Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qaroriga binoan, 2024-yil 25-oktyabr kuni mamlakatimizda navbatdagi “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu tadbir qog‘oz iste’molini kamaytirish, daraxtlarni asrab-avaylash va ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan muhim tashabbusdir.

“Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish, daraxtlarni himoya qilish va ularni kesishning oldini olish maqsad qilingan. Qog‘oz ishlab chiqarishda foydalaniladigan daraxtlar sonini kamaytirish hamda boshqa sun’iy materiallardan foydalanishni ko‘paytirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Institutimiz bu borada faol ishtirok etib, har bir hujjatning elektron shaklini afzal ko‘rishga, qog‘oz isrofini kamaytirishga e’tibor qaratadi.

Botanika instituti “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasini muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda va bu borada salmoqli natijalarga erishmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda institutimiz hujjatlarni elektron ko‘rinishda saqlash va almashish tizimini keng joriy qildi. Bu, bir tomondan, qog‘oz sarfini sezilarli darajada kamaytirishga, ikkinchi tomondan esa ish jarayonlarini samarali tashkil etishga yordam berdi.

 

2

Daraxtlar hayotimizda muhim o‘rin tutadi, va ularning asrab-avaylanishi kelajak avlodlar uchun barqaror ekologik muhitni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Kelajakni o‘ylab, bugundan tabiatni asraylik!