Molekulyar filogeneya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining MRB-AN-2019-30-sonli “DNK shtrix kodlash texnologiyasidan foydalangan holda Belarus va O’zbekistondagi kamyob yo’qolib borayotgan o’simliklarni genetik inventarizatsiyasi” loyihasida  belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun Qurama va Chotqol to’g’ tizmalarida amalga oshirilgan ilmiy ekspeditsiyasi.

Ekspeditsiya a’zolari: akademik Tojibaev K.Sh. (uchinchi chaptan), ilmiy xodimlar (chaptan o’nga): Dehqonov D.B., Jo’ramurodov I.J., Maxmudjanov D.I., Ortiqov E.A., haydovchi Mirhosilov M.M.

2020 yil 29-31 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojibaev boshchiligida Toshkent viloyatining Angren va Ohangaron tumanlari hududidagi Qurama va Chotqol to’g’ tizmalarida joylashgan Objuvoz, Saritashsoy, Naugarzan, Maylikatan, Alatanga va Karabau soylariga ilmiy ekspeditsiya uyushtirishdi.

2

Qurama va Chotqol tizmalarining dala tadqiqotlari amalga oshirilgan qismi (gerbariy yig’ilgan hududlar qizil nuqtalar bilan belgilangan)

Shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekiston uchun endem va O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan bir nechta turlarning tarqalish hudulari o’rganildi.

3

Paeonia hybrida Pall.

4

Salvia tianschanica Makhm.

Tadqiqot davomida TASH bazasi uchun 300 turga tegishli 600 dan ortiq gerbariy na’munalari tayyorlandi va har bir na’munadan molekulyar tadqiqotlar uchun DNK materiallari olindi.

5

Gerbariy tayyorlash jarayoni

Mazkur material Molekulyar filogeneya va biogeografiya
laboratoriyasi ilmiy xodimlari томонидан тайёрланди