2022 yilning 22 fevralida Institut yosh olimlarini ish samaradorligini oshirish hamda ilmiy yutuqlarini tizimlashtirish maqsadida biologiya fanlari doktori, professor Shomurodov Xabibullo Fayzulloyevich ishtirokida “Respublika va xalqaro doiradagi loyihalar yozish” mavzusida ilmiy-amaliy mazmundagi davra suhbati tashkil etildi.
Sohaning yetuk olimi bilan boʻlgan uchrashuv institut yosh olimlari tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi. X.F. Shomurodov ilmiy-amaliy seminar mobaynida, nafaqat, loyihalar yozish yuzasidan, balki ilm sohasida hozirgi kunda zamon talablari darajasidagi sohaning dolzarb yoʻnalishlarida ham tadqiqotlar borasida yosh olimlarga chinakam mahorat darslarini bera oldi. Shu oʻrinda olim hozirgi kun ilm fanining talab va istaklaridan kelib chiqib, tayyorlanadigan har-bir loyihaning bosqichma bosqich yozilishi va uni amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirib berdi. Yosh olimlar seminar davomida oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Bir soʻz bilan aytganda, oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarga ulkan motivatsiya va yangi gʻoyalarni bera oldi. Yigʻilish soʻngida yosh olimlar Shomurodov Xabibullo Fayzulloyevichga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

