Ilk bor O’zbekiston florasidagi madaniy o‘simliklar yovvoyi ajdodlarining 29 oila, 119 turkumga mansub 224
turining ro’yxati skakllantirildi. Alohida xo‘jalik ahamiyatga ega Amaryllidaceae oilasining 20 ta, Liliaceae oilasining 28
ta, Poaceae oilasining 99 ta, Fabaceae oilasining 79 ta, Yillik kvota tarkibiga kiritilgan vakillarining 46 ta va Daraxt hamda
buta vakillarining 73 ta, jami 345 ta senotik populyatsiyalarining zamonaviy holati baholandi.
Tadqiqotlar hududi:
2021-2024 yillarda oib borilgan tadqiqotlarda Tog‘li O‘rta Osiyo provinsiyasi (G‘arbiy Tiyon-Shon okrugining Ugom-Pskom, G‘arbiy Chotqol, Qurama rayonlari; Nurota okrugining Nurota, qtog‘, Nurotaoldi qoldiq tog‘lari rayonlari; Ko‘histon okrugining Shimoliy Turkiston, Molguzar, Urgut rayonlari; G‘arbiy Hisor okrugining Qashqadaryo, Tarqopchig‘ay, Ko‘hitang rayonlari; Panj okrugining Bobotog‘ rayoni), Turon provinsiyasi (Markaziy Farg‘ona okrugining Qayroqum-Yozyovon, Sharqiy Farg‘ona rayonlari; Qizilqum okrugining Qizilqum rayoni; Buxoro okrugining Markaziy Zarafshon, Quyi Zarafshon, Qarshi-Qarnabcho‘l rayonlari; Ustyurt okrugining Shimoliy Ustyurt rayoni) qamrab olindi.

