2022 yilning 21 yanvarida Institut yosh olimlarini ish samaradorligini oshirish hamda yosh olimlar klubi ilmiy yutuqlarini tizimlashtirish maqsadida, biologiya fanlari doktori, akademik Tojibayev Komiljon Sharobitdinovich ishtirokida “Academic writing” (Akademik yozish me’yorlari) boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Sohaning yetuk olimi bilan boʻlgan uchrashuv, institut yosh olimlari tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi. Akademik K.Sh.Tojiboyev oʻquv seminar mobaynida, nafaqat, ilm sohasida hozirgi kunda zamon talablari darajasiga chiqqan mavzularda, balki, dunyo olimlarining soʻngi yutuqlari bilan oʻrtoqlashdi. Shu oʻrinda olimning bosib oʻtgan ilmiy-ijodiy yoʻli va undagi mashaqqatlarni eslab oʻtilishi yig’ilgan yosh olimlar tomonidan hayajon bilan kutib olindi. Yosh olimlar seminar davomida oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻtkazilgan oʻquv seminari ishtirokchilarga ulkan motivatsiya va yangi gʻoyalarni bera oldi. Yigʻilish soʻngida yosh olimlar akademik Komiljon Tajiboyevga minnatdorchilik va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.

