O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimlari va Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika kafedrasi dotsenti b.f.n. A.J. Ibragimov hamda fakultet iqtidorli talabalar bilan hamkorlikda Botanika institutining “Janubi-G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panjoldi viloyatlari florasining to‘r tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati qismi)” davlat dasturi doirasida 2023-yil bahor va yoz oylarida Ko‘hitang botanik-geografik rayoni hududida dala tadqiqotlarini amalga oshirildi.

Dastur doirasida hudud florasini to‘r tizimli xaritalash, kamyob va endem o‘simliklarni yangi tarqalish maydonlarini o‘rganish, “Qizil Kitob”ning navbatdagi yangi nashrini tayyorlash uchun ma’lumotlar to‘plash kabi vazifalar belgilab olindi.

Dala tadqiqotlari davomida hududni 74 ta indeksida dala tadqiqotlari amalga oshirilib, 100 ga yaqin dala qaydnomalari to‘ldirildi. Botanika institutining noyob ilmiy obyekti-TASH Markaziy gerbariy fondiga Ko‘hitang botanik-geografik rayonidan 6000 dan ortiq gerbariylar yig’ildi.

 

Dala tadqiqotlar davomida quyidagi vazifalar bajarildi:

  • Ko‘hitang botanik-geografik rayonida turlar soni va yig’malar zichligi kam bo‘lgan indekslardan 60 dan ortig’ida tadqiqot ishlari olib borildi;
  • Kamyob va “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar populyatsiyasiga xavf soluvchi omillar baholandi;
  • DNK uchun namunalar, o‘simlik urug‘lari va tirik o‘simlik namunalari olindi;
  • Surxondaryo viloyati florasining kadastrini tuzish uchun o‘rganilayotgan hududlardan 6000 dan ortiq gerbariy materiallari yig‘ib olindi;
  • Ekspeditsiya davomida Surxondaryo viloyatida o‘suvchi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning yangi populyatsiyalari topildi. Jumladan Acanthophyllum gypsophiloides Regel, Allium giganteum Regel, Salvia lilacinocoerulea Nevski, Astragalus willisii Popov turlari uchun yangi o‘sish nuqtalari topildi;
  • Shuningdek, dala tadqiqotlari mobaynida “Qizil kitob”ga kiritilgan Acanthophyllum gypsophiloides Regel, Allium giganteum Regel, Astragalus terrae-rubrae Butkov, Astragalus willisii Popov, Chesneya tribuloides Nevski, Cicer grande (Popov) Korotkova, Eremurus luteus Baker, Hedysarum magnificum Kudr., Iris svetlanae () F.O.Khass, Salvia lilacinocoerulea Nevski, Tulipa korolkowii Regel, Tulipa micheliana Hoog, Zygophyllum bucharicum B.Fedtsch., Anemone baissunensis Juz. ex Sharipova, Oxytropis pseudoleptophysa Boriss., kabi turlarning fotorasmlari olindi.

1

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 3,

Anemone baissunensis Juz. ex Sharipova o‘simligi (Zarabog’ qishlog’i)

2

Ko‘hitang botanik-geografik rayoni dala tadqiqotlarida qatnashayotgan Xomkonlik yigitlar (Qamchinbuloq qishlog’i)

3

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 3,  Acanthophyllum gypsophiloides Regel o‘simligini yangi tarqalish nuqtasi (S189, S190 indekslari Xomkon qishlog’i)

4

O‘zR FA Botanika instituti va TerDU dots.Ibragimov A.J. shogirdlari bilan Bog’ildara massivida Ferula L. turini aniqlash jarayonida

5

K.i.x. Karimov B.Q. Suvsiztog’ tog’larida gerbariy materiallarini tayyorlash jarayonida (Alyamli massivi)

6

TerDU Tabiiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalaridan Bekmuradov M. bilan gerbariy tayyorlash jarayoni (Sherobod shahar g’arbi)

7

Botanika instituti kichik ilmiy xodimlari Turdiboyev O.A. (PhD), Karimov B.Q. va O’zMU 2-bosqich tayanch doktoranti Uralov R.A. tomonidan gerbariylarni ishlash jarayoni (Termiz shahri)

8

Florani tadqiq etish jarayonida fauna dunyosi vakillari ham fotoapparat obyektiviga muhrlandi (Sherobod shahar g’arbi, h=400 m)

9

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 3, tor tarqalish areali va o‘ziga xos tuproqlarda o‘suvchi, soni kamayib ketayotgan Astragalus terrae-rubrae Butkov o‘simligi (Sho‘rob va Oqnazar qishlog’i orasi,  M39 yo‘li atrofi)

10

Surxon davlat qo‘riqxonasi, Kampirtepa bo‘limi Zaharli massivi h=2500 m

11

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kiritilgan, maqomi 1, tor tarqalish areali va dengiz sathidan 2500 m yuqorida o‘suvchi,. Cicer grande (Popov) Korotkova o‘simligi

12

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 1, tor tarqalish areali va Ko‘hitang endemi Salvia lilacinocourelia Nevski o‘simligi (Xo‘ja bulog’i, Xo‘jaksar massivi)

23

Surxon davlat qo’riqxonasi, Xo’janqo bo’limi, Sopaniqo’ton massivi, Allium populyatsiyasi

13

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 3, tor tarqalish areali va o‘ziga xos tuproqlarda o‘suvchi  Hedysarum magnificum Kudr. o‘simligi (V190 indeksi, Alyamli massivi)


 

14 15

k.i.x. Karimov B.Q. yig’ib kelingan gerbariy materiallari bilan ishlash jarayonida (Toshkent, Botanika instituti)

16

k.i.x. Karimov B.Q. tomonidan Ko‘hitang botanik-geografik rayoni to‘r tizimli xaritasida dala tadqiqotlari olib borgan hududlar (rangga bo‘yalgan)

17

Surxon davlat qo‘riqxonasi Xatak bo‘limi (Sherobod tumani Xatak qishlog’i)

18

Aholi yashash punkti- Maydon qishlog’ini ko’rinishi

19

Kelif-Sherobod tog’lari

20

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kiritilgan Chesneya tribuloides Nevski o‘simligi (Kelif-Sherobod tog’lari, Chilonzor qishlog’i)

21

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”iga kirgan, maqomi 2, Ko‘hitang endemi Astragalus willisi Popov o‘simligi populyatsiyasi (Surxon davlat qo‘riqxonasi, Shalqon bo‘limi)

22

Tadqiqot hududi-Suvsiztog’, Ilallik darasiga kirish qismi, Sayrob qishlog’i,

24

Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xo‘janqo bo‘limi, Sopaniqo‘ton massivi, Allium populyatsiyasi

 

Ko‘hitang botanik-geografik rayonidagi, dengiz sathidan 1800 m balandlikdagi Qonbeshko‘l (Xomkon, Qonbeshko‘l Ota) ko‘li, Suvsiztog’, (Xomkon qishlog’idan 5 km shimolda)

 

 

Ushbu tadqiqot ishi materiallari O‘zbekiston florasi laboratoriyasi

kichik ilmiy xodimi Karimov Baxtiyor Qurbon o‘g’li tomonidan tayyorlandi