O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari O.T. Mamatqosimov va S. Q. Teshaboyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlari davlat hisobi va kadastrini yuritish” mavzusidagi 4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2026-yil 29-iyuldan 9-avgustgacha Toshkent va Namangan viloyatlarida xizmat safari tashkil etildi.
Tadqiqotlar davomida Toshkent va Namangan viloyatlari hududida uchrovchi Alcea nudiflora, Rhodiola heterodonta, Persicaria hydropiper, Ferula tenuisecta, Helichrysum maracandicum, Hypericum perforatum, Hypericum scabrum, Inula grandis, Mediasia macrophylla, Polygonum aviculare, Ziziphora pedicellata turlarining tarqalish maydonlari, tabiiy resurslari va populyatsiyalarining holati baholandi.
Dala tadqiqotlari davomida tanlangan dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega o‘simlik turlarining proyektiv qoplami, biomassa hosildorligi va asosiy morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilindi. Tadqiqot olib borilgan populyatsiyalarning aniq geofazoviy koordinatalari GPS qurilmasi yordamida qayd etildi.
Tadqiqot olib boriladigan hududlarda turlarning biologik va ekspluatatsion zaxiralari aniqlandi, yillik xomashyo tayyorlash hamda sanoat miqyosida barqaror foydalanish imkoniyatlari baholandi.

Mediasia macrophylla zaxira qiymatiga ega maydonlari

Mediasia macrophylla tabiiy populyatsiyalari

Ziziphora pedicellata tarqalgan maydonlari

Ziziphora pedicellata bir tupining xo‘l massasi

Hypericum scabrum zaxira qiymatiga ega maydonlari

Alcea nudiflora tarqalgan maydonlar

Helichrysum maracandicum tarqalgan maydonlar

Persicaria hydropiper tarqalgan maydonlar

