Innovatsion rivojlanish agentligida “InnoWeek-2023” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-maydagi 274 son qarori, “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, ilmiy tadqiqot muassasalarining ilm-fan va innovatsion faoliyat boʻyicha erishgan yutuqlari sarhisob qilinib, ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytinggi e’lon qilindi. 118 ta ilmiy tashkilot ishtirok etgan 27 ta yo‘nalishda 75 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan mazkur reytingda Botanika instituti 1-o‘rinni egalladi.

Tahlillar va monitoring natijasi shuni ko‘rsatdiki, Botanika instituti ilmiy xodimlarining soniga nisbatan ilmiy nashrlar bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishdi. Xorijiy va mahalliy nashrlarda chop etilgan monografiyalar, xorijiy nashrlardagi ilmiy maqolalar va iqtiboslar, xalqaro va mahalliy anjumanlardagi ishtirok, yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy ishlanmalar, dasturiy mahsulotlar uchun olingan guvohnomalar, patent va boshqa nashrlar institutda bajarilayotgan davlat dasturi doirasidagi, shuningdek, xalqaro va respublika miqiyosidagi fundamental, amaliy loyihalarning natijalari hisoblanadi.
Mazkur yutuq bilan barcha Botanika instituti jamoasini tabriklaymiz!


