O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari O.S. Abduraimov, A.V. Maxmudov va B. J. Mavlanov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlari davlat hisobi va kadastrini yuritish” mavzusidagi 4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2026-yil 7 sentabrdan 16 sentabrgacha Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi.

Tadqiqotlar davomida hududlarda tarqalgan Glycyrrhiza glabra, Tribulus terrestris, Peganum harmala va Plantago major kabi dorivor o‘simlik turlarining tabiiy resurslari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida mazkur turlarning tabiiy populyatsiyalari tarqalishi, biologik va ekspluatatsion zahiralari, yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan xomashyo hajmlari hamda resurs ahamiyatiga ega tabiiy maydonlari aniqlandi.

2

Shuningdek, resurs holati baholanib, o‘simlik turlarining tabiiy tarqalish hududlari va resurs ahamiyatiga ega maydonlarining geografik joylashuvi GPS koordinatalari asosida qayd etildi. Mazkur ma’lumotlar o‘simliklarning tabiiy resurslarini xaritalash, tarqalish areallarini aniqlashtirish hamda kelgusida monitoring ishlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

3

Tadqiqotlar davomida aniqlangan biologik va ekspluatatsion zahira ko‘rsatkichlari asosida tabiiy populyatsiyalardan foydalanish imkoniyatlari baholandi. Jumladan, o‘simlik populyatsiyalarining qayta tiklanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tabiiy resurslarga zarar yetkazmagan tarzda yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan xomashyo hajmlari belgilandi.

Olingan natijalar dorivor o‘simlik xomashyosini ilmiy asosda va barqaror tarzda yig‘ib olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

4

Tadqiqot natijasida Glycyrrhiza glabra, Tribulus terrestris, Peganum harmala va Plantago major ning resurs ahamiyatiga ega tabiiy maydonlari bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirildi. Ushbu maydonlarning GPS koordinatalarini aniqlash orqali kelgusida monitoring olib borish, o‘simliklar populyatsiyalarining holatini kuzatish, tabiiy zahiralardagi o‘zgarishlarni baholash va xomashyo tayyorlash hududlarini ilmiy asosda belgilash imkoniyati yaratildi.

5

Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida tarqalgan mazkur dorivor o‘simlik turlarining biologik va ekspluatatsion resurslarini baholash natijalari ularning tabiiy zahiralaridan oqilona va barqaror foydalanish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

6

Sudoche-Oqpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasi binosi.

7

Ferula foetida turining pishgan urug‘larini yig‘ish jarayoni.

8

Tadqiqot jarayonida aniqlangan yantoqzor jamoasi.

Aniqlangan resurs maydonlari va GPS koordinatalari, shuningdek biologik, ekspluatatsion va yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, resurs monitoringini olib borish, xomashyo tayyorlashni rejalashtirish hamda kelgusida ushbu hududlarda dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.