O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasining kichik ilmiy xodimlari PhD, D.I. Maxmudjanov va F.I. Akbarov 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 13-fevralgacha Xitoy Fanlar akademiyasining Kunming Botanika institutida ilmiy stajirovka o‘tkazdilar. Ushbu stajirovka davomida D.I. Maxmudjanov va F.I. Akbarov professor Deng Tao rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi.
D.I. Maxmudjanov tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi Asphodeloidae oilachasi turkumlarining molekulyar metodlarga asoslangan holda xloroplast genomi va yadro DNKsidan foydalanib flogeniyasi va tarixiy biogeografiyasi va evolyutsiyasini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Stajirovka davomida quydagi tadqiqotlar amalga oshirildi:
Asphodeloidae oilachasining turlari ro‘yxati shakllantirildi va turlarning morfologik xususiyatlari, tavsiflari qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitildi;
Molekulyar tadqiqotlar uchun materiallarni tayyorlandi;
Dasturiy ta’minot yordamida DNK ketma-ketligi tahrirlandi;
Genious v.10 dasturi yordamida yig‘ilgan ma’lumotlarni annotatsiyalandi;
Molekulyar natijalar PAUP, MrBayes, RaxML dasturlaridan foydalangan holda tahlil qilindi.

Zamonaviy dasturlar bilan ishlash. Stajirovka davomida D.I. Maxmudjanov quyidagi zamonaviy ilmiy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi:
BEAST (Bayesian Evolutionary Analysis Sampling Trees) — Bayescha evolyutsion tahlil va namunaviy filogenetik tuzilishni aniqlash uchun.
RASP (Reconstruct Ancestral State in Phylogenies) — Filogenetik daraxtlarda ajdodiy holatlarni va biogeografik tarqalishni tiklash uchun.
PAUP (Phylogenetic Analysis Using Parsimony) — Filogenetik tahlil uchun ishlatiladigan dastur bo‘lib, parsimoniy (tejamkorlik) usuliga asoslangan. Bu dastur molekulyar, morfologik va boshqa biologik ma’lumotlar asosida evolyutsion bog‘liqliklarni aniqlash uchun ishlatiladi.

Natijalar va kelajakdagi rejalar. Tadqiqot natijalari professor Deng Tao bilan muhokama qilindi va kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar uchun rejalar ishlab chiqildi. Toplangan ma’lumotlar asosida Eremurus M.Bieb. turkumining global tarqalishini to‘r tizimli xaritalashga asoslangan holda aks ettiruvchi “Eremurus M.Bieb.” nomli monografiya nashr etiladi. Asphodeloideae oilachasi turlarining evolyutsiyasi va biografiyasi boʻyicha olingan tahlil natijalari nashr etish uchun tayyorlanadi.

Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika instituti D.I. Maxmudjanovning ilmiy faoliyatdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, unga stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagani uchun sertifikat topshirdi.
F.I. Akbarov tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi O‘rta Osiyo florasini to‘r tizimli xaritalash ishlari uchun katta hajmdagi geobog‘langan ma’lumotlarni to‘r tizimli xarita indekslariga avtomatlashgan tarzda integratsiya qilish va o‘simliklarning geofazoviy tarqalishini matematik modellar yordamida tahlil qilishning ilg‘or usullarini o‘rganish.
Stajirovka davomida quyidagi tadqiqotlar amalga oshirildi:
R dasturida bajariladigan algoritmlar yordamida katta hajmdagi floristik ma’lumotlarni to‘r tizimli xarita indekslariga avtomatik integratsiya qilish usullari o‘zlashtirildi.
Iqlim o‘zgarishlarining (1981-2023 yillar bo‘yicha) Surxondaryo tabiiy florasiga ta’sirini baholash maqsadida Jahon Banki, Oʻzgidromet, ERA5-Land, MERRA-2 va CHIRPS xalqaro platformalaridan to‘plangan asosiy iqlim parametrlariga (o‘rtacha yillik havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori, tuproqning o‘rtacha harorati va namligi) tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.
Global iqlim o‘zgarishlarining Surxondaryo viloyati tabiiy florasiga bo‘lgan mintaqaviy ta’siri o‘simlik oilalari, hayotiy shakllari va geografik elementlar bo‘yicha, botanik-geografik rayonlar va indekslar kesimida baholandi.
Zamonaviy dasturlar bilan ishlash. Stajirovka davomida F.I. Akbarov quyidagi zamonaviy ilmiy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi:
Google Earth Engine (GEE) — katta hajmdagi geoma’lumotlar (sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, iqlim va yer yuzasi ma’lumotlari) bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
Google Colab —Google tomonidan taqdim etilgan Jupyter Notebook muhiti bo‘lib, u Python va R kodlarini yozish, ishga tushirish va tahlil qilish imkonini beradi. Unda deskriptiv statistika va ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, korelatsiya va regressiya tahlillari va klasterlash va turli guruhlarga ajratish metodlari.
Machine Learning (ML) — bu kompyuterlarni ma’lumotlar asosida o‘z-o‘zidan o‘rganishga o‘rgatuvchi sun’iy intellekt sohasi bo‘lib:
Logistic Regression – O‘simliklarning xavf darajasini bashorat qilish.
Random Forest – Turli iqlim omillarining flora tarkibiga ta’sirini aniqlash.
Support Vector Machine (SVM) – O‘simliklarning geografik mintaqalarga bo‘linishini tahlil qilish.
Neural Networks – Murakkab bog‘liqliklarni aniqlash va bashorat qilish.
Natijalar va kelajakdagi rejalar. Tadqiqot natijalari professor Deng Tao bilan muhokama qilindi va kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar uchun rejalar ishlab chiqildi. O‘zlashtirilgan dasturlar va metodlar O‘rta Osiyo florasini to‘r tizimli xaritalsh ishlarida foydalaniladi. Olib borilgan tahlillar asosida ilmiy maqolalar chop etiladi.

Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika instituti F.I. Akbarovning ilmiy faoliyatdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, unga stajirofkani muvaffaqiyatli yakunlagani uchun sertifikat topshirdi.

Stajirovka amalga oshirilgan Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika institutining Sharqiy Osiyoning oʻsimliklar xilma-xilligi va biogeografiyasi boʻyicha asosiy laboratoriyasi jamoasi

Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika institutida ilmiy tadqiqot olib borayotgan turli davlatlardan kelgan talabalar
D.I. Maxmudjanov va F.I. Akbarov tomonidan amalga oshirilgan stajirovka ularning kasbiy malakalarini oshirish bilan birga, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelgusida rejalashtirilayotgan tadqiqot loyihalari ikki mamlakat hududida biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, bu sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga imkon yaratadi.

