O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populatsion biologiyasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari O.S. Abduraimov, A.V. Maxmudovlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlari davlat hisobi va kadastrini yuritish” mavzusidagi 4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2026 – yilning 25-may, 2 – iyun kunlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga xizmat safari amalga oshirildi.

Xizmat safari uchun quydagi vazifalar belgilandi:

Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tarqalgan dorivor o‘simlik turlarining (Glycyrrhiza glabra, Capparis spinosa, Ferula foetida, Elwendia persica, Peganum harmala, Plantago major) biologik, ekspluatatsion va yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlari va zahira qiymatiga ega maydonlari hajmi hamda maydonlar GPS koordinatalarini aniqlash.

Olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida:

Xizmat safari davomida Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tarqalgan Glycyrrhiza glabra, Capparis spinosa, Ferula foetida, Elwendia persica, Peganum harmala, Plantago major turlarining zahira qiymatiga ega maydonlarining GPS koordinatalarini aniqlandi, turlarning biologik, ekspluatatsion zahiralari aniqlandi, yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlarini xisoblash uchun xisob maydonlari belgilandi, turlar ishtirokida gerbariy materiallari yig‘ilib, geobotanik qaydnomalar to‘ldirildi. Tadqiqot obyektlarining fotosuratlari olindi.

2