22 may – “Xalqaro bioxilma-xillikni saqlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti,  Zoologiya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i, Toshkent hayvonot bog‘i hamkorligida 22 may – “Xalqaro bioxilma-xillikni saqlash kuni”ga bag‘ishlangan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda biologik xilma-xillikning ahamiyati: bugungi holat va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Botanika instituti direktori akademik K.Sh. Tojibayev O‘zbekistonda biologik xilma xillikni saqlash bo‘yicha bilan bir necha yillardan beri bajarilayotgan ilmiy va amaliy ishlar haqida gapirdi.

 

2

Botanika institutining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi 2024 yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xalqaro biologik xilma-xillik ma’lumotlar bazasi (GBIF) ning haqiqiy a’zoligiga rasman qabul qilinganligini, ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanishini, bundan tashqari yurtimizdagi ilmiy tadqiqot muassasalarimizning ilmiy yutuqlarini jahon faniga integratsiyasini ta’minlashni tezlashtirishini ma’lum qildi. Yana bir tomondan GBIF ning ulkan ma’lumotlar bazasidan cheksiz foydalanish, qolaversa biologik xilma-xillik ob’ektlari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi. Shu sababli GBIF tashkilotining haqiqiy a’zoligi rasmiylashtirilgan 2024 yil mamlakatimiz hayotida muhim voqealardan biri sifatida tarixga muhrlandi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bioxilma-xilligiga oid 65 mingdan ortiq tarqalish ma’lumotlari mazkur global portalida e’lon qilinganligini, Botanika instituti bugungi kunda ham bioxilma-xillik ma’lumotlarini GBIF tashkiloti standartlariga muvofiq rasmiylashtirilishiga va mazkur ma’lumotlarning GBIF tarmog‘ida joylashtirilishi va e’lon qilinishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotganligini ma’lum qildi.

 

3

Botanika instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, b.f.d. F.I.Karimov “Yangi avlod floristik tadqiqotlar va ularning mintaqaviy biologik xilma-xillikni muhofaza qilishdagi o‘rni” mavzusida qiziqarli ma’ruza qildi.

Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari X.L. Gapporov; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori, b.f.d. B.R. Xolmatov; Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi I.N. Xushvaqtov; Zoologiya instituti kichik ilmiy xodimi B.N. G‘aniev; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Botanika va ekologiya kafedrasi mudiri, b.f.d. O‘.E. Xo‘janazarovlar ham taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Davra suhbati so‘ngida Akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i va Toshkent hayvonot bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.

 

4

Toshkent Botanika bog‘idagi Biotexnologiya laboratoriyasi.

5

Biotexnologiya laboratoriyasida kamyob turlarni saqlab qolish, ularni “in vitro” usuli yordamida ko‘paytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.