2025-yil 20-may kuni Botanika institutida O‘zbekiston botaniklari jamiyatining 4-sonli Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut direktori, akademik Komiljon Tojibayev, jamiyat raisi Alijon Esonqulov, Toshkent Botanika bog‘i direktori Sodiqjon Abdunazarov, yetakchi olimlar, ilmiy xodimlar, institut vakillari va yosh tadqiqotchilar tashrif buyurdi. Yig‘ilishni B.A. Adilov olib bordi.

Jamiyatning 2021–2024 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi. Bu davrda tashkilot tomonidan ilmiy konferensiyalar, nashrlar, mintaqaviy ekspeditsiyalar, xorijiy stajirovkalar hamda yosh olimlar bilan ishlash bo‘yicha sezilarli yutuqlar qayd etildi.

Jamiyatning yangi boshqaruv tizimi tasdiqlandi. Yangi tarkibga ta’sis kengashi, boshqaruv tarmoqlari va nazorat komissiyasi a’zolari saylandi. Kelgusi faoliyat samaradorligini oshirish va jamiyat jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.

Akademik K. Tojibayev o‘z chiqishida: “O‘zbekiston botaniklari jamiyati faqat olimlarning emas, balki ekologlar, o‘qituvchilar, talabalar va tabiatga befarq bo‘lmagan har bir fuqaroning hamkorlik maydoniga aylanishi kerak,” – deya ta’kidladi.

 

2

 

3

 

Tadbir ochiq muhokama ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar jamiyat faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarni ilmga keng jalb etish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.