Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 2022 yil 30-avgust kuni “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” gʻoyasi asosida Botanika institutida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut direktori professor X.F. Shomurodov institut xodimlari va tashrif buyurgan mehmonlarni eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklab, oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
Bayram tadbirida soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarni Istiqlol bayrami bilan tabriklab, qatnashchilarga davlat va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun ilm-fanni yanada rivojlantirishda kuch-quvvat, mustahkam sogʻlik, salomatlik, baxtu-saodat va fayzu-baraka tilashdi.
Tadbir davomida bayram dasturxoniga osh tortildi. Milliy taomlarimiz hisoblangan osh barchaga birdek manzur boʻldi. Shuningdek, yil davomida namunali faoliyat yuritayotgan xodimlari Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan moddiy va ma’naviy rag’batlantirildi.
Mazkur tadbirda institut laboratoriyalarining xodimlari faol qatnashib, koʻtarinki kayfiyatda boʻlishdi.

Institut hovlisida kichik ilmiy xodim Z.Z. Qosimov osh tarqatmoqda.

Tadbir tashkilotchilari nishonlanadigan sanalarda doim faol.

Bayram tadbirida institut hovlisida institut xodimlari tomonidan tayyorlangan oshni institut logotipi tushirilgan laganlarda yeyishning gashti oʻzgacha.

