Laboratoriyaning yo’nalishi

1. O‘zbekiston arid mintaqalari o‘smliklar qoplamining zamonaviy holatini o’rganish, zamonaviy tasnifini tuzish, xaritalash / raqamlashtirish va geoaxborot tizimiga asoslangan yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
2. Respublikaning ma’muriy va geografik hududlari yaylovlarini inventarizatsiyalash, kadastrini tuzish, xaritalash / raqamlashtirish hamda yaylovlaridan barqaror foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
3. O‘zbekiston o‘simliklar qoplamida tarqalgan kamyob, muhofazatalab o‘simlik jamoalarini aniqlash, ularning zamonaviy holatini baholash va muhofoza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. “O‘zbekiston Yashil kitobi”ni chop etish uchun kamyob jamoalarning ocherklarini tayyorlash;
4. Iqlim o’zgarishi / cho’llanish ta’sirida o’simlik qoplamining dinamikasini baholash, iqlim o‘zgarishi ssenariylari fonida fitotsenoz komponentlari rivojlanishining kelajak tendentsiyalari modelini o’rganish va yo‘qolib ketishga moyil jamoalar holatini tasniflash;
5. Mavjud geobotanik qaydnomalarning elektron bazasini tuzish va O‘zbekiston florasining ekologik shkalasini ishlab chiqish.

Laboratoriyaning erishgan yutuqlari

2007-2011 yillarda “Janubi-G‘arbiy Qizilqum va Orolqum o’simliklar qoplamining transformatsiyasi va galoadaptatsiyasi xususiyatlari” mavzusi bo’yicha fundamental loyiha. Loyiha doirasida Janubi-G‘arbiy Qizilqum va Orolqum hududlarining fitotsenotik xilma-xilligi va transformatsiya xususiyatlari aniqlangan. Janubi-G‘arbiy Qizilqum o’simliklar qoplamida kechayotgan o’zgarishlarni aks ettiradigan “Ko’kchatog‘ o’simliklar qoplamining xaritasi” (M1:100000) tuzilgan, cho’llanish omillari (mexanizmlari) aniqlangan va o’simlik qoplamining payhonlanish darajasi va ko’lamini baholash kriteriyalari ishlab chiqilgan. Antropogen bosim sharoitida o’simliklarning senopopulyatsiyalari va individlarning yosh holatlarini Quljuqtog‘ ekspozitsiyasiga bog‘liq o’zgarishi aniqlangan. Turli o’simlik jamoalaridagi edifikator va dominant turlarning ekologo-biologik, fiziologik xususiyatlari hosildorlik bilan bog‘liq holda o’rganilgan, bu esa degradatsiyaga uchragan hududlarni yaxshilashning nazariy asosi hisoblanadi.
2012-2014 yillarda “Markaziy Qizilqum yaylov ekosistemalarining zamonaviy holatini baholash” mavzusidagi amaliy loyiha. Loyiha doirasida “Ko’kcha massivi yaylovlarining xaritasi” (M 1:200000) va unga izoh tuzilgan. Yaylov xillarining maydoni va mavsumiy hosildorligi aniqlangan, yaylov xillarining degradatsiya darajasi A, B, V indekslari bilan ko’rsatib berilgan. Xaritada jami 8 ta yaylov tipi va 18 ta kartografik birlik ajratilgan, ulardan 13 tasi yaylov xillari. 17 ta dominant yem-hashak turlarining biokimyoviy tarkibi aniqlangan. Ko’kcha massivining yaylov ekosistemalarida tarqalgan Lagochilus inebrians, Lagochilus gypsaceus, Juno hippolyti, Tulipa michaeliana va Tulipa lehmanniana kamyob turlari senopopulyatsiyalarining holati baholandi. Qizilqum cho’l stantsiyasida yem-hashak o’simliklarining bioekologik xususiyatlari o’rganilgan va 40 ta turdan 16 tasi katta hayotiy siklini davom ettirayotgani aniqlangan.
2015-2017 yillarda “Cho’llanish jarayonida Qizilqum qoldiq tog‘lari kamyob va yo’qolib borayotgan turlari senopopulyatsiyalarining holatini baholash” mavzusidagi amaliy loyiha. Loyiha doirasida Qizilqum qoldiq tog‘lari kamyob va yo’qolib borayotgan Iris hippolyti (Vved.) Kamelin, Astragalus kuldzhuktauense F.O. Khass., Shomuradov & Esankulov, A. holargyreus Bunge, A. centralis E. Sheld., Stipa aktauensis Roshev., Ferula kyzylkumica Korovin, Lepidium subcordatum Botsch. et Vved., Tulipa lehmanniana Merckl., T. borszczowii Regel, T. micheliana Hoog., Eremostachys eriolarynx Pazij et Vved., Scorzonera bungei Krasch. et Lipsch. lar 59 ta senotik populyatsiyalarining zamonaviy holati o’rganilgan. Ularning ontogenetik strukturasi va senopopulyatsiya tiplari aniqlangan. Tanlangan organizm va populyatsion belgilar asosida Qizilqumning kamyob turlari senopopulyatsiyalarining zamonaviy holati baholangan hamda senopopulyatsiyalarning vitalitet holatini aks ettiruvchi tarqalish xaritalari tuzilgan.
2016-2017 yillarda “Qashqadaryo viloyati kamyob va yo’qolib borayotgan yuksak o’simliklar va umurtqali hayvonlar kadastri” mavzusidagi amaliy loyiha. Ushbu loyiha doirasida ilk bor Qashqadaryo viloyati florasining 2023 turni o’z ichiga oluvchi 617 turkum va 103 oiladan iborat kadastr ro’yxati tuzilgan. Gerbariy namunalarining tanqidiy tahlili natijasida O’zbekiston florasi uchun quyidagi 12 yangi tur aniqlangan: Chenopodium urbicum L., Halimocnemis beresinii Iljin, Limonium chrysocomum (Kar. &Kir.) Kuntze, Rhodiola recticaulis Boriss., Erigeron andryaloides (DC.) Benth. ex C.B. Clarke. (Psychrogeton andryaloides (DC) Novopokr.), Cousinia pannosa C.Winkl, Pedicularis sarawschanica Regel, Scrophularia canescens Bong., Phlomoides baldschuanica (Regel) Adylov, Kamelin&Makhm., Scutellaria jodudiana B.Fedtsch., Scutellaria poecilantha Nevski ex Juz. i Alopecurus nepalensis Trin. ex Steud. Qashqadaryo viloyatidan O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 88 tur o’simlikning kadastr ro’yxati tuzilgan. Ulardan 39 tasi milliy endemiklar, 1 tur IUCNRedList kiritilgan va yana 1 tur CITES ga kiritilgan. Dianthus uzbekistanicus Lincz., Eremurus robustus (Regel) Regel, Salvia lilacinocoerulea Nevski., Allium jesdianum subsp. angustitepalum (Wendelbo) F.O. Khass. & R.M. Fritsch., Tulipa fosteriana W. Irving i Iris magnifica (Vved.) F.O. Khass. & Rakhimova turlari senopopulyatsiyalarining zamonaviy holati baholangan.
2018-2020 yillarda “Navoiy va Buxoro viloyatlarining kamyob va yo’qolib ketayotgan yuksak o’simliklari kadastri” mavzusidagi amaliy loyiha. Loyiha doirasida Navoiy viloyati yuksak o’simliklarining ro’yxati tuzilgan bo’lib, u 90 ta oila, 509 ta turkum va 1561 ta turni o’z ichiga olgan. Ushbu taksonlarning Navoiy viloyati bo’yicha botanik-geografik tarqalish rayonlari aniqlangan. Markaziy gerbariy ma’lumotlar bazasi va adabiyotlar tahlili asosida Qizil kitobga kiritilgan 43 ta o’simlik turining kadastr ro’yxati tuzilgan. Shundan 26 ta tur – milliy endemlardir. «Qizil kitob»ga kiritilgan turlar tarqalishining GIS xaritasi tuzilgan va 21 ta tur senopopulyatsiyasining ontogenetik strukturasi o’rganilgan. Mavjud va yangi yig‘ilgan materiallar tahlili asosida tadqiqot rayonining 205 ta nuqta yig‘indisidan iborat kamyob va yo’qolib borayotgan turlarning davlat kadastri shakli to’ldirilgan.
2017-2020 yillarda “Cho’llanish jarayonida Ustyurt o’simlik va hayvonot olami rivojlanishining zamonaviy tendentsiyasi” mavzusidagi fundamental loyiha. Loyiha doirasida iqlimning o’zgarishi va antropogen omillar ta’sirida Qoraqalpog‘iston Ustyurti o’simliklar jamoasining qayta qurish mexanizmlari aniqlangan. NMDS va Kernel density (f) tahlillari asosida o’simlik qoplamidagi transformatsiya jarayonida jamoalarning taqsimlanish xarakteri ko’rsatilgan hamda kelajakda o’rganilayotgan hudud o’simlik qoplamidagi o’zgarishlar baholangan. So’nggi yillarda Sharqiy chink mezofit jamoalardagi bioxilma-xillik indeksining kamayishi bilan polidominantlik indeksini ijobiy korrelyatsiyasi Orol dengizining qurishi kabi noqulay sharoit bilan bog‘liqligi aniqlangan. Neyron-regressiv va neyron-klaster tahlillar asosida Sharqiy chink jamoalarining tur tarkibida kserofit va galofit o’simliklar hissasining ko’payishi hamda kelajakda ularning progressiv tendentsiyasi (r2=0,03) asoslangan.
2021 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o’simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” davlat dasturi. Dasturning 2021 yilgi rejasi bo’yicha 7 mln gektarni tashkil etuvchi Qoraqalpog‘iston Ustyurtining 5 ta tip va 37 ta yaylov xillari o’z ichiga oluvchi zamonaviy tasnifi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi №914-son “Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” qarori (Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 7 ноября 2018 года № 914 “О ведении государственного учета, учета объемов использования и государственного кадастра объектов животного и растительного мира”) asosida respublikada birinchi marotaba Qoraqalpog‘iston Ustyurti yaylovlari misolida yaylovlarning kadastrini yuritish yo’lga qo’yildi. Unga ko’ra, 20 ta axborot bandlari asosida Qoraqalpog‘iston Ustyurtidagi 37 ta yaylov xillarining kadastri ishlab chiqildi. Qoraqalpoq Ustyurti hududida Poaeta bulbosa, Eremopyreta orientalis, Corydalieta schanginii, Calamagrostideta dubia, Medicageta sativae, Agropyreta fragile, Ephedreta distachya formatsiyalariga tegishli 25 ta kamyob jamoalar aniqlandi.
2022 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o’simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” davlat dasturi dasturi. Dasturning 2022 yilgi rejasi bo’yicha Qoraqalpoq Ustyurti Sharqiy chink o’simliklar qoplami va yaylovlarining hozirgi holati baholandi. Sharqiy chink hududida 13 yaylov tipiga tegishli 33 ta yaylov xillari aniqlandi va ularning kadastri ishlab chiqildi. Elektron-raqamli “Qoraqalpoq Ustyurti yaylovlari xaritasi” “Ustyurtning yaylov sig‘imi xaritasi” “Ustyurt yaylovlaridan mavsumiy foydalanish xaritasi”ni tuzildi. “Orol dengizi qurigan tubi yaylovlarining xaritasi”ga sanoat namunasi sifatida patent (UZ SAP 02340) olindi.
2023-2024 yillardagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” davlat dasturi. Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida Orolbo‘yining turli tabiiy-geografik hududlaridagi iqlim anomaliyalarining real diapazonlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi.
Masofadan zondlash orqali olingan va tahlil qilingan ma’lumotlarga asoslanib, turli tabiiy-hududiy majmualardagi o‘simlik jamoalarining zaifligini hisobga olgan holda ushbu ma’lumotlarning real o‘simlik qoplami ko‘rsatkichlari bilan mos kelishi darajasi baholandi.
Orolbo‘yi tabiiy-hududiy majmualari o‘simlik jamoalari tuzilishining vaqt va makonga bog‘liq o‘zgarish tendensiyalari aniqlandi.
Atrof-muhit omillari va yaylov mahsuldorligi o‘rtasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni tanqidiy tahlil qilish natijasida mavsumiy biomassaning shakllanishi Orolbo‘yi hududidagi iqlim va tuproq omillariga qay darajada bog‘liq ekanligi aniqlandi, ilk bor regressiya va faktor tahlillarini birlashtiruvchi struktural tenglamali modellashtirish (Structural Equation Modeling, SEM) ishlab chiqildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha o‘tgan asrning 40-yillaridan buyon qayd etilgan geobotanik ma’lumotlarni geomorfologik birliklar bo‘yicha tarqalishini hisobga olgan holda tizimlashtirish cho‘l hududlarini geobotanik rayonlashtirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon berdi.
Zamonaviy raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ilk bor nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida, tabiiy va yarim tabiiy ekotizimlar uchun ierarxik 4 pog‘onali tizimda yashash makonlarining tasnifi va uning raqamli xaritasi ishlab chiqildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining yaylov hududlari inventarizatsiya qilindi va yuqori aniqlikda topo-tipologik eksplikatsiya bilan ta’minlangan raqamli xaritalar ishlab chiqildi.
Yaylovlar bo‘yicha raqamlashgan vektor ma’lumotlarni yaratish va yaylov ma’lumotlarini qayta ishlashning noyob metodikasini joriy etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi yaylov resurslarining kadastr bazasini ishlab chiqish imkonini berdi. Ushbu baza kadastr obyekti, o‘simliklar xilma-xilligi, zootexnik baho, iqtisodiy baho, xo‘jalik-boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha yaylov resurslarini 21 ko‘rsatkich asosida ko‘p qirrali baholash tizimini o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi senoflora fondi yaratildi.
2025–2026 yillarda “Raqamli tabiat” dasturi doirasida Janubi-G‘arbiy Qizilqum yaylovlarining zamonaviy tasnifi ishlab chiqildi, ularning hosildorligi, mavsumiy foydalanish xususiyatlari va bonitet ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Tadqiqotlar davomida Qoraqalpoq Ustyurti va Shimoliy-G‘arbiy Qizilqum yaylovlarining iqlim o‘zgarishi ta’siriga beriluvchanligi baholanib, hosildorlikning pasayish xavfi ilmiy asosda ko‘rsatib berildi.
Geobotanik rayonlashtirishning yangi yondashuvlari ishlab chiqildi, hududlar bo‘yicha raqamli geobotanik ma’lumotlar bazasi boyitildi hamda yaylovlar kadastrini yuritish uchun raqamli platformani shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.
Yaratilgan ilmiy-amaliy ishlanmalar asosida 2025-2026 yillarda 4 ta sanoat namunasi patenti olindi: “Qarshi cho‘lining yaylovlari xaritasi” (SAP 2738), “Shimoli-G‘arbiy Qizilqum yaylovlari xaritasi” (SAP 2799), “Shimoli-G‘arbiy Qizilqum yaylovlarining sig‘imi xaritasi” (SAP 2809) hamda “Shimoli-G‘arbiy Qizilqum yaylovlaridan mavsumiy foydalanish xaritasi” (SAP 2846).

Laboratoriya xodimlari ro’yxati

bekzod

Adilov Bexzod Abdullaevich
b.f.d., katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri
E-mail. bekhzod_a@mail.ru

Toshxonim

Raximova Tashxanim
b.f.d., professor, yetakchi ilmiy xodim
E-mail: tashkhanimr@gmail.com

Nodira1

Raximova Nodira Kamiljonovna
b.f.d., yetakchi ilmiy xodim
E-mail:  nr.nodiraraximova@gmail.com

shaxnoza

Saribayeva Shaxnoza Usanovna
Katta ilmiy xodim
E-mail: shakhnozasaribaeva@gmail.com

Sadinov_Jasur

Sadinov Jasur Samandarovich
Kichik ilmiy xodim
E-mail: ssjasur@mail.ru

Polvonov_Farruh

Polvonov Farrux Ismoilovich
Kichik ilmiy xodim
E-mail: f.polvonov@bk.ru

Allabek

Mirzambetov Allabek Nokisbayevich
Kichik ilmiy xodim
E-mail:

Azamat

Sultamuratov Azamat Tenelbaevich
PhD doktorant
E-mail: as.azamatsultamuratov@gmail.com

Karlibayeva_Miyassar

Karlibayeva Miyassar Abdinasir qizi
Kichik ilmiy xodim
E-mail: karlibaevamiyassar@gmail.com

Shoxrux

Elamonov Shohruh Izzatilla o’g’li
Kichik ilmiy xodim
sh.elamonov2910@gmail.com

quvvatbek

Turdiyev Quvvatbek Sharofiddin ogʻli
Laborant
quvvatbek062@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

  1. 2005-2008 yillarda Cropping Systems Research Laboratory (Texas, SShA) bilan hamkorlikda “Qum stabilizasiyasi texnikasi tadqiqotlari (Research on sand stabilization techniques)“ mavzusidagi xalqaro loyiha bajarilgan.
  2. FA-F3-T155 «Janubi-g‘arbiy Qizilqum va Orolqum o‘simliklar qoplamining transformasiyasi va galoadaptasiyasi xususiyatlari» (2007-2011 yy.).
  3. A7-FA-0-16685 “Markaziy Qizilqum yaylov ekosistemalarining zamonaviy holatini baholash” (2012-2014 yy.).
  4. FA-A7-T005 “Cho‘llanish jarayonida Qizilqum qoldiq tog‘lari kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari senopopulyasiyalarining holatini baholash” (2015-2017 yy.).
  5. I3-2015-0829113236 “Qashqadaryo viloyati kamyob va yo‘qolib borayotgan yuksak o‘simliklar va umurtqali hayvonlar kadastri” (2016-2017 yy.)
  6. PZ-20170919165 “Navoiy va Buxoro viloyatlarining kamyob va yo‘qolib ketayotgan yuksak o‘simliklari kadastri” (2018-2020 yy.).
  7. F5-FA-0-13289 “Cho‘llanish jarayonida Ustyurt o‘simlik va hayvonot olami rivojlanishining zamonaviy tendensiyasi” (2017-2020 yy.).
  8. “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” dasturi (2020-2024 yy.).
  9. Orolbo‘yi hududidagi sho‘rlangan-ishqoriy erlarni ekologik boshqaruvi (Xitoy fanlar akademiyasi SHinjon ekologiya va geografiya instituti) (2020-2022).
  10. Fundamental loyiha F-FA-2021-450 “Gidroiqlim sharoitlarining global o‘zgarishi va antropogen transformatsiya fonida O‘zbekiston to‘qay o‘simliklar qoplamining shakllanish tarixi va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari” (2021-2025).
  11. “Raqamli tabiat” dasturi doirasida “Qurgʻoqchil tabiiy-geografik hududlarning ekologik axborotlashtirilgan senoflora fondini yaratish va yaylovlari kadastrining raqamli platformasini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot ishlari (2025-2029 yy.)
  12. AL-9224104436-sonli “Orol dengizi qurigan tubi yaylovlarining raqamli kadastrini ishlab chiqish” (2026-2027 yy.)

Laboratoriya xodimlarining ilmiy ishlari

  1. Abduraimov O., Shomurodov H., Abduraimov A. Distribution pattern and state of coenotic population of Tulipa Lehmanniana in Kyzylkum desert conditions (Uzbekistan) // American Journal of Plant Sciences, 2017. – № 8. – P. 288-296.
  2. Шомуродов Х.Ф., Абдураимов О.С.Онтогенетическая структура и оценка состояния ценотических популяций Tulipa borszczowii (Liliaceae) в Узбекистане // Ботанический журнал. – Санкт-Петербург, 2017. – Т. 102. – №8. – С. 1123-1136.
  3. Rakhimova Tashkhanim, Rakhimova Nodira, Shomurodov Khabibullo, Adilov Bekhzod, Sharipova Vasila.The current situation of coenopopulation of Lepidium subcordatum et Vved. (Brassicaceae) in relict mountains Kyzylkum (Uzbekistan) // American Journal of Plan Sciences, – № 13 (9), 2018. –Р. 2612-2625.
  4. Adilov B., Rakhimova T., Shomurodov Kh., Rakhimova N., Vokhidov Yu.Succession of the plant communities of the Ustyurt Eastern cliff (Republic of Uzbekistan) in connection with climate change // Journal of Environmental Protection, 2018, 9. – Р. 1408-1424.
  5. Ozodbek S. Abduraimov, Habibullo F. Shomurodov, Sultonkul A. Daniyarov.The Current State of Cenopopulation of Tulipa micheliana Hoog in Uzbekistan // American Journal of Plant Sciences, 2018, 9, 1725-1739.
  6. Khamraeva D.T., Beshko N.Yu., Abdullayeva A.T., Sharipova V.K. Structural investigation of the secretory system of some endemic and medicinal species of Apiaceae from Uzbekistan // The Iranian Journal of Botany. – 2018. – № 24 (1). – С. 52-64.
  7. Sharipova V.K.Comparative analysis the structure of the leaf Crataegus korolkowii (Rosaceae Juss.) сommon in two different environmental conditions // Journal of Novel Applied Sciences. – UAE. 2019. – Vol. 8. N 2. – P. 30-34.
  8. Rakhimova N.K., Rakhimova T., Sharipova V.K., Beshko N.Yu., Esanov Kh.K.Current state of coenopopulations of some rare species of the genus Calligonum (Polygonaceae) in the Bukhara region, Uzbekistan // Asia Life Sciences. – Philippinе, 2020. 29 (1). – P. 365-378.
  9. Эсанов Х.К., Шарипова В.К.Дополнение к флоре Бухарской области (Узбекистан). Turczaninowia 23, 1. – C. 126-128. DOI: 10.14258/turczaninowia.23.1.13 http://turczaninowia.asu.ru.
  10. Rajabov T., Ramsey D., Mardonov B., Nasirov M., Rakhimova T. &Valiev Sh.Sensitivity of Landsat 7&8-derived vegetation indices on semi-arid rangelands of southwestern Uzbekistan // Geocarto International. Published online: 11 Feb 2020. – P. 1-16. https://doi.org/10.1080/10106049.2020.1723715.
  11. Akopian J.A., Ghukasyan A.G., Shomurodov Kh.F., Adilov B.A.On some medicinal plants of Chenopodiaceae family in the floras of Armenia and Uzbekistan. // National Academy of Sciences of RA Electronic Journal of Natural Sciences, 2020. 1 (34). P. 12-17.
  12. Otso Ovaskainen, Evgeniy Meyke, Coong Lo, Gleb Tikhonov, Maria del Mar Delgado, Tomas Roslin, Eliezer Gurarie, Marina Abadonova, Ozodbek Abduraimov et al.Chronicles of nature calendar, a long-term and large-scale multitaxon database on phenology. Scientific data. (2020) 7:47 https://doi.org/10.1038/s41597-020-0376-z.
  13. Li W., Abduraimov O., Guan K., Feng Y.Pedicularis multicolor (Orobanchaceae), a new replacement name for the Pedicularis inconspicua. Phytotaxa (2020). 437 (2): 118–118.
  14. Ozodbek S. Abduraimov, Habibullo F. Shomurodov, Sultankul A. Daniyarov, Odilbek T. Mamatkasimov, Muxriddin I. Teshaev.Distribution and current state of rare and endangered Tulips (Liliaceae) arid zones of Uzbekistan // American Journal of Plant Sciences, 2020, 11, 736-744.
  15. Li W., Tojibaev K., Hisoriev H., Shomurodov Kh., Luo M., Feng Y., Ma K.Mapping Asia Plants: Current status of floristic information for Central Asian flora. Global Ecology and Conservation 24 (2020) https://doi. org/10.1016/j.gecco.2020.e01220.
  16. Ozodbek S. Abduraimov, Shomurodov H.F.,Daniyarov S.A., Abduraimov A. A. Ontogenetic Structure of Ceоnopopulations of Tulipa korolkowii Regel in Uzbekistan Journal of Botanical Research, Singapore Volume 02, Issue 04, October 2020 P.7-11
  17. Uktam E. Khujanazarov, Habibullo Shomuradov & Elena A. Afonina Modern condition of coenopopulation of Eremurus robustus Regel (Xanthorrhoeaceae) in Kashkadarya Basin, Uzbekistan. Asia Life Sciences. – Philippinе, 2019. 29 (1). – P. 681-686.
  18. Khujanazarov U.E, Habibullo Shomuradov, Sadinov J.S, Xidirova M.A.Modern Condition of Coenopopulation of Tulipa fosteriana W. Irving in Southern Part of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 2020, 11, 832-837.
  19. Xuehong Xu, Wenjun Li, Khabibullo F Shomurodov, Ozodbek Abduraimov, Shukui Niu.Thesium longiperianthium (Santalaceae), a new replacement name for  brevibracteatum P.C.Tam Biodiversity Data Journal 8: e59007 doi: 10.3897/BDJ.8.e59007
  20. Rakhimova T., Rakhimova N.K., Shomurodov Kh.F. & Abduraimov O.S. Ontogenetic structure of rare plant spesies on the Usturt Plateau in Uzbekistan. Arid ecosystems. Vol. 10. № 3. P. 238-243, 2020. DOIhttps://doi.org/10.1134/S2079096120030075
  21. Adilov B., Shomurodov Кh., Fan L., Kaihui L.I., Xuexi M.A., Yaoming L.I. Transformation of vegetative cover in the eastern chink of the Ustyurt Plateau as a consequence of the Aral Sea desiccation // Journal of Arid Land. https://doi.org/10.1007/s40333-020-0077-7 (accepted) (Springer 1.89, Scopus, IF 3.3).
  22. Adilov Bekzod, Shomurodov Habibullo, Fan Lianlian, Li Kaihui, Ma Xuexi, Li Yaoming. Transformation of vegetative cover on the Ustyurt Plateau of Central Asia as a consequence of the Aral Sea shrinkage. J Arid Land (2021) 13(1): 71–87. https://doi.org/10.1007/s40333-020-0077-7
  23. Kh.F. Shomurodov, O.S. Abduraimov and B.A. Adilov. Assessment of the State of Tulipa lehmanniana Mercklin Populations Under the Conditions of the Kyzylkum Desert. Arid Ecosystems, 2021, Vol. 11, No. 1, pp. 83–90.
  24. Habibullo F. Shomurodov, Shakhnoza U. Saribaeva, Ozodbek S. Abduraimov, Rizamat Sh. Khayitov, Asilbek F. Sayfullaev. The Current State of Iris Hippolyti’s (Vved.) Kamelin Population in Uzbekistan. Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 4, 2021, P. 6589-6597.
  25. Tashkhanim Rakhimova, Gulizebo B. Vaisova, Nodira K. Rakhimova, Anora Matkarimova. Phytocoenotic Distribution of Capparis spinosa L. (Capparaceae) Under Different Ecological Conditions in Uzbekistan. Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 6, 2021, Pages. 7882-7895
  26. Akbar Akhmedov, Ido Rog, Amit Bachar, Habibullo Shomurodov, Muhtor Nasirov, Tamir Klein. Higher risk for six endemic and endangered Lagochilus species in Central Asia under drying climate. Perspectives in Plant Ecology, Evolution and Systematics 48 (2021) 125586
  27. Adilov B.А., Shomurodov Kh.F., Polvonov F.I., Eshmuratov R.А., Tamambetova Sh. Changes in the Biomass of Vegetation in the Aral Sea Region // International Journal of Multidisciplinary Research and Analysis, 2021. Vol. 04. P. 676-683.
  28. Rakhimova N.K., Rakhimova T., Adilov B.A., Tamambetova Sh.B. and Polvonov F.I. Current condition of Crambe edentula Fisch.&C.A. Mey. ex Korsh. on the Ustyurt Plateau in Uzbekistan // Arid Ecosystems. Vol.11, No.4, pp. 377-382.
  29. Feruza U. Mustafina, Hayan Lee, Vasila K. Sharipova, Andosung Lee, Dae Wook Kim, Mi Na Choi, Jeong Won Jang, Yeong-Su Kim. Comparative fruit morphology and its systematic significance in Ferula (Apiaceae) species from different growth habitats // Flora.
  30. Shakhmurova G.A., Rakhmatov U.E. & Saidjanova U.Sh. A complex of entertaining tasks and exercises on Biology as one means of enhancing the cognitive skills of students // Asia Life Sciences 30(1 & 2): 87-97, 2021
  31. Pei-Liang Liu, Wei Shi, Jun Wen, Shomurodov Khabibullo, Borong Pan. A phyligeny of calligonum L. (Polygonaceae) yields challenges to current taxonomic classifications. Acta Botanica Brasilica. Doi:10.159/0102-33062020abb0116
  32. Shomurodov Kh, Rakhimova T., Adilob B., Beshko N. Current Status of Vegetation of the Dried Bottom of the Aral Sea. Biodiversity, Conservation and sustainability in Asia: Volume II: Prospects and Challenges in South and Middle Asia. 2021.
  33. Тожибаев К.Ш., Рахимова Т.Т., Хасанов Ф.О., Бешко Н.Ю., Рахимова Н.К. Институту ботаники Академии наук Республики Узбекистан 80 лет // Turczaninowia, 2021, 24 (2).
  34. Shomurodov Kh., Rakhimova T., Adilov B., Beshko N., Karimov F. and  Polvonov F. Current state of vegetation of the dried bottom of the Aral Sea. Environmental transformation and sustainable development in Asian region. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 629(2021) 012085 doi:10.1088/1755-1315/629/1/012085
  35. Khujanazarov U., Shomurodov H., Mirkhamidova P. and Alimova R., Current state of Cenopopulations Iris Magnifica Vved and  Tulipa  Fosteriana  W.Irving  in Uzbekistan. E3S Web of Conferences 244, 02027 (2021).
  36. Рахимова Н.К., Рахимова Т. Современное состояние чернобоялышево-биюргуновых пастбищ Каракалпакского Устюрта (Узбекистан) // Аридные экосистемы. Том 28, № 3 (92). 2022. – С. 62-68. DOI: 10.24412/1993-3916-2022-3-51-61 (Scopus CiteScore 1.1)
  37. Saitjanova U.Sh., Shomurodov Kh. F. The impact of changes in climatic factors of the Aktumsuk region on the formations of Medicageta sativae”// Plant science today. Special issue of «Climate Resilient Agriculture». Vol. 9 NO. sp3. (2022) DOI: https://doi.org/10.14719/pst.1862 (Scopus CiteScore 1.1)
  38. Sharipova V.K., Rakhimova T., Rakhimova N. K. Ecological state of some pasture differences of Haloxylon ammodendron of Karakalpak Ustyurt (Uzbekistan). E3S Web of Conferences, Yogyakarta, Indonesia, 2022. Vol. 361, 04028,  IConARD 2022. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202236104028  (Scopus CiteScore 0.8, WoS)
  39. Nodira K. Rakhimova, Tashkhanim Rakhimova, Jasur S. Sadinov. Сurrent state of Anabasis salsa pasture varieties in Karakalpak Ustyurt (Uzbekistan) due to Aral Sea drying // Plant sciences today. 2022; Vol.9(sp3):25-30. https://doi.org/10.14719/pst.1804 (Scopus CiteScore 1.1)
  40. Rakhimova N.K., Rakhimova T., Shomurodov H.F., Adilov B.A., Sharipova V.K., Saitjanova U.Sh., Khabibullaev B.Sh., Sadinov J.S., Polvonov F.I., Sultamuratov A.T. (2023) Assessment of the current state of rangelands in Karakalpak Ustyurt, Uzbekistan. Biodiversitas. 24 (7) P. 3835-3843. DOI: 10.13057/biodiv/d240722 (Scopus CiteScore=2.2)
  41. Rakhimova N.K., Rakhimova T., Shomurodov Kh.F., Sharipova V.K. (2023) The status of coenopopulations of Xylosalsola chiwensis (Popov) Akhani & Roalson and Scorzonera Bungei Krasch. & Lipsch. on the Ustyurt Plateau (Uzbekistan). Arid Ecosystems. 13 (2). P. 189-195. DOI:10.1134/S2079096123020117 (Scopus CiteScore=1.1; WOS IF=0.8)
  42. Rakhimova N.K., Shomurodov H.F., Sharipova V.K., Saitjanova U.Sh., Sadinov J.S. (2023) Using biodiversity indices to assess the current state of tugai vegetation of the Amu Darya River, Uzbekistan. Biodiversitas. 24 (1) P. 467-472. DOI: 10.13057/biodiv/d240153 (Scopus 2.2)
  43. Shahid S, Asad F, Hussain F, Yaseen T, Dilawar N, Ahmad I, Sharipova V. (2023). Effect of serine on growth and biochemical constituents of Zea mays L., Triticum aestivum L., and Abelmoschus esculentus L. under arsenic toxicity. Advancements in Life Sciences, 10 (3): 398-405. (Scopus CiteScore=1.3; WOS IF=1.6)
  44. Shomurodov Kh.F., Rakhimova N.K., Saitjanova U.Sh., and Zhao Zhenyong. The ecological-phytocenotic characteristics of Halocnemum strobilaceum (Pall.) Bieb. Grasslands on the Ustyurt plateau in Karakalpakstan. Arid ecosystems. Vol. 13. № 4. P. 507-517, 2023 DOI: 10.1134/S2079096123040145 (Q2)
  45. Rakhimova T., Rakhimova N.K., Sharipova V.K., Rakhimova N.K., Temirov E.E. Phytocoenotic Distribution of Hulthemia persica (Michx. ex C. Juss.) Bornm. (Rosaceae) Under Different Ecological Conditions in Uzbekistan. Plant Science Today, 2024, 11 (1), 626-633. https://doi.org/10.14719/pst.2533 (Scopus CiteScore=1.4)
  46. Sharipova V.K., Rakhimova N.K., Rakhimova T., Sadinov Zh. Current state of mixed-Calligonum (Calligonum L.) type of pastures in North-Western Kyzylkum (Uzbekistan) E3S Web of Conferences Volume 537 (2024) 03002. Ekaterinburg, Russia, April 24-26, 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453703002 SDEA-2024
  47. Rakhimova N., Shomurodov Kh., Rakhimova T., Sharipova V. Forage plants of Karakalpak Ustyurt (Uzbekistan) // E3S Web of Conferences Vol. 537, 10002. Ekaterinburg, Russia, April 24-26, 2024.
  48. Shomurodov Kh., Adilov B., Rudov A., Sharipova V., Abduraimov O., Khayitov R., Khabibullaev, B. Ecological aspects of distribution and population status assessment of Rhamnus erythroxyloides subsp. sintenisii (Rich.f) Mabb., a relict species in the Kyzylkum desert of Uzbekistan. Plants, 2024. 13 (22), 3154. https://doi.org/10.3390 (Scopus (Q1) CiteScore=6.5, WoS)
  49. Rakhimova T., Shomurodov Kh., Adilov B., Rakhimova N.K., Sharipova V.K. Current State of the Cenopopulation of Cynoglossum viridiflorum Pall. Ex. Lehm. in the Karakalpak Part of the Ustyurt Plateau (Uzbekistan). Arid Ecosystems, 2024, Vol. 14, No. 3, pp. 316-323. DOI: 10.1134/S2079096124700264.
  50. A.Y. Korolyuk, H.F. Shomurodov, B.S. Khabibullaev and Z.S. Sadinov Composition and Structure of Tugai: Communities in the Indication of Ecological Conditions in the Lower Amu Dar’ya. Contemporary Problems of Ecology, 2024, Vol. 17, No. 1, pp. 106–111. doi.org/10.1134/S1995425524010074 (WOS/Scopus, Q3).
  51. Khabibullaev B.S., Turdiboev O.A. Aleksandr Yakovlevich Butkov (1911–1981), the researcher of the flora of Uzbekistan // Botanicheskii Zhurnal. – 2024. – Vol. 109. – N. 4. – P. 412-416. doi: 10.31857/S0006813624040051 (WOS/Scopus, Q3).
  52. Адилов Б.А., Султамуратов А.Т., Полвонов Ф.И. Ландшафтная эволюция как фактор успешной колонизации растений на опустошённых территориях //Материалы XVII научного совещания географов Сибири и Дальнего Востока. – Иркутск: Изд-во Института географии им. В.Б. Сочавы СО РАН, 2024.  – С. 60-63.
  53. Каримов Ф.И., Адилов Б.А., Садинов Ж.С., Полвонов Ф.И., Бегжанова Г.Т. ГИС-моделирование устойчивости растительности к изменению климата в аридной зоне Средней Азии // Материалы XVII научного совещания географов Сибири и Дальнего Востока. – Иркутск: Изд-во Института географии им. В.Б. Сочавы СО РАН, 2024. -С. 29-34.
  54. A. Karlybaeva, Sh. Kh. Rakhimova, A. A. Azamatov, L. G. Mezhlumyan, M. T. Baltabaev, B. A. Adilov & N. D. Abdullaev. Amino-Acid Composition of Proteins from Xylosalsola richteri Growing in Northwestern Kyzylkum and Under Southern Aral-Sea Conditions. Chem Nat Compd 60, 1000–1002 (2024). https://doi.org/10.1007/s10600-024-04505-1.
  55. Adilov B., Shomurodov Kh., Rakhimova T., Sultamuratov A., Polvonov F., Begjanova G., Jabbarov Z., Wang L., Zhao Z. Vegetation colonization and biodiversity dynamics on the exposed Aral Sea bed: A 35-year investigation. Ecological Indicators. 2025. 177: 113789. https://doi.org/10.1016/j.ecolind.2025.113789 (Scopus Q1)
  56. Sharipova V.K., Rakhimova T., Rakhimova N.K., Shomurodov Kh.F., Adilov B.A., Sadinov Zh.S. The current state of white saxaul pastures in Northwestern Kyzylkum related to desertification. Arid Ecosystems. 2025. 31(3): 82–92. (Q3)
  57. Saribaeva Sh.U., Shomurodov Kh.F., Adilov B.A., Khabibullaev B.Sh., Sadinov J.S. Analysis of Glycyrrhiza glabra L. coenopopulations in the Amudarya River basin under global climate change. Plant Science Today. 2025. doi:10.14719/pst.3445

Monografiya, o‘quv qo‘llanma va tavsiyanomalar

  1. Ашурметов А.Т. Рахимова Т.Т. Рахимова А.Т. Хикматов Ш.Х. Экология.– Тошкент: Чинор ENK, 2008.-136 б.
  2. Рахимова Т.Т. Рахимова А.Т. Хикматов Ш.Х. Экология.– Тошкент: Ботаника АН РУз, 2011.-136 б.
  3. Красная книга Республики Узбекистан. –Тошкент, 2009.
  4. Рекомендации по технологии возделывания полыни беловатой (Artemisia leucodes Schrenk.), продуцирующей биологически активные терпеноиды, применяемые в медицинской практике, 2011.
  5. Флора Узбекистана, т. 1. – Ташкент: Навруз, 2017. – 173 с.
  6. Ценопопуляции редких и исчезающих видов растений останцовых низкогорий Кызылкума, 2018
  7. Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари биокимёси: ўқув қўлланма. – Тошкент: Наврўз, 2018.
  8. Рахимова Т., Шомуродов Х.Ф., Адилов Б.А., Рахимова Н.К., Майинов Ш.Қ., Воҳидов Ю.С. Ўзбекистон чўл яйловларининг ҳозирги ҳолати ва улардан оқилона фойдаланиш: монография. – Тошкент: Ботаника институти, 2018. – 178 б.
  9. Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби, I жилд: Ўсимликлар; Тошкент: “Chinor ENK” экологикноширлик компанияси, 2019. – 356 б.
  10. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф., Кодиров У.Х., Тургинов О.Т., Шарипова В.К. Кадастр флоры Узбекистана Кашкадарьинская область.–Ташкент: Издательство Фан, 2019. – 256 с.
  11. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф. с участием Абдураимова О.С., Адилова Б.А., Ахмедова А.К., РахимовойТ., Рахимовой Н.К., Сарибаевой Ш.У., Хайитова Р.Ш., Шариповой В.К. Кадастр флоры Узбекистана: Навоийская область. – Ташкент: Фан, 2019. – 216 с.
  12. Флора Узбекистана, т. 3. – Ташкент: Маънавият, 2019. – 201 с
  13. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф. с участием Абдураимова О.С., Адилова Б.А., Рахимовой Т., Рахимовой Н.К., Сарибаевой Ш.У., Хабибуллаева Б.Ш., Хайитова Р.Ш., Шариповой В.К., Эсанова Х.К. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область. – Ташкент: Фан, 2020. 160 с.
  14. Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Шомуродов Х.Ф. с участием: Абдураимова О.С., Адилова Б.А., Рахимовой Т., Рахимовой Н.К., Полвонова Ф.И., Сарибаевой Ш.У., Хабибуллаева Б.Ш., Хайитова Р.Ш., Шариповой В.К., Эсанова Х.К.. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область.- Ташкент: O‘qituvchi, 2020. – 128 с.
  15. Олонова М.В., Гудкова П.Д., Шомуродов Х.Ф., Адилов Б.А., Рахимова Н.К, Хабибуллаев Б.Ш., Полвонов Ф.И. Турларнинг биоиқлим моделини яратиш: амалий ишлар учун топшириқ ва уларнинг бажарилишига оид методик кўрсатма. – Тошкент: Ботаника институти, 2021. – 112 б.
  16. Шарипова В.К.. Структурная адаптация растений к аридным условиям произрастания: методическое руководство для проведения лабораторных занятий по ботанике в высших учебных заведениях. – Ташкент, 2021. – 66 с.
  17. Xo‘janazarov O‘.E., Mavlonov X., Sadinov J.S. BOTANIKA (o‘simliklar sistematikasi). – Toshkent: TDPU, 2021 yil. – 422 b.
  18. Alimova R.A., Mirxamidova P., Sagdiyev M.T., Adilov B.A. O‘simliklar biokimyosi. Darslik. – Toshkent: Navro‘z, 2021. – 400 b.
  19. A.Ahmedov, S.Burxonov, J.S. Sadinov, J.Qo‘nishev “Biologiya (Boshlang‘ich saboqlar)”. Darslik. OOO “Zamin-nashr”, 2021 yil. 264 bet.
  20. Shomurodov X.F., Raximova T., Adilov B.A., Raximova N.K., Sharipova V.Q., Habibullayev B.Sh. Polvonov F.I. Saitjanova U.Sh. Sadinov J.S. Кадастровые данные биюргуновых пастбищ  Каракалпакского Устюрта. Ma’lumotlar bazasi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № BGU 00680 02.07.2022 y.
  21. Shomurodov X.F., Raximova T., Adilov B.A., Raximova N.K., Sharipova V.Q., Habibullayev B.Sh., Sadinov J.S., Polvonov F.I., Saitjanova U.Sh. Тугайные леса Узбекистана. Ma’lumotlar bazasi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № BGU 00737 23.08.2022 y.
  22. Sharipova V.Q., Shomurodov X.F., Raximova T., Adilov B.A., Raximova N.K., Habibullayev B.Sh., Polvonov F.I. Saitjanova U.Sh., Sadinov J.S., Sultamuratov A.T., Kairbayev A.Sh. Orol dengizi qurigan tubining o‘simliklar qoplami va florasi. Ma’lumotlar bazasi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № BGU 00978. 07.03.2023 y.
  23. Toderich, Kristina & Matsuo, Naoko & Khujanazarov, Temur & Shomuradov, Khabibullo & Yamanaka, Norikazu & Tanaka, Kenji & Nishonov, Bakhriddin & Adilov, Bekhzod & Kholmatjanov, Bakhtiyar. (2024). Halophytes of the Aralkum Saline Desert.
  24. Adilov B., Shomurodov Kh., Rakhimova T., Sultamuratov A., Polvonov F., Begjanova G., Jabbarov Z., Wang L., Zhao Z. Vegetation colonization and biodiversity dynamics on the exposed Aral Sea bed: A 35-year investigation. Ecological Indicators. 2025. 177: 113789. https://doi.org/10.1016/j.ecolind.2025.113789 (Scopus Q1)
  25. Sharipova V.K., Rakhimova T., Rakhimova N.K., Shomurodov Kh.F., Adilov B.A., Sadinov Zh.S. The current state of white saxaul pastures in Northwestern Kyzylkum related to desertification. Arid Ecosystems. 2025. 31(3): 82–92. (Q3)shkent: Voris nashriyot, 2026.-398 b.
  26. Saribaeva Sh.U., Shomurodov Kh.F., Adilov B.A., Khabibullaev B.Sh., Sadinov J.S. Analysis of Glycyrrhiza glabra L. coenopopulations in the Amudarya River basin under global climate change. Plant Science Today. 2025. doi:10.14719/pst.3445

Laboratoriya xodimlari fotogalereyasi