O‘zbekiston yosh botanik olimlarining an’anaviy III Respublika anjumani doirasida Respublikamizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassalari yosh olimlari, shuningdek Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot muassasalari yosh olimlari ishtirok etishdi. Yosh olimlar konferensiya doirasida quyidagi seksiyalar bo’yicha o’zlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlari bilan tadbir ishtirokchilariga taqdimotlar ko’rinishida tanishtirishdi:

1-seksiya        Yuksak o‘simliklar sistematikasi, biogeografiyasi va o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishda zamonaviy yondashuvlar;

2-seksiya        Global iqlim o‘zgarishining o‘simliklar qoplami va yaylovlar ekotizimiga ta’siri;

3-seksiya        Kamyob va xom-ashyobop o‘simlik turlarining monitoringi, kadastri va populatsion biologiyasi;

4-seksiya        Hujayra biologiyasi va biotexnologiya;

5-seksiya        O‘simliklar xilma-xilligining evolutsion, genetik va taksonomik aspektlari;

6-seksiya        O‘simliklar introduksiyasi va noyob turlarni saqlashda botanika bog‘larining o‘rni;

7-seksiya Suvo‘tlar va zambrug‘larni tadqiq etishning dolzarb masalalari.

Quyida konferensiya to’plamini yuklab olishingiz mumkin:

Konferensiya 16.10.2023