O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari — katta ilmiy xodim D.I. Maxmudjanov, katta ilmiy xodim I.J. Jo‘ramurodov hamda kichik ilmiy xodim K.O‘. Atoyevlar tomonidan «Bioprospecting on Biological Plant Materials of Uzbekistan» nomli xorijiy loyiha doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida № 43-XS-sonli buyruqqa asosan 2026-yil 18-iyuldan 28-iyulgacha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida rejalashtirilgan ilmiy xizmat safari tashkil etildi.

Dala tadqiqotlari davomida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining turli tabiiy va tog‘li ekotizimlarida tarqalgan dorivor, efir moyli hamda alkaloid saqlovchi o‘simlik turlari majmuaviy ravishda o‘rganildi. Xususan: Otostegia fedtschenkoana Kudr., Astragalus retamocarpus Boiss. & Hohen. ex Boiss, Scandix pecten-veneris L., Asperugo procumbens L., Trigonella grandiflora Bunge, Lepidium draba L., Euphorbia helioscopia L., Astragalus kulabensis Lipsky, Astragalus baissunensis Lipsky, Astragalus farctissimus Lipsky, Astragalus kudrjaschovii A.S.Korol., Ajuga turkestanica (Regel) Briq., Zygophyllum atriplicoides Fisch. & C.A. Mey., Astragalus lehmannianus Bunge, Astragalus chiwensis Bunge, Hedysarum magnificum Kudr., Allium giganteum Regel, Scutellaria adenostegia Briq., Phlomoides hissarica (Regel) Adylov, Kamelin & Makhm., Onobrychis grandis Lipsky, Onobrychis saravschanica B.Fedtsch., Onobrychis pulchella Schrenk, Centaurea iberica Trevir ex Spreng., Astragalus oldenburgii B.Fedtsch., Salvia bucharica Popov, Astragalus margusaricus Lipsky, Trifolium pratense L., Phlomoides brachystegia (Bunge) Adylov, Kamelin & Makhm., Dictamnus tadshikorum Vved., Nepeta olgae Regel, Fraxinus raibocarpa Regel, Lomelosia songarica (Schrenk ex Fischer & Meyer) Soják, Rhaponticoides ruthenica (Lam.) M.V.Agab. & Greuter, Astragalus peduncularis Royle hamda Astragalus turkestanus Bunge ex Boiss. kabi muhim o‘simlik turlarining tabiiy populyatsiyalari atroflicha tadqiq qilindi.
Olib borilgan dala ishlari natijasida har bir turning o‘sish joylari bo‘yicha aniq geobotanik tavsiflar rasmiylashtirildi hamda GPS koordinatalari qayd etilib, raqamli geografik ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun tayyorlandi. Kelgusida molekulyar-genetik va filogenetik tahlillarni o‘tkazish maqsadida o‘simlik populyatsiyalaridan DNK tahlillari uchun maxsus namunalar va standart ilmiy talablarga mos gerbariy namunalari yig‘ildi. Shuningdek, obyektlarning morfologik belgilari va tabiiy yashash muhitini (yashash joylarini) sifatli aks ettiruvchi boy foto-illyustrativ materiallar to‘planib, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish uchun hujjatlashtirildi.


