O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston yosh Botanik olimlarining an’anaviy III Respublika anjumani” mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiya tadbiridan lavhalar (04.10.2023 y. Toshkent)

Konferensiya ishtirokchilarini kutib olish
O‘zR FA Botanika instituti direktori, akademik K.Sh. Tojibayev nutqi

O‘zR FA Botanika instituti bosh ilmiy xodimi, b.f.d. professor X.F. Shomurodov

Konferensiya ishtirokchilari

SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori T.F. Rajabovning “O‘zbekiston yaylov ekotizimlarida antrapodinamik o‘zgarishlarni baholashning muammolari va zamonaviy yondashuvlari” nomli ma’ruzasi

O‘z RFA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri Z.O. Yusupovning “Patterns of plastid, ITS and morphological variations in Allium (Amaryllidaceae) indicate the need for taxonomic revision of the genus” nomli ma’ruzasi

Namangan Davlat universiteti Biotexnologiyalar fakulteti dekani D.B. Dehqonovning “Conservation oriented investigations of Tulipa L. in the flora of Central Asia” nomli ma’ruzasi

O‘zR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi mudiri B.A. Adilovning “O‘zbekistondagi geobotanik tadqiqotlar ko‘lami: erishilgan yutuqlar va kelajak istiqbollari” nomli ma’ruzasi

Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i Dendrologiya laboratoriyasi mudiri E.E. Temirovning “O‘zbeksiton sharoitida iqlimlashtirilayotgan daraxt va butalar hamda ulardan foydalanish istiqbollari” nomli ma’ruzasi

“O‘zbekiston o‘simliklar qoplami va yaylov ekotizimlarining zamonaviy holati hamda uni o‘rganish usullari” sho‘basining faol qatnashchilari (O‘z RFA O‘simlik moddalar kimyosi instituti zali).

O‘zR FA Botanika instituti kichik ilmiy xodimi, PhD B.Sh. Habibullaevning “Global iqlim konteksida Amudaryo vohasi to‘qay o‘simliklar qoplami dinamikasi” mavzusidagi taqdimoti

Botanika instituti kichik ilmiy xodimi J.S. Sadinovning “Shimoli-G‘arbiy Qizilqum o‘simlik jamoalarining ordinatsion tahlili” mavzusidagi taqdimoti

Botanika instituti kichik ilmiy xodimi F.I. Polvonovning “Masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalangan holda Orol dengizi qurigan tubi o‘simliklar qoplami holatini o‘simlik indekslari orqali baholash” mavzusidagi taqdimoti

Nukus davlat universiteti doktaranti G.Bekjanovaning “Qoraqalpoq Ustyurti Sharqiy chinki yaylovlari transformatsiyasining xususiyatlari” mavzusidagi taqdimoti

Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi R. Chorievning “Qarshi cho‘li o‘simliklar qoplamidagi oq saksovulzor (Haloxylon persicum Bunge ex Boiss. & Buhse) formatsiyasi” mavzusidagi taqdimoti

O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti G.Voisovaning “O‘zbekiston florasida Capparis herbacea Willd ning formatsiyasi“ mavzusidagi taqdimoti

Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Sh.A. Valiyevning “Yaylov fitosenozlari dominant turlarining chorva mollari boqilishi sharoitidagi ekofiziologik xususiyatlari (Qarnobcho‘l misolida)” mavzusidagi taqdimoti

Botanika instituti kichik ilmiy xodimi A.N. Mirzambetovning “Qoraqalpog‘istonning cho‘l hududlarida tarqalgan Cistanche salsa turining bio-ekologik xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi taqdimoti
Hujayra biologiyasi va biotexnologiyasi (4 ‒ Sho‘ba), O‘simliklar xilma-xilligining evolyutsion, genetik va taksonomik aspektlari (5 ‒ Sho‘ba:) sho‘balari bo’yicha ma’ruzalar Zoologiya instituti zalida davom etdi.

Boboxujayev Shuxrat. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti. “Oсобенности при создании хромосомно-замещенных линий у клопчатника” mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Mustafina Feruza. O‘zR FA Botanika instituti laboratoriya mudiri. Применение современных методов биотехнологии в сохранении лекарственных видов растений на примере двух видов рода Ungernia Bunge (Ungernia sewertzowii (Regel) V.Fedtsch. и Ungernia victoris Vved. ex Artjush.) mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Toshtemirov Jo‘rabek. O‘zR FA Botanika instituti kichik ilmiy xodimi. O‘simliklar xromosomalarini aniqlashda yangi modofikatsiyalangan metodikaning qo‘llanilishi va kelgusida amalga oshiriladigan Florersans in situ gibridizatsiyasi (FISH) mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Jamalova Dilafruz. O‘zR FA Botanika instituti tayanch-doktoranti. Биология Ferula tadshikorum Pimenov и Ferula moschata (H.Reinsch) Koso-Pol. в условиях in vitro. mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Komilova Nafisa. Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi ilg‘or texnologiyalar markazi. “Mitofagiyani faollashtirish orqali neyroprotektiv ta`sirga ega o‘simlik tabiatli moddalar” mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Uralov Jumanazar. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti. “G‘o‘zaning G.hirsutum/G.barbadense turlararo duragaylarda sitogenetik va molekulyar-genetik tahlil qilish” mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Ortiqov Elyor. O‘zR FA Botanika instituti tayanch-doktoranti. “O’zbekiston florasida tarqalgan Iris L. turkumi turlarining filogeniyasi” mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Karimov Bobur. O‘zR FA Botanika instituti kichik ilmiy xodimi. “Fritillaria Tourn. Ex L. turkumi filogenomikasi mavzusida” ma`ruza qilmoqda.

Rahmatullaev Abdushukur. Ilg‘or texnologiyalar markazi. O‘zbekistondagi mahalliy olma navlarida bakterial kuyish kasalligiga chidamlilik lokuslarini molekulyar-genetik markerlar yordamida identifikatsiya qilish mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Arslanova Sevara. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, G‘o‘zaning eksperimental poliploidiyasi va filogeniyasi laboratoriyasi. G‘o‘zani genomlararo (AG)duragaylash va AD genom asosida yangi donorlar olish mavzusida ma`ruza qilmoqda.

Konferensiya qatnashchilari

Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlar institut hovlisida tushlikka, restoranda kechki ovqatga taklif qilindi.

