Botanika instituti hamda Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan yashil maydonlarni kengaytirish tadbirlari davom etyapti: “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida Toshkent shahridagi 178, 544 Maktabgacha ta’lim muassasalariga, 3-sonli umumta’lim maktabiga, Zakovat MFYda joylashgan Farovon hayot ko‘chasi va klinika maydoniga, Namangan viloyatidagi 22-davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabi hududlariga Toshkent botanika bog‘ida yetishtirilgan shumtolbarg zarang (Acer negundo), go‘zal katalpa (Catalpa speciosa) kabi 500 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Yunusobod tumanidagi 544-Maktabgacha ta’lim muassasasi

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Zakovat MFYda joylashgan Farovon hayot ko‘chasi yo‘l chetiga ekilgan ko‘chatlar

Toshkent shahar Yangi hayot tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabi hududi

