O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori, professor Shomurodov Xabibullo Fayzulloyevich Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Ecosystem Change and Sustainable Management in Eurasia Grasslands” (“Yevrosiyo yaylovlarida ekotizim o‘zgarishlari va barqaror boshqaruv”) mavzusidagi xalqaro ilmiy simpoziumda ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro simpozium 2026-yil 29–31-may kunlari Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti (UCAS)ning Yanqi Lake kampusida tashkil etildi. Unda Xitoy, Rossiya, Mongoliya, Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda boshqa davlatlardan yetakchi olim va mutaxassislar qatnashib, yaylov ekotizimlarining hozirgi holati, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash va barqaror boshqaruv masalalari muhokama qilindi.

2

Simpozium doirasida professor Shomurodov X.F. “Data Mobilisation and Open Biodiversity Infrastructure for Rangeland Monitoring in Uzbekistan” mavzusida ma’ruza qildi.

3

Ma’ruzada O‘zbekistonda yaylovlarni monitoring qilish, biologik xilma-xillik ma’lumotlarini raqamlashtirish, ochiq ma’lumotlar bazalarini shakllantirish hamda yaylov ekotizimlarini monitoring qilish uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar taqdim etildi.

4

Ma’ruza simpozium qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va ma’ruzada keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha tanaffus paytida simpozium tashkilotchisi, Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti vitse prezidenti, akademik Wang Yanfen va Mongoliya hamda Rossiyadan kelgan mutaxassislar bilan muhokamalar bо‘ldi.

5

Xalqaro ilmiy anjuman davomida Botanika instituti olimi xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashib, istiqboldagi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Ushbu tadbir Botanika instituti olimlarining xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda dolzarb ekologik muammolar bo‘yicha tajriba almashishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.