O‘zR FA Botanika instituti olimlari tomonidan yaratilgan “Ethnobiology of Uzbekistan” (“O‘zbekiston etnobiologiyasi”) monografiyasi Springer nashriyoti tomonidan 2 jildda chop etilgan, ikki jildi 1513 sahifadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston xalq tabobati tadqiqotlarining turli jihatlariga bag‘ishlangan. Kitobda O‘zbekiston to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, shu jumladan, fizik-geografik xususiyatlari, etnografiyasi, o‘simlik qoplami va hozirgi vaqtdagi ekologik muammolari keltirilgan. Monografiyaning asosiy qismi 163 turdagi dorivor o‘simliklar, 16 turdagi hayvon va 52 turdagi zamburug’larni dorivor vositalari sifatida qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarga bag‘ishlangan. Bir nechta tildagi ob’ektlarning nomlari, biologik ta’rifi, ekologiyasi, tarqalish geografiyasi va o‘simliklar va zamburug’larning kimyoviy tarkibi keltiriladi. Kitobda ko‘p sonli mualliflik fotosuratlari va foydalangan adabiyotlarning ro‘yxati keltirilgan. (https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-031-23031-8)1