OʻzR FA Botanika institutiga Jahon banki tomonidan Oʻzbekistonga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirish doirasida, Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetining Ilmmetriya laboratoriyasi mudiri M.A. Akoev tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut direktori professor X.F. Shomurodov va akademik K.Sh.Tojibayevlar kutib olib oʻzaro ma’lumot almashishdi.
Tashrif davomida ekspert va olimlar oʻrtasida yuqori iqtibosli xorijiy jurnallarda maqola chop etish holatlari muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Genetika va oʻsimliklar eksperemental biologiyasi instituti laboratoriyalarining ilmiy xodimlari qatnashdi.
Jabborova D. (Genetika va oʻsimliklar eksperemental biologiyasi instituti) yuqori iqtibosli jurnallarga ilmiy maqola tayyorlashda ilm-fan rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini aytdi.

Namazov Sh.S., Alimov U., Primov T. (Umumiy va noorganik kimyo instituti) yuqori iqtibosli xorijiy jurnallarda maqola chop etish imkoniyatlari haqida gapirishdi.

