Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining MRB-AN-2019-30-sonli “DNK shtrix kodlash texnologiyasidan foydalangan holda Belarusiya va O‘zbekistondagi kamyob yo‘qolib borayotgan o‘simliklarni genetik inventarizasiyasi” loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining №23/2020 sonli “O‘zbekistondagi noyob, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan va endemik o‘simlik turlarinining DNK barkodini yaratish va sertifikatlash” loyihalarida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 16 – 20 iyul kunlari Arashan ko’li atrofi hamda Arashan daryosi atroflarida olib borilgan ilmiy ekspeditsiyasi.

Ekspeditsiya a’zolari: Gaziyev A.D., Dehqonov D.B., Jo’ramurodov I.J.

karta

Chotqol tizmasining dala tadqiqotlari amalga oshirilgan qismi (gerbariy yig’ilgan hududlar qizil nuqtalar bilan belgilangan).

Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining uyishtirgan dala tadqiqotlari davomida 50 dan ortiq turdagi o’simliklarning 110 ta gerbariy namunalari terildi va har bir na’munadan molekulyar tadqiqotlar uchun DNK materiallari olindi. Shu bilan bir qatorda hududda tarqalgan endemik hamda O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan va boshqa turdagi o’simliklarning tarqalish areallari o’rganilib, GPS kordinatalari aniqlandi.

1

2

3

4

5

Mazkur material “Molekulyar filogeniya va biogeografiya”
laboratoriyasi xodimlari tomonidan tayyorlandi