Fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, fundamental va amaliy bilimlarni yanada rivojlantirish maqsadida Botanika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va 80 dan ortiq Biologiya yo‘nalishi talabalari tashrif buyurishdi. Anjumanlar zalida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida akademik K. Tojibayev tomonidan botanika fanining zamonaviy yo‘nalishlari va O‘zbekistondagi rivoji, institutda amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy loyihalar va xalqaro hamkorlikdagi yangi imkoniyatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishildi. Shuningdek, akademik K. Tojibayev o‘z taqdimotida botanika fanini rivojlantirish istiqbollari kabi xalqaro va lokal masalalarda taqdimot qildi.

1

Tashrif chog‘ida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan institut o‘rtasida kelajakdagi qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar dasturi bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Ushbu tashrif oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Talabalar uchun amaliy tajriba olish, professor-o‘qituvchilar uchun esa yangi metodik yondashuvlar bilan tanishtirish imkoniyati yaratildi.

 

2

 

3

5