ziyo nashr-matbaa» 212 б.
  5. Tojibayev K.Sh. va boshq. 2024. O‘zbekiston florasi kadastri Surxondaryo viloyati. http://library.botany.uz:7070/book/1523
  6. Tojibaev K.Sh. et al. 2024. “Useful Plants of Uzbekistan” Series: “Flora of Surkhandarya Vol. I”. Korea Research Institute Bioscience and Biotechnology (in press).
  7. Makhmudjanov D.I., Tojibaev, K.Sh., Juramurodov I.J., Juraev Z.N., Deng, T., & Sun, H. (Eds.). (2025). The genus Eremurus of the world. Institute of Botany, UAS, “Fan” Publishing House

Laboratoriya xodimlari fotogalereyasi

logo