Botanika instituti Osiyo oʻrmon tadqiqotlari hamkorlik tashkiloti (AFoCO, Asian Forest Cooperation Organization) raisi janob Rikardo Kalderon va Hamkorlik va loyihalar departamenti xodimi Ayday Jumashevadan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Botanika instituti va Osiyo oʻrmon tadqiqotlari hamkorlik tashkiloti oʻrtasida oʻrmon tadqiqotlari sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokara boʻlib oʻtdi. Institut ilmiy jamoasi va tashkilot xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan muzokarada ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash va kelajakda mumkin boʻlgan loyihalarni bajarish boʻyicha kelishib olindi.

 

 2

Mehmonlar Botanika institutida amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan qiziqdi.

 

3

Botanika institutida floristik tadqiqotlarning muhim ma’lumotlar manbasi, noyob ilmiy ob’ekt – Oʻzbekiston Milliy gerbariysi (TASH), Botanika institutining gerbariy kolleksiyasi bilan tanishishdi. Gerbariy fondida saqlanayotgan qariyb 2 asr (1840-yil)oldin yigʻilgan gerbariylar, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

4

Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasida oʻsimliklarning molekular filogeniyasi va taksonomiyasi, populatsiya genetikasi va filografiyasini oʻrganish hamda noyob va yoʻqolib borayotgan flora turlarini pasporti va barkodini yaratish boʻyicha fikr almashishdi

 

5

Institut direktori X.F. Shomurodov va delegatsiya vakillari esdalik sovgʻalari almashishdi.