Hisobot 237-bet, 22-rasm, 6-jadval, 143-manba, 5-ilovadan iborat.

Tadqiqot obyekti: Sirdaryo viloyatining yuksak o‘simliklari, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan o‘simliklar, advevtiv turlar.

Tadqiqotning vazifalari:

– Sirdaryo viloyati florasining tur tarkibini aniqlash, Sayxun qo‘riqxonasi va Qolgansir ormon-ov xo‘jaligi  maskani florasining tarkibiga aniqlik kiritish;

– Sirdaryo viloyati florasida tarqalgan endem, kamyob, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan va boshqa muhofazaga muhtoj bo‘lgan turlar tarkibini aniqlash. Kamyob turlar to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni (dala tadqiqotlari natijalari, Plantarium, GBIF, iNaturalist, adabiyot va gerbariy ma’lumotlari) to‘plash, tahlil qilish va tizimlashtirish, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, koordinatalarini aniqlash va GAT xaritalarini yaratish;

– Sirdaryo viloyati hududi bo‘ylab vegetatsiya davrida (mart–oktyabr) dala tadqiqotlari amalga oshirish. Ekspeditsiya davomida Sirdaryo viloyati florasining tur tarkibi va o‘simliklarning tarqalishini aniqlash (jumladan, adventiv, kamyob, endem va Qizil kitobga mansub turlarning populyatsiyalari), kadastr uchun ma’lumotlarni va foto arxiv uchun foto suratlarini to‘plash, gerbariy namunalarini yig‘ish;

– Sirdaryo viloyati florasida tarqalgan adventiv turlar tarkibini aniqlash, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, ularning koordinatalarini aniqlash va GAT xaritalarini yaratish, adventiv fraksiyasi tahlil qilish, naturalizatsiya darajasini baholash, potentsial invaziv turlarni aniqlash va ularning tabiiy ekotizimlarga salbiy ta’sir darajasini IUCN xorijiy taksonlar uchun atrof-muhitga ta’sir tasnifi (EICAT) xalqaro standartlari asosida baholash;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.11.2018 yildagi №914-son qarori bilan tasdiqlangan formatda, Sirdaryo viloyati florasidagi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarining davlat kadastrini tayyorlash;

– TMXI Qizil ro‘yxatining (IUCN Red List Categories and Criteria) miqdoriy mezonlar asosida Sirdaryo viloyatining kamyob va endemik turlarning tabiatda yo‘qolib ketish xavfi toifalarning baholash va O‘zbekiston Qizil kitobining navbatdagi nashri uchun ma’lumotlar va tavsiyalar tayyorlash (ayrim turlarni Qizil kitobiga kiritish, chiqarib tashlash yoki maqomini o‘zgartirish), shunigdek, viloyatning o‘simlik dunyosi muhofaza qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

– Sirdaryo viloyati florasining raqamli foto arxivini yaratish, Plantarium (www.plantarium.ru) va iNaturalist (www.inaturalist.org) internet portallarida foto arxivining onlayn versiyasi yaratish;

– “O‘zbekiston florasi kadastri: Sirdaryo viloyati” monografiyasini nashr etish.

Tadqiqot usullari: floristik, sistematik, Sirdayo viloyati florasining elektron ma’lumotlar bazalarini yaratishda excel dastiridan foydalanildi, GIS asosida xaritalash –  ArcGIS version 10.6.1 dasturida WGS 1984 (World Geodetic System 1984) proeksiyasi asosida yaratildi. Turlarga geografik koordinatalar Google Earth, SAS. Planet.Release.191221 hamda ArcGis (10.5) dasturlari yordamida, aniqlash ishlari “Определитель растений Средней Азии”, “Флора Узбекистана” asarlaridan foydalanildi. Sirdayo viloyati florasining o‘simliklar ro‘yxati Sporali PPG I (2016), Ochiq urug‘li o‘simliklar Christenhusz & al. (2011), yuksak o’simlik oilalari APG IV (2016) asosida alfabit bo ‘yicha kem-ket joylashtirildi. IUCN Qizil ro‘yxati toifalari va mezonlari asosida noyob turlarning holatini baholash (IUCN Red List Categories (2022)), GeoCAT xaritalari (http://geocat.kew.org) dasturi yordamida, turlar diapazoni bioiqlimini modellashtirish Elevation Database version 4.1 onlayn ma’lumotlar bazasidan, bioiqlimiy ma’lumotlar WorldClim version 2.1 onlayn ma’lumotlar bazasidan, turlarning tarqalishini modellashtirish MaxEnt version 3.4.1 (Phillips and Dudik 2008; Phillips et al. 2006) dasturidan foydalanildi.

 

Hisobotni yuklash