O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Namangan hududiy bo‘limini tashkil etish belgilangan.
Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2026-yil 15-apreldagi buyrug‘i asosida Namangan davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Dehqonov Davron Burxonovich jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Namangan hududiy bo‘limi raisi lavozimiga tayinlandi.
Fanlar akademiyasining Namangan hududiy bo‘limi Namangan davlat universiteti huzuridagi Ilmiy-tadqiqot markazida o‘z faoliyatini olib boradi.

