Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansiga a’zo tashkilotlar orasida ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, 2020 yil 25 martdagi Botanika instituti va Xitoy fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti (Xitoy) bilan “Respublikamizda mikologiya sohasini rivojlantirish va kadrlar tayorlash, malakasini oshirishni yo’lga quyish” hamda 2021 yil 1 yanvardagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish agentligi (Tailand) bilan “Zamburug‘lar biotexnologiyasi va biologik resurslaridan oqilona foydalanish” bo’yicha hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish maqsadida qo‘shma memorandumlar tuzilgan.

Institutlar orasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (O‘zbekiston), Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti (Xitoy), Fan va texnologiyalarni rivojlantirish milliy agentligi (Tailand) va Filippin Los Banos universiteti (Filippin) larining “Osiyoda makkajo‘xori zang kasalligini tarqalishi va patogenlik o‘zgarishlarini kuzatish” (Surveillance of disease dispersal and pathogenicity variation of corn rusts in Asia) mavzusida ilmiy ishlar boshlandi.

Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston tomoni joriy yilda Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida ekilgan makkajo’xorining yozgi ertapishar nav va duragaylarida tarqalgan zang zamburug‘larini oʼrganish va patogenlik o‘zgarishlarini kuzatish va baholash bo’yicha dala tadqiqotlarini olib borishdi. Dala tadqiqotlari Respublikamizning turli viloyotlaridagi klasterlar va shaxsiy tomorqalardagi makkajo‘xori ekilgan maydonlarda mikologik va fitopatologik tadqiqotlar asosida olib borilib, makkajo‘xori o’simliklarida turli patogen, saprotrof zamburug’lar va kassaliklar uchrashi aniqlandi.

Ushbu olingan ilmiy ishlarni va moliyaviy hisbotlarni chet ellik hamkorlar bilan munozara qilish hamda qisqa o’quv kursida qatnashish maqsadida loyiha qatnashuvchilari Yu.Sh. G‘afforov, T.N. Xolmuradova, T.X.Maxkamov va Sh.A. Teshaboevalar joriy yilning 13-noyabridan 19-noyabrigacha Tailandning Bangkok shahridagi Milliy gen muhandisligi va biotexnologiya markazida bo‘lib qaytishdi.

 

1

Xalqaro loyiha qatnashchilari (O‘zbekiston, Xitoy, Tailand, Shri Lanka va Vietnam)

 

Dastlab xalqaro ilmiy uchrashuvni Xitoylik olim Dr. Lei Cai tomonidan ochib berildi. Shundan sung har bir loyiha qatnashchisi o’zini va olib borayotgan ilmiy ishlari bo’yicha qisqacha tanishtirdi.

 

 

2

Dr. Lei Cai, Direktor State Key Laboratory of Mycology (Xitoy)

 

Tanishuv yakuniga yetgandan so‘ng ANSO-CR-KP-2022-07-sonli xalqaro ilmiy grant loyiha doirasida hamma davlat vakillari yillik hisobotlarini taqdimot shaklida ma’ruza qildilar. Dastlab Xitoy delegatsiyasi tomonidan Dr. Junmin Liang, Tailandan Dr. Wirulda Pootakham, Fillipindan Dr. Fe Dela Cueva hamda O‘zbekiston tomonidan Dr. Yusufjon Gafforovlar taqdim etishdi. Yillik hisobotlar yakuniga yetgandan so‘ng loyiha doirasida 2023 yilda olingan ilmiy natijalar va loyihaga tegishli turli muammolar hamda boshqa ishlar muhokama qilinib, hisobotlar ijobiy qabul qilindi.

3

Professor yordamchisi Dr. Junmin Liang (Xitoy)

4

Loyiha rahbari Dr. Wirulda Pootakham (Tailand)

5

Loyiha rahbari Dr. Fe Dela Cueva (Fillipin)

 

6

Loyiha rahbari Dr Yusufjon Gafforov (O‘zbekiston)

 

 

 

 7

 

Uchrashuv jarayoni

8

Uchrashuv jarayoni

 

Bundan tashqari ushbu xalqaro uchrashuvda zamburug‘lar, bakteriyalarning molekulyar sistematikasi, tarqalishi va ekologiyasiga oid ma’ruzalarni Xitoy, Tailand va Vetnamlik olimlar tomonidan ma’ruzalar qilishdi. Shundan so’ng ma’ruzalar yuzasidan savol javoblar bo’ldi.

 

9

Maruzachi Dr. Peng Zhao (Xitoy)

 

 10

Maruzachi Dr Somsak Likhitrattanapisal (Tailand)

Makkajo‘xorida tarqalgan zamburug‘larni DNK larini ajratib olish bo‘yicha qisqa o’quv kursini o‘tkazilib, unda turli davlatlardan kelgan yosh olimlar shuningdek, Uzbekiston tomonidan Yu.Sh. G‘afforov, T.N. Xolmuradova, T.X. Maxkamov va Sh.A. Teshaboevalar makkajo‘xorida tarqalgan zamburug‘ining RNK va DNK sini ajratish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirdi.

 

 

11

Tailand Milliy OMICS markazida ilmiy hamkorlar esdalik uchun suratga tushishdi (Drs. Junmin Liang, Wirulda Pootakham, Fe Dela Cueva, Yusufjon Gafforov)

12

Milliy OMICS markazi laboratoriyasi

13

OMICS markazi laboratoriyasi

14

OMICS markazi laboratoriyasi

 

O‘quv mashg‘uloti va maruzalar yakuniga yetgandan so‘ng Milliy gen muhandislik va biotexnologiya va Milliy OMICS markazlarining turli laboratoriyalariga tashrif buyurib u yerdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan tanishish bilan bir qatorda markazning ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bulib utdi, Bunda ilmiy hamkorlik qilish maqsadida munozaralarni amalga oshirildi. Uchrashuvda Yu.Sh. G‘afforov Uzbekiston va Tailandlik olimlar bilan har tomonlama hamkorlik ikkala davlatlar uchun foyda olib kelishini takidlab o‘tdi.

Xalqaro ilmiy ushrashuv yakunida iqtisodiy axamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va boshqa foydali o‘simliklarning pathogen mikobiomasi va dorivor zamburuglarni hamkorlikda taqiq qilish, xalqaro loyihalarni ko‘paytirish hamda talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda 2024 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy rejalar kelishib olindi.