Joriy yilning 30 may sanasida Ozarbayjon Ilm va Ta’lim vazirligi Botanika institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti bilan o’zaro “O‘zbekiston va Ozarbayjon florasini o‘rganish” sohasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida xalqaro ilmiy loyihalarni shakllantirish, mutaxasislar malakasini oshirish va tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar ko‘zda tutilgan.



