Navro‘z – yurtimizda keng nishonlanadigan asosiy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Har yilgi an’anaga ko‘ra, O‘zR FA Botanika institutida ham Navro‘z bayrami nishonlandi. Bayram munosabati bilan doshqozonda sumalak va osh tayyorlanib jamoaga tarqatildi.

Navro‘z hamjihatlik va mehr-oqibat ayyomi hamdir. Bayram arafasida keksalar, bemorlar holidan xabar olish kabi odatlarimiz bor. Botanika institutida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib botanika ilmining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan ko‘plab mehnat faxriylari holidan xabar olindi, sovg‘alar berildi.

K.i.x. A. Sharipova Mikologiya va algologiya laboratoriyasida uzoq yillar faoliyat yuritgan.

B.f.n. L.N. Alekseyeva O‘simliklar fizilogiyasi va bioximiyasi laboratoriyasida cho‘l o‘simliklarining fiziologiyasini o‘rgangan.

K.i.x. L.F. Streltsova Efir moyli va dorivor o‘simliklar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazgan.

B.f.d. X.O. Berdiqulov Biotexnologiya laboratoriyasida suvo‘tlarning ekologiyasi va ularning fiziologik-bioximik xususiyatlarini o‘rgangan.

B.f.n. Sh. Kamalov – Geobotanika laboratoriyasida arid mintaqasi o‘simliklar qoplami va tabiiy yaylovlarni o‘rgangan geobotanik olim.

B.f.d., sistematik – M. To‘laganova xonadoni.

B.f.n. R.N. Nig‘manova O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi laboratoriyasida cho‘l o‘simliklarining strukturaviy moslanish xususiyatlarini o‘rgangan.
Shuningdek, bayram arafasida institut hovlisida obodanlashtirish tadbiri ham tashkil etildi. Hovlidagi yuzlab daraxt va butalarga shakl berilib, ohaklandi. Institut hovlisi, tajriba maydonchasi, ariqchalar va suv yo‘llari tozalandi.



