Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-avgustdagi “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish choralarini koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori 137-sonli bayoni va OʻzR FA prezidentining 20/1255-1902-son xatida 2024-yil 24-avgust kuni umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada oʻtkazishini taʼminlash belgilangan.
Botanika institutida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi munosabati bilan umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, laboratoriya va bo’lim mudirlari rahbarligida birqancha tadbirlar amalga oshirildi.
Umumxalq xayriya hashari qatnashchilari tomonidan institut hududida obodonlashtirish ishlarini reja asosida va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda bajarishdi. Institut hududi, koʻcha va yoʻlaklar tartibga keltirildi; Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari oʻtkazilishi jarayonida toʻplangan chiqindilarni tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlandi.









“Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida o‘zaro hamjihatlik asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari natijasida institut hududi yanada obod holga keltirildi.

