Andijon shahrida bo’lib o’tayotgan “Farg’ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlashning hozirgi zamon muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Botanika instituti ilmiy xodimlari b.f.d., akademik K.Sh. Tojibaev, b.f.d. F.I. Karimov, PhD O.T. Turginov ishtirok etishmoqda. Xususan, b.f.d., akademik K.Sh. Tojibaev “O’zbekiston florasini to’r tizimli xaritalash: dastlabki natijalar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida taqdimot qildilar. Taqdimotda O’zbekiston florasini to’r tizimli xaritalashning ahamiyati, hozirga qadar erishilgan yutuqlar, kelgusida butun O’zbekiston respublikasni to’r tizimli xaritalashning o’ziga xos jihatlari to’g’risida konferensiya qatnashchilari uchun batafsil ma’lumotlar berdilar.

 

2

Konferensiya jarayonidan lavhalar

 

3

Konferensiya jarayonidan lavhalar