Hisobot 266 bet, 117 ta rasm, 61 ta jadval, 124 ta foydalanilgan adabiyotlar, 2 ta ilovadan iborat. FLORA, BOTANIK-GEOGRAFIK RAYON, SURXON-ShEROBOD,
BOBOTOG’, BOYSUN, KO’HITANG, SANGARDAK-TO’PALANG, KAMYOB TUR, TO’R TIZIMLI XARITALASH, INDEKS, TURLAR BOYLIGI, NAMUNALAR
ZICHLIGI, POTENSIAL, AREAL
Tadqiqot obyekti
Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasining Janubi-G’arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panjoldi okruglarida tarqalgan yuksak gulli o’simliklari. Ishning maqsadi Janubi-G’arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va Panj oldi okruglari florasi tur tarkibini aniqlash va to‘r tizimli xaritalash.
Tadqiqotning vazifalari
To’plangan barcha ma’lumotlar asosida botanik-geografik rayonlar kesimida flora tarkibining yakuniy ro’yxatini shakllantirish, hayotiy shakllar tahlilini amalga oshirish, ma’lumotlarni to‘r tizimli xaritalarga joylashtirish va statistik tahlillarni oxirgi bosqichini amalga oshirish, Surxondaryo viloyatida tarqalgan va ahamiyati yuqori bo’lgan yuksak o’simlik turlari haqida ma’lumot to’plash, global iqlim o’zgarishlarini o’simliklarga ta’sirini baholash, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan turlar bo’yicha eko-geografik tahlillarni amalga oshirish, Surxondaryo viloyati yuksak o’simliklarining davlat kadastr ro’yxatini tuzish va dorivor o’simliklari to‘g‘risidagi ma’lumot to’plash.
Tadqiqotning usullari
O’zbekiston tabiiy florasinig to‘r tizimli xaritasi ArcGIS version 10.6.1 dasturida WGS 1984 (World Geodetic System 1984) proeksiyasi asosida yaratildi. Turlarga geografik koordinatalar Google Earth, SAS.Planet.Release.191221 hamda ArcGis (10.5) dasturlari yordamida, aniqlash ishlari “Определитель растений Средней Азии”, “Флора Узбекистана”, “Флора СССР” asarlaridan foydalanildi. Sporali PPG I (2016), Ochiq urug’li o’simliklar Christenhusz & al. (2011), yuksak o’simlik oilalari APG IV (2016) asosida, turlarning kamyoblik darajasini aniqlashda xalqaro IUCN Red List Categories (2019), hamda GeoCAT (http://geocat.kew.org) dasturi yordamida, tuproq ma’lumotlari SoilGrids (https://soilgrids.org/), balandlik ma’lumotlari SRTM 90 m Digital
Elevation Database version 4.1 onlayn ma’lumotlar bazasidan, bioiqlimiy ma’lumotlar WorldClim version 2.1 onlayn ma’lumotlar bazasidan, turlarning tarqalishini modellashtirish MaxEnt version 3.4.1 (Phillips and Dudik 2008; Phillips et al. 2006) dasturidan foydalanildi.

