s1        s2       s3

 

Simpoziumga Kunming Botanika instituti, IT Electronics Eleventh Design & Research Institute Scientific and Technological Engineering Corporation Limited (EDRI) va Tsinghua universiteti Ijtimoiy fanlar maktabi, Energiyaga o’tish va ijtimoiy rivojlanish tadqiqot markazi homiylik qildi.

 

Botanika institutida bo‘lib o‘tgan “Pan-uchinchi qutb mintaqasidagi o‘simliklarning xilma-xilligini saqlash bo‘yicha tadqiqotlarning ikkinchi xalqaro simpozium”ning asosiy ma’ruzalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu simpozium O‘zbekiston uchun katta ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda va mintaqada biologik xilma-xillikni saqlash, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga xizmat qildi.

Simpozium davomida xalqaro olimlar bilan bir qator yangi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi, bu esa institutning kelgusidagi ilmiy tadqiqotlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

 

photo_2024-09-10_16-17-30

 

1

 

2

3

4

5

6

7

 

 

 

 

Simpoziumda O‘zbekistonning noyob o‘simlik turlari, ularning saqlanishi va muhofazasi mavzulari alohida e’tiborda bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda ekologik tadqiqotlarni rivojlantirishga turtki beradi.

8

 

9

 

Yosh ilmiy xodimlar xalqaro tajriba va bilimlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Xorijlik mutaxassislar bilan birga ishlash, ulardan saboq olish yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etdi.

 

10

 

11

 

12

 

13

 

14

 

15

 

16

 

Simpozium O‘zbekiston va Botanika institutini xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lashga yordam berdi. Bu esa kelgusida ko‘proq hamkorlik va qo‘shma loyihalar olib borish uchun yangi eshiklarni ochadi.

Xalqaro simpozium mamlakatimiz va Botanika instituti uchun katta yutuq bo‘lib, ilm-fan va ekologiyani rivojlantirish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratdi. Tashkil etilgan ma’ruzalar va muhokamalar natijasida institut va xalqaro olimlar o‘rtasida tajriba almashinuvi, yangi loyihalar va kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi. Bu tadbir O‘zbekistonning ilm-fan sohasidagi xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.