O‘zR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi xodimlari 2021 yil 14-26 may kunlari Ustyurt platosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga  ilmiy ekspeditsiya uyushtirdi.

       Ustyurt platosi Orol va Kaspiy dengizlari orasida joylashgan bo‘lib Markaziy Osiyoning g‘arbiy qismidagi o‘ziga xos o‘simliklar qoplamiga ega bo‘lgan botanik-geografik rayon hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 20 million gektarni tashkil etadi. Ustyurt platosi hududining taxminan 35 foizi (7 million gektar) O‘zbekiston Respublikasi (Qoraqalpog‘iston Ustyurti) hududida joylashgan. Ustyurt platosi ikki xil tabiiy zonalar – shimoliy va janubiy cho‘llarning tutashgan qismida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos tabiiy sharoitlar, landshaftlar, o‘simliklar qoplami bilan xarakterlanadi. Hududda tarqalgan o‘simliklar jamoasi Shimoliy Ustyurt va Janubiy Ustyurt o‘simliklari qoplamiga bo‘lib o‘rganiladi.

karta

Ekspeditsiya marshruiti

        Ustyurt platosiga uyushtirilgan navbatdagi ilmiy ekspeditsiya 2020-2024 yillarda “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” dasturi bo‘yicha dala tadqiqotlarini o’tkazish uchun tashkil etildi. Ekspeditsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining Qo‘ng‘irot bo‘limi va Qoraqalpog‘iston davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika instituti xodimlari ishtirokida amalga oshirildi.

         Ilmiy ekspeditsiya davomida Qoraqalpog‘iston Ustyurtining  shimoliy qismi va Sharqiy chinkdagi yaylovlarning holati quyidagi geografik punktlarda o‘rganildi: Karaumbet, Urga, Adjibay, Akbulak, Ulkentumsuk, Kabanbay, Karakuduk, Korganshakala, Kassarma, Djedibulak, Duana, Risbay, Churuk, Beleuli, Kosbulak, Kartpaykum, Barsakelmes. Shu bilan birga yaylov xillari kadastrini ishlab chiqish uchun tegishli maʼlumotlar olindi, yaylov xillarining mavsumiy hosildorligi aniqlandi, Sharqiy chinkning yirik masshtabli yaylov xaritasini tuzish uchun korrektirovka maʼlumotlari yigʼildi, hududdagi OʼzR “Qizil kitobi”ga kiritilgan turlarning hozirgi holati o‘rganildi.

 1

Dominant  turlarning bahorgi hosildorligi aniqlanmoqda. (Karaumbet)

2

Yaylov xillarining holati o’rganilmoqda. (Ulkentumsuk hududi)

3

Sharqiy chink devor oraliqlarida saqlanib qolgan dorivor Cynoglossum viridiflorum Pall. ex Lehm.  populyatsiyasi holati tahlil qilinmoqda. (Korganshakala)

4

Orol dengizi suvining sho’rlanish darajasini o’lchash (100 millilitr suvda 12 gramm NaCl tuzi erigan.)

5

Saksovulzor (Haloxylon aphyllum (Minkw.) Iljin) Churuk qudug’i hududi (Qoraqalpoq Ustyurtining shimolida).

Hududning kamyob o’simliklari

6

Kamyob, relikt tur Salsola chiwensis Popov. (Barsakelmes hududi)

7

Kamyob, relikt tur Malacocarpus crithmifolius (Retz.) C.A. Mey.

8

Calamagrostis dubia Bunge. Iqlim o’zgarishi natijasida bu turlarning populyatsiyasi kamayib bormoqda (Kassarma hududi).

9

Tulipa biflora Pall. Sharqiy chink (Kassarma hududi)

 Sharqiy chink landshaftlari 

10

Sudoche ko’li qamishzorlari

11

Saygachiy qo‘riqxonasi chegarasi.

12

Sharqiy chinkdagi terrasalar (Djedibulak)

13

Ekspeditsiya lageri (Aktumsuk)

14

Orol dengizi qurigan tubidagi ekspeditsiya lageri (Duana)

15

Ekspeditsiya a’zolari (Barsakelmes sho’rxokligi)

Mazkur material Geobotanika laboratoriyasi
xodimlari tomonidan tayyorlandi