Qadrli do’stlar mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, bugun O’zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika Instituti xodimlari va Xitoy fanlar Akademiyasi Kunming Botanika Instituti hodimlari tomonidan orziqib kutilgan katta hajmli ilmiy ish “Jizzah hududining florasi” chop qilindi. Ushbu kitob to’liq ingliz tilida chop qilingan bo’lib, 523 betdan iborat. Kitobda Jizzah florasi hududida tarqalgan 105 oilaga mansub 613 turkum, 1965 turga oid qisqacha ma’lumot va rasmli illustratsiyalar berilgan. Bu qariyb 20 yildan oshiq ilmiy mehnatning samarasi hisoblandi. Ushbu loyiha O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika Institutining direktori akademik Komiljon Tojibaev va Kamyob o’simlik turlarini kadastri va monitoring laboratoriyasi mudirasi Natlya Beshkoning sayi harakatlarinig mevasidir.

3