O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi va Xitoy Fanlar Аkademiyasining Sinszyan Ekologiya va geografiya instituti hamkorligida 2022 yil 16 dekabrda Nukus shahrida “Yashil Orol dengiziga yo‘l: Innovatsiya va hamkorlik – Yosh olimlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish va “yashil” ilmiy-tadqiqot va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan forumda Geobotanika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi F.I. Polvonov “Impact of climate change to plants of around of Aral sea and vegetation cover and methods to protect it” mavzusidagi ilmiy maruzasi bilan qatnashdi.

F.I. Polvonov tomonidan iqlim o‘zgarishini Orol va Orolbo‘yi o‘simliklar qoplamiga taʼsiri va ularni muhofaza qilish yo‘llarini ishlab chiqish va ekologik vaziyatni yumshatishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Orol dengizi qurigan tubi kamyob o‘simlik turlari, hamda noyob o‘simlik jamoalari haqida, ularni xaritalash, inventarizatsiya qilish, monitoring ishlarini olib borish to‘g‘risida fikr almashildi. Vazirliklar, qo‘mitalar, OTM, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlarning vakillari tomonidan berilgan savollar muhokama qilindi.

 

2

F.I. Polvonov “Impact of climate change to plants of around of Aral sea and vegetation cover and methods to protect it”.

 

3

Taqdimot bo‘yicha vazirlik va qo‘mitalar, OTM, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlarning vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.