O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Botanika va ekologiya kafedrasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.
Seminarga Toshkent davlat agrar universitetining Dorivor oʻsimiklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari S. Boboyev, Sh. Saribayeva va “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yoʻnalishi II bosqish 21-70, 21-71, 21-74i guruh talabalari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Botanika va ekologiya kafedrasi dotsenti b.f.n. Sh. Yakubjanova, Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi I bosqich: 101, 103, 104 guruh talabalari va II bosqich: 203, 204 guruh talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda O‘zR FA Botanika instituti Xotin qizlar qomitasi raisi D.M. Tajetdinova Botanika institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida olima ayol-qizlarning ilm-fandagi o‘rni, izlanishlar natijalari haqida hamda Kamyob oʻsimlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi ilmiy xodimi N.Daminova tomonidan oʻsimliklarning davlat kadastrini yuritish bo‘yicha ma’ruza qilindi.

Tajetdinova D.M. Botanika institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida olima ayol-qizlarning ilm-fandagi o‘rni haqida
Seminar-trening davomida ishtirokchilar hozirda mahalliy florani o‘rganishdagi Botanika instituti va olima ayol-qizlarning ilm-fandagi o‘rni haqida juda ko‘p foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

