Kun tartibining asosiy masalalarida О‘zR FA Botanika institutida bajarilayotgan ilmiy loyihalarning 2022-2023 yillar uchun tayyorlangan oraliq hisobotlari muhokama qilindi. Oraliq hisobotlarda institutda bajarilayotgan “О‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor va yо‘qolish xavfi ostidagi о‘simliklarning elektron depozitariysini yaratish” va “Dorivor о‘simliklarni in vitro kо‘chatchiligini tashkil qilish va kо‘paytirish texnologiyasini yaratish” ilmiy loyihalari bо‘yicha bajarilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar, ilmiy yangiliklar hamda chop etilgan ilmiy nashrlar tahlil qilindi.

 

 

1
Loyiha rahbari professor O.K. Xojimatovning A-FA-2021-144 sonli “О‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor va yо‘qolish xavfi ostidagi о‘simliklarning elektron depozitariysini yaratish” loyihasi hisoboti tinglandi.
2
Loyiha rahbari katta ilmiy xodim F.U. Mustafinaning A-FA-2021-146 sonli “Dorivor о‘simliklarni in vitro kо‘chatchiligini tashkil qilish va kо‘paytirish texnologiyasini yaratish” loyihasi muhokama qilindi.
3
Ilmiy kengash a’zolari va yig‘ilish qatnashchilari institutda bajarilayotgan loyihalar bо‘yicha qilingan ishlar yuzasidan fikr bildirishdi.
4
Turli masalalar yuzasidan institut direktori professor X.F.Shomurodov sо‘zga chiqib institutning barcha ayol xodimlarini 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi.
5
Shuningdek, institut Kasaba uyushmasi raisi katta ilmiy xodim O. Turginov, Xotin- qizlar kengashi raisi katta ilmiy xodim D.M. Tajetdinovalar institut rahbariyati hamkorligida institut xodimalariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

 

6