2026-yil 14–16-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Yosh olimlar kengashining 5-, 6- va 7-sonli yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda institut direktori, akademik K.Sh. Tojiboyev ishtirok etib, mazkur tadbirlarning maqsadi, yosh ilmiy xodimlar faoliyatini tizimli tahlil qilish hamda ularning kasbiy va ilmiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

Ushbu kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlar davomida Botanika institutining O‘zbekiston florasi, Geobotanika, Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya, Molekulyar filogeniya va biogeografiya, O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi hamda O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyalarida faoliyat yuritayotgan, 2026-yilda institutga ishga qabul qilingan yosh ilmiy xodimlarning hisobotlari tinglandi. Hisobotlarda ularning ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, olib borilayotgan tadqiqotlar hamda erishilgan dastlabki ilmiy natijalar yoritildi.

Yig‘ilishlarning asosiy maqsadi yosh ilmiy xodimlarning institutdagi faoliyati, tanlagan ilmiy yo‘nalishlari va amalga oshirayotgan tadqiqotlari holatini har tomonlama tahlil qilish, ularning kasbiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. Hisobotlar orqali xodimlarning ishga qabul qilinganidan buyon amalga oshirgan ishlari, tadqiqotlar doirasida erishgan dastlabki natijalari, belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi hamda kelgusidagi ilmiy rejalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishning dastlabki kunida O‘zbekiston florasi laboratoriyasiga ishga qabul qilingan S. O. Xidirova, Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya laboratoriyasi yosh ilmiy xodimi D. O‘. Bozorova, Geobotanika laboratoriyasi xodimi M. A. Karlibaeva hamda Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi xodimi H. F. Kamolova o‘zlarining dastlabki ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdilar. Taqdimotlar davomida yosh olimlarning ilmiy izlanishlari muhokama qilinib, tadqiqotlarni takomillashtirish va kelgusidagi faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

2

14-oktabr kungi ma’ruzalar

Yig‘ilishning ikkinchi kunida O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi laboratoriyasi yosh ilmiy xodimi R. N. Safarov, O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimi D. U. Mirzalieva, O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi xodimi I. H. Usmonov hamda Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya laboratoriyasi xodimi F. Sh. Muratova o‘zlarining dastlabki ilmiy tadqiqot natijalari, shuningdek, shaxsiy va kasbiy rivojlanish borasidagi yutuqlari haqida ma’lumot berdilar. Taqdimotlar davomida yosh ilmiy xodimlarning olib borayotgan izlanishlari, kasbiy mahoratini oshirish borasidagi faoliyati va kelgusidagi ilmiy rejalari muhokama qilinib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

3

15-oktabr kungi ma’ruzalar

Yig‘ilishning uchinchi kunida Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi xodimi N. N. Xaydarova, O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimi K. O‘. Atoyev, Geobotanika laboratoriyasi xodimi Sh. I. Elamonov hamda O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi xodimi F. X. Xudoyberdiyev o‘zlarining dastlabki ilmiy tadqiqot natijalari, shuningdek, shaxsiy va kasbiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdilar. Taqdimotlar davomida yosh ilmiy xodimlarning ilmiy faoliyati va istiqboldagi rejalari muhokama qilinib, tadqiqotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohaza va tavsiyalar bildirildi.

4

16-oktabr kungi ma’ruzalar

 Mazkur jarayon yosh ilmiy xodimlarning institut faoliyatiga moslashuvini mustahkamlash, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish, ilmiy izlanishlarni izchil davom ettirish va kelgusida salmoqli ilmiy natijalarga erishishiga ko‘maklashishga qaratildi.

5

Yakuniy muhokamalarda tadqiqotlar sifatini oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi. Shuningdek, yosh mutaxassislarning institut ilmiy hayotidagi faolligi, mas’uliyati va hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

6

Yosh olimlar kengashi yig‘ilishlari yangi ish boshlagan xodimlarning ilmiy faoliyatini tahlil qilish, kelgusi vazifalarini aniqlashtirish va institutdagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.