Tadbirda: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Namangan davlat universiteti xodimlari ishtirok etdilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining navbatdagi nashrini tayyorlash” mavzusida tashkil etilgan seminarning kirish qismi Botanika instituti yetakchi ilmiy xodimi, loyiha rahbari professor X.F. Shomurodov tomonidan ochib berildi.
Prof. X.F. Shomurodov o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi yo‘qolib borayotgan kamyob o‘simlik va hayvon turlarini xatlovdan o‘kazish, monitoring qilish, kadastrini yuritish va muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berilishida asosiy hujjatlardan biri hisoblanishini takidlab o‘tdi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga muvofiq Qizil kitobni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanishi haqida ma’lumotlar berdi.


Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Kamyob o‘simlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi mudiri b.f.n. N.Yu. Beshko so‘z berildi. B.f.n. N.Yu. Beshko o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi, kayob va yoqolib borayotgan o‘simliklarni hozirgi holatini o‘rganish, kamyoblik darajasini baholash bo‘yicha Tabiatni Muhofaza Qilish Xalqoro Ittifoqi (IUCN) toifalari va mezonlariga asoslangan holda amalga oshirish kerakligi hamda, Milliy Qizil kitobni xalqaro standartlarga moslashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan o‘simliklar populyatsiyasi biologiyasi va o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi mudiri katta ilmiy xodimi О.S.Abduraimovga so‘z berildi. Kat.i.x. О.S.Abduraimov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilayotgan va chiqarilayotgan turlar, ularning sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirdi.


Kun tartibidagi har bir ma’ruza yakunida seminar qatnashchilarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi.
Jumladan, savol javoblarda Qirg‘iziston Milliy akademiyasi Biologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, b.f.d. prof. Usupbayev Adilet ishtirok etdi va o‘zini qiziqtirgan savollariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institi Kamyob o‘simliklar kadastri va monitoringi laboratoriyasi mudiri b.f.n. N.Yu. Beshko javob berdi.


“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining navbatdagi nashrini tayyorlash” mavzusida tashkil etilgan seminar baxs va munozaralarga boy, kotarinki ruhda o‘tkazildi. Seminar yakunida barcha ishtirokchilar estalik uchun rasmga tushdilar.


