2025-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti majlislar zalida yosh olimlarning navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida muhokama qilingan masalalar ikki asosiy yo‘nalishga bo‘lindi.

I yo‘nalish – xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy safarlar hisoboti. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (PRIM 01-19) loyihasi doirasida olib borilgan ilmiy safarlar natijalari taqdim etildi. O‘zbekiston florasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, PhD Daminova Nazokat tomonidan Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari yakunlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

1

II yo‘nalish – yosh olimlarning tadqiqot ishlari muhokamasi.

Dastlab Botanika instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Jo‘raqulov Jahongir “O‘zbekiston hududidagi Monilinia honey turkumi turlari” mavzusida ma’ruza qildi.

2

Shundan so‘ng O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Mamatqosimov Odilbek “O‘zbekiston florasidagi Aegilops turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

3

Uchinchi ma’ruza O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Qosimov Zokir tomonidan “O‘rta Sirdaryo botanik-geografik okrugi florasi” mavzusida taqdim etildi.

4

Yig‘ilish yakunida Geobotanika laboratoriyasi xodimi Mirzambetov Allan “Ecological niche characterization of Ferula foetida (Bunge) Regel in Uzbekistan” mavzusida o‘z ilmiy natijalarini taqdim etdi.

5

Ushbu ma’ruzalar mazmunan boy, qiziqarli va ishtirokchilar uchun foydali bo‘ldi. Har bir ma’ruzadan so‘ng yosh olimlar tomonidan faol savol-javoblar o‘tkazildi, bu esa ilmiy fikr almashuv va tajriba boyitish uchun samarali muhit yaratdi.