Joriy yilning 26 may sanasida Qarshi davlat universitetida “O‘zbekiston o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va biologik xujjatlashtirishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminarda O‘zRFA Botanika instituti “O‘zbekiston florasi” laboratoriyasi mudiri, b.f.d., akademik Komiljon Sharofitdinovich Tojibaev, O‘zR FA Botanika instituti direktor o‘rinbosari b.f.d Karimov Farxod, Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Dastavval Botanika kafedrasi mudiri, b.f.d., prof. Yoziev Lutfullo Habibullaevich dunyo olimlari tomonidan zamonaviy Botanika sohasida qilinayotgan yangiliklar va O‘zbekiston florasini tadqiq qilish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va tadqiqot natijalarining ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi va “O‘zbekiston o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va biologik xujjatlashtirishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy seminarning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng O‘zRFA Botanika institutidan tashrif buyurgan botanika sohaning eng tajribali olimlaridan biri akademik Komiljon Sharofitdinovich Tojibaev tomonidan, O‘zbekistonda o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va biologik xujjatlashtirishning yangi yo‘nalishlari mavzusida ma’ruza qilindi. Unda to‘r tizimli xaritalar – grid mapping yo‘nalishida butun respublikada amalga oshirilgan va xozirda bajarilayotgan ilmiy izlanishlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirdilar. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida ham dastlabki ilmiy izlanishlar boshlanganligini takidlab o‘tdilar.

Ilmiy seminar qizg‘in muhokamalar va savol javoblar bilan o‘tdi.

